Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Mashinasozlik va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahalliy xomashyo resurslarini qayta ishlash, import oʻrnini bosuvchi, eksport bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, qulay investitsiya muhitini yaratish hamda yuqori texnologiyali va zamonaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi “Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5128-son
qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
“Sanoat xabi hududida mashinasozlik va elektrotexnika sohalaridagi loyihalar, shuningdek, boshqa sohalardagi yuqori qoʻshilgan qiymatli loyihalar joylashtiriladi va ularning tashabbuskorlariga qurilgan bino va inshootlar ijara shaklida ajratib beriladi”.
2.
8-banddagi “besh yilgacha boʻlgan davrda boʻlib-boʻlib toʻlanishi mumkin” soʻzlari “, istisno tariqasida, undirilmaydi” soʻzlari bilan almashtirilsin.