Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriNING
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 16-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish
qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Milliy operator Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoʻllanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimi operatori hisoblanadi.”;
2.
101-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Quyidagi mazmundagi 1042-band bilan toʻldirilsin:
“1042. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslar nomiga yoʻllanuvchi xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qogʻozlari va boshqa yuridik hujjatlarni yetkazib berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 637-son “Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoʻllanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.”.
4.
136-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“136. Pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalarini yuborish va (yoki) olish uchun zarur boʻlgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar boʻlib:
a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti (yoki identifikatsiya ID-kartasi) yoxud diplomatik pasporti;
b) muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi va oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalarining kursanti (tinglovchisi)ning harbiy guvohnomasi yoki tegishli vazirliklar va idoralar bilan shartnoma boʻyicha xizmat qiladigan zobitlarning shaxsiy guvohnomasi;
v) xorijiy fuqaroning milliy yoki diplomatik pasporti;
g) Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yashash guvohnomasi (identifikatsiya ID-kartasi);
d) milliy haydovchilik guvohnomasi hisoblanadi.”.
“a” kichik band “sovuq qurol” degan soʻzlardan keyin “yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“b” kichik band “psixotrop” degan soʻzdan keyin “moddalar va prekursorlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3-bandning “v” kichik bandi
yettinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.