Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvarda qabul qilingan PF-60-sonli Farmoni 2-ilovasi bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid
Davlat dasturining 22-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 28-iyulda qabul qilingan 102-I-sonli Qarori bilan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Reglamentiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yil 29-yanvarda qabul qilingan 368-III-sonli Qarori tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 1, 15-modda; 2017-yil, № 10, 631-modda; 2019-yil, № 1, 18-modda, № 4, 250-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
1)
45-modda quyidagi mazmundagi 10
1-band bilan toʻldirilsin:
“101) tegishliligi boʻyicha vazirliklar va idoralar kesimida davlat budjeti mablagʻlarining samaradorligi bilan bogʻliq boʻlgan maqsadli indikatorlarning bajarilishi yuzasidan hisobotlarni har chorak yakunlari boʻyicha koʻrib chiqadi”;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“oʻzi saylangan hududning kelgusi yil uchun moʻljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritiladigan investitsiya loyihalarining shakllantirilishi yuzasidan tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining majlislaridagi muhokamalarda oʻz takliflari va tavsiyalari bilan ishtirok etadi”;
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.