1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.05.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek, 07.28.04.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi;
2.Moliya / Investitsiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligiga ilgʻor texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali taʼminlash, meva-sabzavotchilikda zamonaviy ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida:
1. Yuqorichirchiq tumanida joylashgan Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (AKIS) hududida Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.05.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek, 07.28.04.00 ga qarang);
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.03.00 Ilmiy muassasalarni va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish]
“Oʻzbekistonda meva-sabzavotchilikda ilgʻor texnologiyalar oʻquv markazini tashkil etish” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Meva-sabzavotchilik loyihasi) uchun 2022 — 2026-yillarda 3,7 mln AQSH dollari;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.02 Sanoat sohasida boshqaruv;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.05.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek, 07.28.04.00 ga qarang)]
“Oʻzbekistonda “aqlli qishloq xoʻjaligi” sanoat texnologiyalari innovatsion markazini tashkil etish” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Sanoat texnologiyalari innovatsion markazi loyihasi) uchun 2022 — 2026-yillarda 14 mln AQSH dollari;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.05.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek, 07.28.04.00 ga qarang);
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.12.00 Qishloq xoʻjaligi sohasidagi xalqaro hamkorlik. Oʻsimliklar karantini. Veterinariya]
“Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va ularning koʻchatlarini yetishtirish markazini tashkil etish” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Zamonaviy koʻchatchilik loyihasi) uchun 2022 — 2026-yillarda 3,7 mln AQSH dollari miqdoridagi grant mablagʻlari ajratilishi yuzasidan kelishuvga erishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Shunday tartib joriy etilsinki, unga koʻra Koreya Respublikasi Hukumatining mazkur grant mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar doirasida Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (AKIS) tarkibida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
meva-sabzavotchilikning ilgʻor texnologiyalari boʻyicha oʻquv markazi va namunaviy xoʻjalik tashkil etiladi hamda bu orqali dehqon va fermer xoʻjaliklari xodimlari uchun zamonaviy asbob-uskunalarni joriy etish hamda ulardan samarali foydalanish boʻyicha oʻquv va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
Koreya “aqlli qishloq xoʻjaligi” sanoat texnologiyalari innovatsion markazida va respublikaning 5 ta hududida hududiy tajriba issiqxonalari tashkil etiladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
koreyalik mutaxassislar tomonidan dasturiy taʼminotlar bilan ishlash boʻyicha IT-mutaxassislar va yuqori malakali mahalliy trenerlar tayyorlanadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
zamonaviy issiqxonalar uchun dasturiy taʼminot ishlab chiqiladi va issiqxona qurilishida foydalaniladigan asosiy jihozlar ishlab chiqarilishi mahalliylashtiriladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
60 nafar mutaxassislar, shu jumladan sohadagi oliy taʼlim muassasalari magistrlari va ilmiy xodimlari malaka oshirish uchun Koreyaga yuboriladi.
3. Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni amalga oshirishda:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik]
Koreya qishloq jamiyatlari korporatsiyasi (KRC) va Koreyaning Qishloq xoʻjaligida xalqaro hamkorlik instituti (DICA) Meva-sabzavotchilik loyihasini amalga oshiruvchilar hisoblanishi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.02 Sanoat sohasida boshqaruv]
Koreya savdo-sanoat va energiya vazirligi, Koreya mashinasozlik sanoati assotsiatsiyasi (KOAMI), Texnologiyalarni rivojlantirish instituti (KIAT), CAMTIC ilgʻor mexatronika texnologiya instituti va “Agro Solution Korea” kompaniyalari Sanoat texnologiyalari innovatsion markazi loyihasini amalga oshiruvchilar hisoblanishi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik]
Koreya qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va qishloq ishlari vazirligi va Koreya oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon va baliqchilikda taʼlimni rivojlantirish va axborot xizmati agentligi (EPIS) Zamonaviy koʻchatchilik loyihasini amalga oshiruvchilar hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik]
Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan, yangi oʻquv markazi, issiqxonalar, koʻchatxonalar, namunaviy xoʻjaliklar tashkil etish boʻyicha ijro etuvchi hamda masʼul organ sifatida belgilansin;
loyihalar doirasida yetkazib beriladigan asbob-uskunalar va materiallardan oqilona foydalanish va ularni saqlash uchun javobgar etib belgilansin;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
Toshkent agrar universiteti, Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti talabalari, magistrlari, ilmiy va ilmiy pedagogik xodimlarining mazkur loyihalar doirasida barpo etilayotgan muassasalar, tajriba maydonlarida amaliyot va stajirovkalar oʻtashi, ilmiy-tadqiqotlar olib borishi, yaratilgan yangi ishlanmalarni joriy qilishi, tajribalar oʻtkazishiga sharoitlar yaratsin.
5. Oʻzbekistonda Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar ijrosi boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Vazirlar Mahkamasi (Sh. Gʻaniyev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligining Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar uchun Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani hokimligi zaxirasidagi qishloq xoʻjalik xaritasining 2261q-konturidagi 4,3 gektar yer uchastkasini sugʻoriladigan yerlar toifasidan aholi punktlarining qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boshqa yerlari hamda sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi xulosasi qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.04 Yer uchastkasidan doimiy (muddatsiz) foydalanish (shuningdek, 03.08.07.05 ga qarang)]
Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Kadastr agentligi (F. Poʻlatov) bir oy muddatda mazkur yer uchastkasini Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Toshkent viloyati Agroxizmatlar markaziga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishini taʼminlasin.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev) bilan birga 2022-yil oxiriga qadar xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari hisobidan kamida 100 gektar yangi yer uchastkalarining oʻzlashtirilishi va sugʻoriladigan yerlar toifasiga kiritilishini taʼminlasin.
7. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev, A. Shukurov):
Toshkent viloyati hokimligi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda belgilangan tartibda davlat yer kadastri maʼlumotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish choralarini koʻrsin;
ikki oy muddatda Oʻzbekistonda meva-sabzavotchilikda ilgʻor texnologiyalar oʻquv markazi, Oʻzbekistonda “aqlli qishloq xoʻjaligi” sanoat texnologiyalari innovatsion markazi hamda Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va ularning koʻchatlarini yetishtirish markazining faoliyat tartibi hamda tashkiliy tuzilmalarini tasdiqlasin.
8. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
Bojxona kodeksining 297-moddasiga muvofiq davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan texnik yordam koʻrsatish (grantlar) uchun olib kiriladigan tovarlar bojxona bojidan ozod etiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
Soliq kodeksining 246-moddasiga muvofiq davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan texnik yordam koʻrsatish (grantlar) uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlar qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.09.00 Maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy obyektlarni qurish]
9. Belgilansinki, mazkur qaror doirasida Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar doirasida ajratiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasida imoratlar va inshootlar qurilishi natijasidagi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari undirilmaydi.
10. Qishloq xoʻjaligi vazirligi mazkur qaror doirasida Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan Koreya Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va qishloq ishlari vazirligi hamda Koreya Savdo-sanoat va energiya vazirligi oʻrtasida imzolangan Kelishuv hujjatlariga muvofiq amalga oshirsin.
11. Tashqi ishlar vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligining viza talabnomalariga binoan, mazkur qaror doirasida Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalarining konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
12. Ichki ishlar vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligining talabnomasiga asosan loyihada ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik kirish vizalari berilishi va uzaytirilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
13. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev belgilansin.
Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 14-iyul,
PQ-321-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi PQ-321-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekistonda Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar ijrosi boʻyicha