Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2009-yil 6-iyuldagi 180-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1992, 2009-yil 5-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 32-33-son, 365-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan oʻqishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 4-bandi
beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“milliy pasport (amaldagi vizasi bilan) yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud tugʻilganlik haqidagi guvohnoma;”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.