1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.01.00 Umumiy qoidalar;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.04.00.00 Budjet tizimining umumiy qoidalari;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
6.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.13.00.00 Soliqqa oid ish yurituv;
7.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar);
8.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi;
3.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
4.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi;
5.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar;
6.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 30-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2005-yil 6-mayda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 2, 78-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) 6-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisi va 38-moddasining birinchi qismi “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlardan oldin “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda):
1) 32-moddasining toʻrtinchi qismi “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlardan oldin “Moliya vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 37-moddasi birinchi qismi “a” bandining birinchi va uchinchi xatboshilari, “g” bandi hamda 40-moddasining birinchi qismi “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlardan oldin “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 43-moddasining toʻqqizinchi qismi “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlardan oldin “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 66-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi”, “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasini”, “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlardan oldin “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(3 va 4-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) 4-moddasining ikkinchi xatboshisidagi, 5-moddasi birinchi qismining 1 va 8-bandlaridagi, 6-moddasi birinchi qismining 1-bandidagi “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya va Respublika yoʻl jamgʻarmalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 88-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda):
1) 14-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisi “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlardan oldin “Moliya vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi va uchinchi qismlari “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlardan oldin “Moliya vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman boʻlimida” degan soʻzlar “tuman ijtimoiy taʼminot boʻlimida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-361-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 686-modda)
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2005-yil 24-maydagi 98 (3643)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 23-may,
OʻRQ–2-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 21-son, 148-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2013-y., 52-son, 686-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2020-y., 03/20/641/1389-son; 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son)