4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-songa ilova, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 4-5, 74-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) 29-moddasining
uchinchi qismi “va foizlar” degan soʻzlardan keyin “shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini moliyaviy bozorlarga joylashtirishdan foizlar tarzida olinadigan daromadlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.