1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 26-may,
135-son
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 135-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 2-noyabrdagi 278-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 11-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati toʻgʻrisidagi nizomning I boʻlim 6-bandining birinchi xatboshidagi “Oliy Kengashining sessiyasida” soʻzlari “Oliy Majlisining Senati tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 970-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-apreldagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2019-y., 09/19/313/2938-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 11-martdagi 133-son qaroriga 5-ilova 1-bandining uchinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 3-son, 11-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
5. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Xizmat turar joylari olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxatida:
20-banddagi “Oliy Majlis kotibiyati” soʻzlari “Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati apparatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2017-y., 09/17/1013/0459-son)
7. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-martdagi 134-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston — Yevropa Ittifoqi” hamkorlik kengashining Oʻzbekistonga oid qismi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandidagi “Oliy Majlisi deputatlarini” soʻzlari “Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlarini va Senati aʼzolarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 21-son, 154-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2017-y., 09/17/1013/0459-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2019-y., 09/19/313/2938-son; 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2024-y., 09/24/758/0926-son)