Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Zamin” bankining garov munosabatlarini va investitsiya faoliyatini rivojlantirishdagi imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka” banki, Davlat mulki qoʻmitasining:
Moliya vazirligi tomonidan 60 mln soʻmga va ixtisoslashtirilgan “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat banki tomonidan 30 mln soʻmga “Zamin” banki aksiyalari paketini sotib olishi;
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan “Zamin” bankining Ustav jamgʻarmasiga 20 mln soʻm miqdorida qoʻshimcha ulush qoʻshishi yoʻli bilan “Zamin” bankini moliyaviy sogʻlomlashtirish va uning aktivlarini koʻpaytirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
1997-yil oxirigacha “Zamin” banki schyotiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan yer uchastkalarini fuqarolarga umrbod meros qilib qoldirish huquqi bilan sotishdan 150 mln soʻm oʻtkazilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kimoshdi savdolarida yer uchastkalarini umrbod meros qilib qoldirish huquqining roʻyobga chiqarilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.