Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-yanvardagi “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-91-son
qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 9-iyuldagi “Barter asosida amalga oshiriladigan eksport-import operatsiyalari boʻyicha tartib buzilishlari va suiisteʼmolliklarga chek qoʻyish toʻgʻrisida”gi PF-616-son Farmoni
1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Belgilab qoʻyilsinki, barter asosida eksport-import operatsiyalari Vazirlar Mahkamasining qarorlariga koʻra hukumatlararo bitimlar doirasida amalga oshirilishi mumkin”.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.