Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi toʻgʻrisidagi hamda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2019-yil 11-martdagi 4-son qarori (roʻyxat raqami 3156, 2019-yil 22-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 17-son, 335-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“roʻyxatdan oʻtkazuvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi (bundan buyon matnda Davlat kadastrlari palatasi deb yuritiladi) va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy boshqarma deb yuritiladi) rahbarlari tomonidan tayinlanadigan masʼul shaxslar.”;
2.
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Manfaatdor shaxslarning koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yuzasidan murojaatlari Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari qoshidagi doimiy ravishda faoliyat yuritadigan komissiyalar (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tomonidan koʻrib chiqiladi.”.
3.
5-band “Komissiya” degan soʻzdan keyin “tegishliligiga koʻra Davlat kadastrlari palatasi raisi va” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4.
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Komissiya tarkibi tegishliligiga koʻra Davlat kadastrlari palatasi, uning hududiy boshqarmasi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi masʼul xodimlari orasidan shakllantiriladi.”.
5.
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Tegishliligiga koʻra Davlat kadastrlari palatasi raisi va uning hududiy boshqarmasi rahbari komissiya raisi hisoblanadi.”.
6.
24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Komissiya taqdim etilgan murojaatni manfaatdor shaxs yoki uning qonuniy vakili ishtirokida koʻrib chiqadi.”.
7. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.