Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq
kodeksiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son
qaror bilan tasdiqlangan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning 1, 2 va 3-roʻyxatlariga kiruvchi mehnat sharoitlari oʻta zararli, oʻta ogʻir, zararli va ogʻir boʻlgan ishlab chiqarishlarda ishlovchi xodimlarning daromadlariga soliq solishning amaldagi imtiyozli tartibi belgilansin, bunda fuqarolarning yuqorida aytib oʻtilgan toifalari daromadlaridan chegirmalar darajasi 25 foizdan oshmasligi nazarda tutilsin.
2. Belgilansinki, noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi joylarda ishlaganlik uchun qoʻshimcha toʻlovlar (ish staji uchun ustama, togʻli, choʻl va suvsiz joylarda ishlaganlik uchun belgilangan koeffitsiyentlar boʻyicha toʻlovlar)ga soliq jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan eng kam soliq stavkasi boʻyicha undiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliq mazkur qarorga muvofiq toʻgʻri hisoblab chiqilishi va toʻlanishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.