Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-apreldagi 167-son “Daryo transportida davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2014-yil 23-maydagi 95-son “Kemalarni roʻyxatga olish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2595, 2014-yil 17-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 25-son, 311-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.