1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.02 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida yangi barpo etilayotgan koʻchmas mulk obyektlarini fuqarolari sotib olish huquqiga ega boʻlgan xorijiy mamlakatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida” 2022-yil 8-maydagi PF-101-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda yangi barpo etilayotgan koʻchmas mulk obyektlariga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida” 2022-yil 8-maydagi PF-101-son Farmoniga muvofiq roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xorijiy davlatlar fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini talab qilmagan holda, yangi barpo etilayotgan quyidagi koʻchmas mulk obyektlarini (bundan yer uchastkasi mustasno) sotib olish tarzida investitsiya kiritish huquqi berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Toshkent viloyati, Toshkent va Samarqand shaharlarida — qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 150 000 AQSH dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlarida qiymati 180 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlari;
boshqa hududlarda — qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 70 000 AQSH dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlarida qiymati 85 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlari.
Bunda, mazkur bandda nazarda tutilgan koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish xorijiy davlatlar fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy roʻyxatdan oʻtish va yashash guvohnomasini olish uchun asos boʻlmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasida yangi barpo etilayotgan koʻchmas mulk obyektlarini (bundan yer uchastkasi mustasno) fuqarolari yashash guvohnomasisiz sotib olish huquqiga ega boʻlgan xorijiy mamlakatlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, ushbu qaror maqsadlari uchun qurilish ishlari boshlangan, biroq foydalanishga qabul qilinmagan, shuningdek tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni, inshootni, uy-joyni foydalanishga qabul qilib olish toʻgʻrisida komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori yoki qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish asosida mulk huquqi vujudga kelgan hamda foydalanishga qabul qilib olinganiga uch yildan koʻp boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlari yangi barpo etilayotgan koʻchmas mulk obyektlari hisoblanadi.
4. Tashqi ishlar vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari orqali ommaviy axborot vositalarida respublikada yangi barpo etilayotgan koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish tarzida investitsiya kiritish huquqi joriy etilganligini keng targʻib qilish choralarini koʻrsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qarori bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning maʼmuriy reglamentiga2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda olti oy davomida ushbu qaror ijrosini muvofiqlashtirib borsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 13-iyul,
384-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida yangi barpo etilayotgan koʻchmas mulk obyektlarini (bundan yer uchastkasi mustasno) fuqarolari yashash guvohnomasisiz sotib olish huquqiga ega boʻlgan xorijiy mamlakatlar
ROʻYXATI
1.
Avstraliya Ittifoqi
2.
Avstriya Respublikasi
3.
Ozarbayjon Respublikasi
4.
Antigua va Barbuda
5.
Argentina Respublikasi
6.
Barbados
7.
Beliz
8.
Venesuela Bolivar Respublikasi
9.
Vatikan
10.
Lyuksemburg Buyuk Gersogligi
11.
Vengriya
12.
Urugvay Sharqiy Respublikasi
13.
Bruney-Dorussalom davlati
14.
Isroil Davlati
15.
Grenada
16.
Gretsiya Respublikasi
17.
Gruziya
18.
Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi
19.
Dominikana Respublikasi
20.
Irlandiya
21.
Bahrayn Qirolligi
22.
Islandiya
23.
Italiya Respublikasi
24.
Kanada
25.
Qirgʻiziston Respublikasi
26.
Andorra Knyazligi
27.
Lixtenshteyn Knyazligi
28.
Monako Knyazligi
29.
Gayana Kooperativ Respublikasi
30.
Belgiya Qirolligi
31.
Butan Qirolligi
32.
Daniya Qirolligi
33.
Ispaniya Qirolligi
34.
Marokash Qirolligi
35.
Niderlandiya Qirolligi
36.
Norvegiya Qirolligi
37.
Tailand Qirolligi
38.
Shvetsiya Qirolligi
39.
Latviya Respublikasi
40.
Litva Respublikasi
41.
Malayziya
42.
Maldiv Respublikasi
43.
Meksika Qoʻshma Shtatlari
44.
Moʻgʻuliston
45.
Yangi Zelandiya
46.
Birlashgan Arab Amirliklari
47.
Portugaliya Respublikasi
48.
Albaniya Respublikasi
49.
Bolgariya Respublikasi
50.
Bosniya va Gersegovina Respublikasi
51.
Belarus Respublikasi
52.
Gvatemala Respublikasi
53.
Gonduras Respublikasi
54.
Indoneziya Respublikasi
55.
Qozogʻiston Respublikasi
56.
Kipr Respublikasi
57.
Koreya Respublikasi
58.
Kosta-Rika Respublikasi
59.
Mavrikiy Respublikasi
60.
Makedoniya Respublikasi
61.
Malta Respublikasi
62.
Moldova Respublikasi
63.
Nauru Respublikasi
64.
Palau Respublikasi
65.
Panama Respublikasi
66.
Peru Respublikasi
67.
Polsha Respublikasi
68.
San-Marino Respublikasi
69.
Seyshel Orollari Respublikasi
70.
Serbiya Respublikasi
71.
Singapur Respublikasi
72.
Sloveniya Respublikasi
73.
Surinam Respublikasi
74.
Trinidad va Tobago Respublikasi
75.
Tojikiston Respublikasi
76.
Fiji Respublikasi
77.
Filippin Respublikasi
78.
Xorvatiya Respublikasi
79.
Chili Respublikasi
80.
Ekvador Respublikasi
81.
Rossiya Federatsiyasi
82.
Ruminiya
83.
Sent-Vinsent va Grenadin
84.
Sent-Lyusiya
85.
Slovakiya Respublikasi
86.
Bagama Orollari Hamdoʻstligi
87.
Dominikana Hamdoʻstligi
88.
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi
89.
Amerika Qoʻshma Shtatlari
90.
Vyetnam Sotsialistik Respublikasi
91.
Turkmaniston
92.
Turkiya Respublikasi
93.
Ukraina
94.
Braziliya Federativ Respublikasi
95.
Germaniya Federativ Respublikasi
96.
Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi
97.
Finlyandiya Respublikasi
98.
Fransiya Respublikasi
99.
Chernogoriya
100.
Chexiya Respublikasi
101.
Shveysariya Konfederatsiyasi
102.
Estoniya Respublikasi
103.
Janubiy Afrika Respublikasi
104.
Yamayka
105.
Yaponiya
106.
Quvayt Davlati
107.
Qatar Davlati
108.
Ummon Sultonligi
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-son qaroriga 2-ILOVA
Notariuslar tomonidan koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning maʼmuriy reglamentiga kiritilayotgan
OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR
1. 18-bandning ikkinchi xatboshisi “(kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi)” soʻzlaridan keyin “boʻlgan” soʻzi bilan toʻldirilsin.
3. Quyidagi mazmundagi 321-band bilan toʻldirilsin:
“321. Xorijiy davlat fuqarolari quyidagi shartlarda koʻchmas mulkni sotib olgan taqdirda ularning Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoniga 6-ilovada koʻrsatilgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari:
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida — 300 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda;
Samarqand, Buxoro, Namangan, Andijon, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida — 200 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublikaning boshqa viloyatlarida — 100 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda.
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga muvofiq roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xorijiy davlatlar fuqarolari yangi barpo etilgan koʻchmas mulk obyektlarini (bundan yer uchastkasi mustasno) quyidagicha sotib olish tarzida investitsiya kiritgan holda:
Toshkent viloyati, Toshkent va Samarqand shaharlarida — qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 150 000AQSH dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlarida qiymati 180 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmaganda;
boshqa hududlarda — qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 70 000 AQSH dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlarida qiymati 85 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan.
Mazkur bandda nazarda tutilgan koʻchmas mulkni sotib olishda oʻzaro hisob-kitoblar bank hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi hamda uni tasdiqlovchi hujjat notariusga taqdim etiladi.
“IT-visa”ga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar va ularning oila aʼzolari (turmush oʻrtogʻi, ota-onasi va farzandlari) tomonidan koʻchmas mulk sotib olishda ularga nisbatan mazkur bandda koʻrsatilgan koʻchmas mulkning qiymati tatbiq etilmaydi va Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlarning axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek, IT-park rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga “IT-visa” oʻrniga IT-park direksiyasi tomonidan tavsiyanoma beriladi. Bunday tavsiyanoma “IT-visa”ga tenglashtiriladi”.
“Toshkent shahri hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda boʻlgan) va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning ilovasidagi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatga olishishi huquqiga ega boʻlgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalarining roʻyxatining (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) 2, 3, 6 va 7-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy roʻyxatga olingan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs hisoblansa va ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining (keyingi oʻrinlarda — M va FRB) doimiy roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini taqdim etsa. Bunda, notarius:
Roʻyxatning 2 va 3-bandlari asosida doimiy roʻyxatga olingan shaxsning doimiy roʻyxatga olinganligiga uning qayd varagʻi orqali uch yil toʻlganligini”.
“Roʻyxatning 2 va 3-bandlari asosida doimiy roʻyxatga olingan shaxsning doimiy roʻyxatga olinganligiga uning qayd varagʻi orqali uch yil toʻlganligini”.