Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-oktabrdagi 655-son “Oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2018-yil 30-noyabrdagi 01-02/13-70 va 155-son qarori (roʻyxat raqami 3125, 2019-yil 21-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 4-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“kursantlarning oʻqishi boshqa oliy harbiy yoki harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga koʻchirilganda.”.
2.
2-ilovadagi Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomaning 2.2.-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2.2. Institut — xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida taʼlim oluvchilarni ixtisoslik (mutaxassislik) fanlariga kasbiy yoʻnaltirish hamda maqsadli tayyorlashni nazarda tutadigan, davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlari talablariga muvofiq ravishda oʻquv-tarbiya jarayonini amalga oshiradigan oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasa.”.