1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining
buyrugʻi
Ilmiy laboratoriyalarni yaratish va qoʻshimcha jihozlash boʻyicha tanlovlarni oʻtkazish, shuningdek zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 4-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3035-1]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 21-dekabrdagi 31-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3404, 22.12.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-son “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2018-yil 4-iyundagi 14/4-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3035, 2018-yil 5-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 10/18/3035/1473-son) bilan tasdiqlangan Ilmiy laboratoriyalarni yaratish va qoʻshimcha jihozlash boʻyicha tanlovlarni oʻtkazish, shuningdek zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandidagi “davlat ilmiy-texnika dasturlarini” degan soʻzlar “davlat ilmiy dasturlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. ABDURAXMONOV
Toshkent sh.,
2022-yil 6-iyun,
176-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3035-1/0586-son)