“SOS — OʻZBEKISTON BOLALAR MAHALLALARI” UYUSHMASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Yetim bolalarni uygʻun rivojlantirish va tarbiyalash uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori qiladi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.12.00 Boshqa birlashmalar, harakatlar, uyushmalar va oʻzga nodavlat notijorat tashkilotlari]
1. “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasi, Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi va Toshkent shahar hokimligining “SOS — Kinderdorf Interneshnl” xalqaro jamiyati (Avstriya) bilan birgalikda “Oʻzbekiston bolalar mahallalari” (“SOS — Detskiye derevni Uzbekistana”) uyushmasini tashkil etish va Toshkent shahrida Bolalar mahallasini (“SOS—Detskaya derevnya”) qurish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari]
2. “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi toʻgʻrisidagi Nizomga rozilik berilsin (ilova qilinadi). Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining asosiy vazifalari hisoblanadi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
jamoatchilik va davlat tuzilmalarining yetim bolalarni jismoniy, intellektual va maʼnaviy rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, ularni ijtimoiy va huquqiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirish;
yetim bolalarni Oʻzbekistonda qabul qilingan anʼanaviy pedagogika tamoyillarini hisobga olgan holda tarbiyalash. Tarbiyachi onalarni va xodimlarni tanlash, ular uchun pedagogik va boshqa zarur tayyorgarlikni tashkil etish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
“SOS — Kinderdorf Interneshnl” jamiyati aʼzolari boʻlgan tashkilotlar bilan “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” va ular bilan bogʻliq SOS — loyihalari bolalar bogʻchalari, maktablar, oʻqitish, sport va dam olish markazlari qurish va ularni toʻliq jihozlashni tashkil etishda vositachi sifatida hamkorlik qilish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.12.00 Boshqa birlashmalar, harakatlar, uyushmalar va oʻzga nodavlat notijorat tashkilotlari]
davlat, jamoat va xususiy tuzilmalarni Uyushma faoliyatiga faol jalb qilish.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D. Gʻulomova jahondagi SOS — bolalar mahallalariga koʻmaklashish xalqaro jamiyati (“SOS — Kinderdorf Interneshnl”, Avstriya) bilan Bitimni ishlab chiqsin va Hukumat nomidan imzolasin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
a) “SOS — Kinderdorf Interneshnl” xalqaro jamiyati:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
“Sogʻlom avlod uchun” xalqaro jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi va boshqa organlar, shu jumladan, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasini taʼsis etadi;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.05.00 Mehribonlik (bolalar) uylari. Bolalar shaharchalari]
Toshkent shahrida birinchi bolalar mahallasi tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Hukumati bilan yaqindan hamkorlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini hurmat qilish va bajarish, Oʻzbekistonning tarbiya va anʼanaviy pedagogika tamoyillariga amal qilish majburiyatini oladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
Oʻzbekistonda bolalar mahallalari va bolalar bogʻchalari, maktablar, oʻqitish va dam olish markazlari, klinikalar kabi boshqa SOS — loyihalarni toʻliq tashkil etish, koʻrish va jihozlash uchun butun masʼuliyatni oʻz zimmasiga oladi;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.05.00 Mehribonlik (bolalar) uylari. Bolalar shaharchalari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.14.00 Kafolatlar va kompensatsiya toʻlovlarini moliyalashtirish;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
“SOS — Bolalar mahallalari”dagi yetim bolalarning toʻliq xarajatlarini, shuningdek, xodimlarga ish haqi toʻlashni, shu jumladan, ijtimoiy, tibbiy sugʻurtalashni va pensiya taʼminotini ularning butun hayot faoliyati davomida mablagʻ bilan taʼminlaydi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati:
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.05.00 Mehribonlik (bolalar) uylari. Bolalar shaharchalari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.14.00 Kafolatlar va kompensatsiya toʻlovlarini moliyalashtirish]
“SOS — Kinderdorf Interneshnl” xalqaro jamiyatiga va “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan barcha boshqa jamoat va xayriya tashkilotlariga beriladigan imtiyozlarni berish;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.05.00 Mehribonlik (bolalar) uylari. Bolalar shaharchalari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.14.00 Kafolatlar va kompensatsiya toʻlovlarini moliyalashtirish]
“SOS — Toshkent shahridagi Bolalar mahallasi” qurilishi va u bilan bogʻliq qurilish obyektlari uchun kamida 5 gektar yer maydoni, uni soliqlardan ozod qilgan holda, ajratish;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.05.00 Mehribonlik (bolalar) uylari. Bolalar shaharchalari;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.05.00 Ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, manyovrlangan uy-joy fondi uylari, nogironlar, veteranlar, yolgʻiz qariyalar uchun internat uylari, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar);
3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.08.00 Injenerlik xizmati]
qurilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va “SOS — Toshkent shahridagi Bolalar mahallasi”ni uning chegarasigacha kommunikatsiyalar tarmogʻi va boshqa zarur xizmatlar bilan taʼminlash majburiyatini oladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
v) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati respublika hududida amal qilayotgan meʼyorlar, qoidalar va qonunlarga zid yoki zarar keltiradi deb hisoblaydigan hamma narsani taqiqlab qoʻyish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.05.00 Ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, manyovrlangan uy-joy fondi uylari, nogironlar, veteranlar, yolgʻiz qariyalar uchun internat uylari, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar)]
4. Bosh vazir oʻrinbosari D.M. Gʻulomovaga “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasini tashkil etish va Uyushma hamda uning ishchi organlari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash yuzasidan masalalar majmuini bir oy muddatda ishlab chiqish va taʼsis yigʻilishini oʻtkazish topshirilsin.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.05.00 Mehribonlik (bolalar) uylari. Bolalar shaharchalari;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.06.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatishning boshqa turlari va shakllari;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.01.00.00 Davlatlararo aloqalarda umumiy masalalar / 19.01.07.00 Xalqaro hamkorlik boʻyicha jamoat va boshqa tashkilotlar]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasini oʻz faoliyatini xalqaro muruvvat dasturlari va ijtimoiy sohada begʻaraz texnikaviy koʻmaklashish doirasida amalga oshiruvchi tashkilot sifatida akkreditatsiya qilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang);
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
7. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.06.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatishning boshqa turlari va shakllari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.01.00.00 Davlatlararo aloqalarda umumiy masalalar / 19.01.07.00 Xalqaro hamkorlik boʻyicha jamoat va boshqa tashkilotlar]
“SOS — Kinderdorf Interneshnl” xalqaro jamiyati bilan kelishgan holda Toshkent shahrida kamida 5 gektar yer maydoni ajratsin;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.08.00 Injenerlik xizmati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
“SOS — Bolalar mahallasi” chegarasigacha boʻlgan muhandislik kommunikatsiyalari qurilishini oʻz mablagʻlari hisobidan taʼminlasin.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.05.00 Mehribonlik (bolalar) uylari. Bolalar shaharchalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.09.00 Oʻrta taʼlim;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi “SOS — Kinderdorf Interneshnl” va “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi bilan birgalikda yetim bolalar bilan ishlashning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tarbiyachi “onalarni” pedagogik jihatdan tayyorlashni amalga oshirsin.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.05.00 Mehribonlik (bolalar) uylari. Bolalar shaharchalari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “SOS — Kinderdorf Interneshnl” va “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi bilan birgalikda “SOS — Bolalar mahallasi”ga qabul qilinadigan yetim bolalarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni taʼminlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.03 Temir yoʻl xoʻjaligini ekspluatatsiya, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.08 Havo transportida tashish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
10. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining muruvvat loyihalari bilan bogʻliq barcha yuklarning imtiyozli tariflar boʻyicha toʻsiqlarsiz qabul qilinishini va joʻnatilishini taʼminlasinlar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “SOS — Bolalar mahallasi” qurilishida va uning xodimlariga amaliy yordam koʻrsatishda qatnashish uchun “SOS — Kinderdorf Interneshnl” tomonidan jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga vizalar, shu jumladan koʻp martalik vizalar, yashashi va ishlashi uchun ruxsatnomalar bersinlar.
12. Uyushma apparati Toshkent shahar, Oxunboboyev koʻchasidagi 15-uyga joylashtirilsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari D.M. Gʻulomova zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 31-dekabr,
585-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-dekabrdagi 585-son qaroriga ILOVA
“SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi (bundan keyin matnda Uyushma deb ataladi) yetim bolalarni jismoniy, intellektual va maʼnaviy rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish uchun bolalar mahallalari tashkil etish boʻyicha “SOS — Kinderdorf Interneshnl” xalqaro jamiyati tomonidan taʼsis etiladi.
5. Quyidagilar Uyushma faoliyatining asosiy maqsadi va yoʻnalishlari hisoblanadi:
jamoat va davlat tuzilmalarining yetim bolalarni jismoniy, intellektual va maʼnaviy rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga, ularni ijtimoiy muhofaza qilish va huquqiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlashga yoʻnaltirilgan saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirish;
yetim va tashlab ketilgan bolalarni tarbiyalashni hamda ularga yordam berishni taʼminlashga, ular uchun oilalardagi kabi hayot sharoitlari yaratishga yoʻnaltirilgan loyiha va dasturlarni amalga oshirishga moliyaviy yordam berish;
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.06.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatishning boshqa turlari va shakllari;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
Oʻzbekiston Respublikasida SOS — bolalar mahallalari hamda bolalar bogʻchalari, maktablar, oʻquv, sport va dam olish markazlari, klinikalar va shu kabi ular bilan uzviy bogʻliq insonparvarlik SOS — loyihalarni qurishni hamda asbob-anjomlar bilan toʻliq jihozlashni tashkil etish;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.06.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatishning boshqa turlari va shakllari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.01.00.00 Davlatlararo aloqalarda umumiy masalalar / 19.01.07.00 Xalqaro hamkorlik boʻyicha jamoat va boshqa tashkilotlar]
“SOS — Kinderdorf Interneshnl” bilan hamkorlik qilish;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.05.00 Mehribonlik (bolalar) uylari. Bolalar shaharchalari]
SOS — bolalar mahallalari hamda SOS — loyihalar uchun tarbiyachi onalar va xodimlar tanlash va ular uchun pedagogik hamda boshqa zarur tayyorgarlikni tashkil etish;
davlat, jamoat va xususiy tuzilmalarni Uyushma faoliyatiga faol jalb etish;
yetim bolalar uchun insonparvarlik dasturlarini hamda German Gmaynerning pedagogik gʻoyalarini ommalashtirish va qoʻllab-quvvatlash uchun maqolalar, axborot materiallarini nashr qilish, koʻrgazmalar, seminarlar uyushtirish, ommaviy axborot vositalari bilan ishlarni tashkil etish.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.06.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatishning boshqa turlari va shakllari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.01.00.00 Davlatlararo aloqalarda umumiy masalalar / 19.01.07.00 Xalqaro hamkorlik boʻyicha jamoat va boshqa tashkilotlar]
6. “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi “SOS — Kinderdorf Interneshnl” xalqaro uyushmasi tarkibiga kiradi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.06 Yuridik shaxslar birlashmalari (assotsiatsiyalar, uyushmalar va h.k.)]
7. Uyushma bank muassasalarida oʻzining hisob-kitob va valyuta schyotlarini ochish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻzining mol-mulki bilan javob beradi, sudda va hakamlik sudida daʼvogar yoki javobgar sifatida qatnashadi. Uyushma “ SOS — Kinderdorf Interneshnl” ramzidan foydalangan holda oʻz muhriga, firma blanklariga va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi.
yetim bolalarni tarbiyalash, ijtimoiy muhofaza qilish va huquqiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash muammolariga oid respublika va xalqaro insonparvarlik dasturlari hamda loyihalarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashish;
Oʻzbekiston Respublikasida SOS — bolalar mahallalari va boshqa SOS — obyektlarini tashkil etish hamda ularning hayot faoliyatini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasining ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi organlariga “ SOS — Kinderdorf Interneshnl” maqsadi va vazifalaridan kelib chiqadigan takliflar kiritish.
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.05.00 Mehribonlik (bolalar) uylari. Bolalar shaharchalari;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.05.00 Ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, manyovrlangan uy-joy fondi uylari, nogironlar, veteranlar, yolgʻiz qariyalar uchun internat uylari, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar)]
11. Uyushma Oʻzbekistondagi SOS — Bolalar mahallalari va SOS — loyihalar egasi hisoblanadi hamda ularni tashkil etish, jihozlash va ularning faoliyati uchun toʻliq moliyaviy va boshqacha turlarda javob beradi.
VI. Mol-mulki, mablagʻ bilan taʼminlash manbalari
12. Uyushma yuridik shaxs hisoblanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va xalqaro huquq normalariga binoan oʻz faoliyati maqsadlari va mol-mulkining moʻljallanganligiga muvofiq ularga egalik qiladi, ulardan foydalanadi va ularni tasarruf etadi. Uyushmaning mulkiy huquqlari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq himoya qilinadi.
13. Uyushma mablagʻlari quyidagilar hisobiga shakllanadi:
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.05.00 Mehribonlik (bolalar) uylari. Bolalar shaharchalari;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.05.00 Ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, manyovrlangan uy-joy fondi uylari, nogironlar, veteranlar, yolgʻiz qariyalar uchun internat uylari, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar)]
“SOS — Kinderdorf Interneshnl” uyushmasidan, “SOS — Kinderdorf Interneshnl” xalqaro jamiyati va bu tashkilotga kiruvchi jamiyatlar va ittifoqlardan tushumlar;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan, shuningdek xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalardan, xususiy shaxslardan begʻaraz xayriya badallari, xayr-ehsonlar va tushumlardan;
merosdan, yetim bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mablagʻlaridan, istalgan turdagi jamoatchilik tushumlaridan, mahalliy va xalqaro xayr-ehsonlardan;
14. Boshqaruv qaroriga koʻra Uyushmaning oʻz mablagʻlaridan ham Oʻzbekistondagi, ham uning tashqarisidagi qarovchisiz qolgan bolalarga yordam berish uchun foydalanilishi mumkin. Boshqaruv har yili bu mablagʻlarning bir qismini “SOS — Kinderdorf Interneshnl” doirasidagi xorijiy muruvvat loyihalariga ajratish huquqiga ega, bunda mablagʻlar xayr-ehson yigʻishda eʼlon qilingan maqsadlar uchungina ajratilishi mumkin.
16. Umumiy yigʻilish Uyushmaning yuqori rahbar organi hisoblanadi. Umumiy yigʻilishda barcha haqiqiy va faxriy aʼzolar, shuningdek “SOS — Kinderdorf Interneshnl” xalqaro jamiyatining ikki ovozga ega boʻlgan ikki vakili qatnashishlari mumkin. Umumiy yigʻilish har yili kamida bir marta chaqiriladi. Yigʻilish oʻtkaziladigan sana kun tartibi, oʻtkaziladigan joyi va sanasi koʻrsatilgan holda bir oy oldin eʼlon qilinadi.
Umumiy yigʻilish “SOS — Kinderdorf Interneshnl” Ustaviga muvofiq chaqirilgan boʻlsa qaror qabul qilishga haqlidir va u protokol bilan rasmiylashtirilishi kerak.
17. “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi zaruriyat boʻlganda Uyushma prezidenti tomonidan chaqirilishi mumkin. Prezident navbatdan tashqari yigʻilishni bu haqida boshqaruv yoki Uyushma aʼzolarining yarmi yoki “SOS — Kinderdorf Interneshnl” talab qilsa oʻtkazishi kerak.
20. Boshqaruv prezidentdan, vitse-prezidentdan, xazinachi va Uyushmaning toʻrt aʼzosidan iborat boʻladi. Boshqaruv tarkibiga shuningdek “SOS — Kinderdorf Interneshnl” xalqaro jamiyati vakillari kiradi.
21. Boshqaruv uch yil muddatga saylanadi va jamoatchilik asosida Uyushmaning muruvvat faoliyatiga joriy rahbarlik qiladi, uning maqsadi va vazifalariga javob beruvchi tashkiliy-moliyaviy tadbirlarni oʻtkazadi.
23. Boshqaruv qarori prezident yoki vitse-prezident, shuningdek uning aʼzolarining yarmi qatnashgan taqdirda kuchga ega boʻladi va oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
25. Aʼzolardan biri chiqib ketgan taqdirda boshqaruv Uyushmaning haqiqiy aʼzolaridan birini chaqiriq muddati tugagunga qadar boshqaruv tarkibiga kiritishga haqlidir.
26. Boshqaruv “SOS — Kinderdorf Interneshnl” xalqaro jamiyatining “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasiga tegishli koʻrsatmalarini bajarishga majburdir.
28. Taftish komissiyasi “SOS — Kinderdorf Interneshnl” xalqaro jamiyati mezonlari va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq har yili Uyushmaning barcha moliyaviy faoliyatini tekshirishi kerak.
30. Uyushmaning maqsadi va vazifalarni bajarish hamda joriy faoliyatiga rahbarlik qilish uchun boshqaruv direksiyani taʼsis etadi. Direktor Uyushma prezidenti tomonidan “SOS — Kin-derdorf Interneshnl” jamiyati bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
VIII. Uyushma aʼzolari, ularning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang)]
32. Uyushmaning haqiqiy aʼzolari, faxriy aʼzolari va “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi doʻstlari (homiy aʼzolar) Uyushmaning aʼzolari hisoblanadi.
33. Mazkur Nizomning muqaddimasiga muvofiq SOS — bolalar mahallalari gʻoyasini qoʻllab-quvvatlayotgan va Uyushma boshqaruvi tomonidan shunday deb tan olingan yuridik va jismoniy shaxslar Uyushmaning haqiqiy aʼzolari boʻlishlari mumkin. Uyushma haqiqiy aʼzolarining soni 25 kishidan oshmasligi kerak.
Uyushmaning yangi haqiqiy aʼzolari Uyushma boshqaruvining umumiy yigʻilishdagi taklifi boʻyicha, agar bu taklifni Uyushma haqiqiy aʼzolarining koʻpchiligi yoqlab ovoz bersa, qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.06 Yuridik shaxslar birlashmalari (assotsiatsiyalar, uyushmalar va h.k.);
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
34. “SOS — Kinderdorf Interneshnl” maqsadlarini amalga oshirishda xizmat koʻrsatgan va yutuqlarga ega boʻlgan shaxslar Uyushmaning faxriy aʼzolari hisoblanadi. Bu shaxslar Uyushmaning faxriy aʼzolari sifatida Uyushma boshqaruvining umumiy yigʻilishdagi taklifi boʻyicha, agar bu taklifni koʻpchilik yoqlab ovoz bersa, saylanadi.
35. Uyushmaning haqiqiy va faxriy aʼzolari Uyushmaning rahbar organlariga saylash va saylanish, oʻz dasturlari va takliflarini koʻrib chiqish uchun kiritish, Uyushma tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda qatnashish huquqiga egadirlar.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.06 Yuridik shaxslar birlashmalari (assotsiatsiyalar, uyushmalar va h.k.);
3.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.05.00 Mehribonlik (bolalar) uylari. Bolalar shaharchalari]
36. Doimiy (erkin miqdordagi) badallari bilan Uyushma ishlarini qoʻllab-quvvatlaydigan jismoniy va yuridik shaxslar “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari”ning doʻstlari hisoblanadilar. Ularni qabul qilish toʻgʻrisidagi masala boshqaruv tomonidan, oddiy koʻpchilik ovoz berish yoʻli bilan hal etiladi.
37. Uyushma aʼzolari:
Uyushmaning asosiy vazifalarini bajarishga faol koʻmaklashishga majburdirlar;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.05.00 Mehribonlik (bolalar) uylari. Bolalar shaharchalari;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.05.00 Ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, manyovrlangan uy-joy fondi uylari, nogironlar, veteranlar, yolgʻiz qariyalar uchun internat uylari, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar)]
“SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi dasturlarini amalga oshirishda aniq yordam koʻrsatishga doir tadbirlarda qatnashish huquqiga egadirlar;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang)]
Uyushma boshqaruviga yozma ravishda bildirishnoma taqdim etgan holda Uyushmadan chiqish huquqiga egadirlar. Uyushmadan chiqish sanasi bildirishnoma taqdim etilgandan keyin 3 oy oʻtgach boshlanadi.
38. Uyushmaning haqiqiy aʼzolari Uyushma boshqaruvi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda yilning har choragida Uyushmaning ustav jamgʻarmasiga moliyaviy badal toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladilar.
40. Aʼzolarni Uyushmadan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror boshqaruv tomonidan, aʼzolar uchdan ikki qismining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Uyushma aʼzolari unga aʼzolikdan chiqarilganligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilinishi kerak. Aʼzolikdan chiqarilganlik toʻgʻrisida Uyushma aʼzosining aʼzolikdan chiqarilganligi eʼtirof etilgandan keyin 2 oy mobaynida norozilik bildirilishi mumkin.
41. Aʼzolikdan chiqish chogʻida, ushbu aʼzolar tomonidan toʻlangan badallar qaytarib berilmaydi. Uyushma aʼzoligidan chiqish yoki chiqarilish tegishli yuridik shaxslar va Uyushmaning ular oʻrtasida tuzilgan shartnomalardan kelib chiqqan oʻzaro majburiyatlariga daxl qilmaydi.
IX. Uyushma faoliyatining toʻxtatilishi
Uyushma faoliyatini toʻxtatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va muassasalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat organlarini tugatish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning Maʼmuriy reglamenti.