Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2009-yil 24-iyundagi 72-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1988, 2009-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 353-modda) bilan tasdiqlangan Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarining 4-bandi “n” kichik bandining
toʻrtinchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunga muvofiq muhofaza qilinadigan geografik koʻrsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari boʻlgan belgilar bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar, bu belgilar har qanday tovarlarga nisbatan shunday koʻrsatkichdan yoki nomdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazilayotgan tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qism sifatida kiritilgan hollar bundan mustasno;”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.