Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ichki turizmni rivojlantirish boʻyicha “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi doirasida aholining faol dam olishi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-35-son
Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1.
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. 2022-yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilansin:
a) barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar): 3-yanvar — dushanba, 22-mart — seshanba, 23-mart — chorshanba, 3-may — seshanba, 11-iyul — dushanba, 2-sentabr — juma;
b) olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 4-yanvar — seshanba, 4-may — chorshanba, 12-iyul — seshanba, 3-sentabr — shanba va 31-dekabr — shanba”.
2.
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. 2022-yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda koʻchirilsin:
8-yanvar — shanba kunidan 4-yanvar — seshanba kuniga;
7-may — shanba kunidan 4-may — chorshanba kuniga;
16-iyul — shanba kunidan 12-iyul — seshanba kuniga”.