toggle_night_mode
Hujjat 27.04.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining
buyrugʻi
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shakli va uni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 27-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2515-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 9-sentabrdagi 83-son “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shakli va uni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2515, 2013-yil 9-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 41-son, 553-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 4-aprel,
11-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy Assotsiatsiyasi Kengashi raisi M. TULAXODJAYEVA
2022-yil 24-mart
Oʻzbekiston auditorlar palatasi ijrochi direktori F. RAShIDOV
2022-yil 24-mart
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 4-apreldagi 11-son buyrugʻiga
ILOVA
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shakli va uni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
a) “Litsenziya turi, raqami va berilgan sanasi” satri quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritilgan sanasi

;

b) III bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“III. Koʻrsatilgan xizmatlar hajmi

Koʻrsatkichlar nomi

Satr raqami

Hisobot yilida

Oʻtgan yilda

auditorlik xizmatlari koʻrsatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni

xizmatlar summasi

(ming soʻm)

auditorlik xizmatlari koʻrsatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni

xizmatlar summasi

(ming soʻm)

1

2

3

4

5

6

Auditorlik xizmatlari hajmi — jami,

12

shu jumladan:

X

X

X

X

a) majburiy auditorlik tekshiruvlari

13

b) tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari

14

v) tahliliy tekshiruvlar va ishonchni taʼminlaydigan topshiriqlar boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar

15

g) turdosh xizmatlar

16

”;

24-satr quyidagi tahrirda bayon etilsin:

manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalaridan iborat boʻlgan xayriya, jamoat fondlari va boshqa fondlar

24

;

25-satr chiqarib tashlansin;
g) VI bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“VI. Auditorlik xulosalari

Koʻrsatkichlar nomi

Satr raqami

Hisobot yilida

soni, jami

shundan auditorlik xulosalar

ijobiy fikr bildirilgan

salbiy fikr bildirilgan

izohlar bilan fikr bildirilgan

fikr bildirish rad etilgan

1

2

3

4

5

6

7

Berilgan auditorlik xulosalarining soni-jami

38

shu jumladan:

X

X

X

X

X

majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha

39

tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha

40

38-satrdan:

X

X

X

X

X

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotlarga berilgan xulosalar soni

41

.

a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Auditorlik tashkilotlari tomonidan Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotni (bundan buyon Maʼlumot deb yuritiladi) taqdim etish auditorlik tashkilotining majburiyatlaridan biri hisoblanadi.”;
b) 2-bandning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maʼlumot 31-dekabr holatiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yozma yoki “Audit” dasturiy majmui axborot tizimi orqali elektron shaklda hisobot yilidan keyingi yilning 20-yanvarigacha taqdim etiladi.”;
v) 4-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritilgan sanasi” satrida auditorlik tashkilotining auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritilgan sanasi koʻrsatiladi;”;
g) 16-banddagi “maxsus savol boʻyicha tekshiruvlar va koʻrsatilgan professional” degan soʻzlar “tahliliy tekshiruvlar va ishonchni taʼminlaydigan topshiriqlar hamda koʻrsatilgan turdosh” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 17 va 20-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
e) 19-banddagi “13 — 17” raqamlari “13 — 16” raqamlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu satrlar Oʻzbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni va xizmatlar summasini koʻrsatgan holda toʻldiriladi:”;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24-satrning 3 va 4-ustunlarida mos ravishda manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalaridan iborat boʻlgan xayriya, jamoat fondlari va boshqa fondlar boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;”;
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilardagi “eng kam ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
i) 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. 41-satrda 38-satr maʼlumotlaridan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotni auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish natijalari yuzasidan hisobot yilida berilgan auditorlik xulosalari turlari boʻyicha koʻrsatiladi.”.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston auditorlar palatasi, Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 10/22/2515-4/0360-son)