1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.07.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning boshqa masalalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari sohasida restavrator-ustalar malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari sohasida restavrator-ustalarga malaka sertifikati berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishni joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan boshlab moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari sohasida restavrator-ustalarga malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarining davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatilishini joriy etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.05.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish]
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari sohasida restavrator-ustalar malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
talabgorning malaka sertifikati olish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qilish tartibi;
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligini restavrator-ustalar malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish boʻyicha vakolatli organ etib belgilash;
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
malaka oshirish kurslarini tashkil etish, malaka oshirish kurslari tashkilotchisining vazifalarini belgilash hamda oʻquv jarayonini tashkil etish tartibi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.03.00 Ilmiy muassasalarni va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish]
malaka oshirish kurslari tinglovchilarini attestatsiyadan oʻtkazish va baholash, shuningdek, malakasini oshirish kurslarini moliyalashtirish tartibi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmatlari koʻrsatishni YIDXP orqali joriy etish choralarini koʻrsin;
davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun yigʻimlarning Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlar summasi hisobini yurituvchi yagona billing tizimi orqali elektron tarzda toʻlanishini taʼminlasin;
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha ularning faoliyati yuzasidan, jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentning talablari buzilgan hollarda, davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy meros obyektlari va YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-martdagi 119-son qaroriga2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-aprel,
166-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-apreldagi 166-son qaroriga 1-ILOVA
Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari sohasida restavrator-ustalar malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.05.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish]
1. Mazkur Reglament moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari sohasida restavrator-ustalar malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari sohasidagi restavrator-usta (keyingi oʻrinlarda — restavrator-usta) — moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlarni amalga oshirishda ishtirok etadigan jismoniy shaxslar;
malaka oshirish kursi — moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni sifatli amalga oshirish uchun restavrator-ustalarning kasbiy bilimlari, koʻnikmalari, malaka va mahoratini milliy meʼmorchilik anʼanalari, xorijiy tajriba hamda zamonaviy oʻquv dasturlari asosida oshirishni nazarda tutadigan oʻqitish shakli;
talabgor — restavrator-ustalarning malakasini oshirish va malaka sertifikatini olish uchun murojaat qilgan yuridik shaxslar hamda restavrator-ustalar.
Bunda moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish litsenziyasiga ega boʻlgan yuridik shaxslar oʻz tizimida faoliyat yuritayotgan restavrator-ustalarning malakasini oshirish boʻyicha talabgor boʻlishi mumkin;
tinglovchilar — malaka oshirish kurslariga qabul qilingan restavrator-ustalar.
3. Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari sohasida restavrator-ustalar malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
4. Restavrator-ustalar malakasi har uch yilda oshirib boriladi.
2-bob. Murojaat qilish va malaka oshirish kurslarini tashkil etish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
5. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanish uchun har yili 20-noyabrga qadar davlat xizmatlari markaziga bevosita yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali vakolatli organga elektron shaklda murojaat qiladi.
Zarurat boʻlganda, talabgor mazkur bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda yil davomida qoʻshimcha murojaat qilishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
6. Talabgor bevosita murojaat qilgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi talabgor nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi va unga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
3,5x4,5 sm hajmdagi fotosurat;
amaldagi malaka sertifikati nusxasi (mavjud boʻlsa).
Talabgordan mazkur bandda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
7. Talabgor zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirib, kiritgandan soʻng imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.04.00 Davlat bojini toʻlash tartibi]
8. Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun talabgordan har bir restavrator-usta uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
9. Toʻlov summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat xizmatlari markazlariga oʻzlari kelib murojaat qilganda undirilgan yigʻimning:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
0,5 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning hisobvaragʻiga;
b) YIDXP orqali murojaat qilinganda undirilgan yigʻimning:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tegishli budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmati koʻrsatilganda) — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
10. Talabgor tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilmasligi, soʻrovnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlarda haqiqiy boʻlmagan, soxta va notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmatlari koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Bunda talabgor tomonidan ushbu maʼlumotlar 5 ish kuni ichida toʻgʻirlangan holda qayta kiritilishi mumkin.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
11. Talabgor murojaati koʻrib chiqilayotgan istalgan bosqichda uni qaytarib olish huquqiga ega.
Murojaat talabgor tomonidan qaytarib olinsa, koʻrib chiqilmaydi. Bunda, murojaatni koʻrib chiqish uchun toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
12. Talabgor davlat xizmatlari markaziga bevosita murojaat qilganda, uning murojaati markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, talabgorning oʻzi tasdiqlagandan soʻng barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
13. Vakolatli organ:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
soʻrovnomalar asosida malaka oshirish kurslarini tashkil etish boʻyicha har yili 20-dekabrga qadar keyingi kalendar yil uchun yillik rejani tasdiqlaydi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
tinglovchilar guruhini shakllantiradi hamda restavrator-ustalarning bazaviy maʼlumoti, mutaxassisligi, ish staji, lavozimi (kasbi)ni hisobga olib, kursning oʻquv rejasi va dasturlarini tayyorlaydi, zarurat boʻlganda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
14. Malaka oshirish kurslarida oʻquv jarayoni tinglovchilar soni 10 — 15 nafar boʻlgan akademik guruhlarda tashkil etiladi.
15. Vakolatli organ malaka oshirish kurslari boshlanishi toʻgʻrisida talabgorni besh kun oldin xabardor qiladi.
16. Talabgor yuridik shaxs boʻlganda restavrator-ustalarni malaka oshirish kurslariga yetib borishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
17. Tinglovchilarni kurslarga qabul qilish vakolatli organ rahbari buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
18. Vakolatli organ tinglovchilarning malaka oshirish kurslariga oʻz vaqtida kelmaganligi toʻgʻrisida talabgorga xabar beradi.
19. Tinglovchilar quyidagi sabablarga koʻra tinglovchilar safidan chetlashtiriladi:
oʻz xohishiga binoan;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
oʻquv intizomini va taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalarini muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzganligi uchun;
malaka oshirish (18 akademik soatdan ortiq) kursidagi dars mashgʻulotlarini uzrli sabablarsiz qoldirgani uchun;
shartnoma asosida oʻqitish bilan bogʻliq majburiyatlarni bajarmagani uchun;
sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi sababli;
vafot etganligi sababli.
20. Tinglovchilarning kasalligi va boshqa uzrli sabablari tasdiqlangan taqdirda, ularning malaka oshirish kurslaridan oʻtish muddati vakolatli organ bilan talabgor kelishuvi boʻyicha boshqa muddatga koʻchiriladi. Bunda malaka oshirish toʻlangan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
21. Tinglovchilar malaka oshirish kursidan chetlatilganda, ularga buning sabablari koʻrsatilgan holda maʼlumotnoma beriladi.
Restavrator-ustalarning malakasini oshirish toʻgʻridan-toʻgʻri malaka oshirish (kunduzgi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqitish) va boshqa shakldan iborat boʻlishi mumkin.
22. Malaka oshirish muddati yoʻnalishga qarab kamida 72 akademik soat (ikki hafta) etib belgilanib, asosiy ish joyidan toʻliq ajralgan holda amalga oshiriladi.
23. Auditoriya mashgʻulotlari va mustaqil ishlarning eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
24. Malaka oshirish kurslarida oʻqiydigan tinglovchilarga oʻqishning barcha davrida asosiy ish joyi boʻyicha egallagan lavozimi va oʻrtacha ish haqi saqlanadi.
3-bob. Malaka oshirish kurslari tashkilotchisi va uning vazifalari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
25. Vakolatli organ malaka oshirish kurslari tashkilotchisi hisoblanadi. Vakolatli organ malaka oshirish kurslarini “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan hamkorlikda tashkil qiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
26. Vakolatli organ:
malaka oshirish kurslariga umumiy rahbarlik qiladi;
malaka oshirish kurslarining oʻquv jarayonini takomillashtirish mexanizmlari va usullarini belgilaydi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
tegishli hujjatlarni (malaka talablari, oʻquv rejasi va dasturlarini, tinglovchilarning malakasini himoya qilish ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish, amaliyotni tashkil etish va oʻtkazish tartiblarini) tasdiqlaydi;
zamon talablari, sohadagi innovatsion rivojlanishlarni hamda taʼlim dasturlarining uzluksizligini, ketma-ketligini hisobga olgan holda, restavrator-ustalarni oʻqitish yoʻnalishlari boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejasi va dasturlarini ishlab chiqadi;
oʻquv jarayonini umumeʼtirof etilgan xalqaro taʼlim standartlari va talablari, shuningdek, oʻqitishning zamonaviy shakllari va uslublaridan foydalanib tayyorlangan oʻquv rejasi va dasturlari asosida tashkil etadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.09.00 Ilmiy tekshirish muassasalarining moddiy-texnik bazasi]
kurslar doirasida sifat jihatidan yuqori tashkiliy va kasbiy darajada mashgʻulotlar oʻtkazish uchun zarur oʻquv, metodik va moddiy-texnik bazani tashkil etadi;
malaka oshirish kurslarida mashgʻulotlar oʻtkazish uchun oliy taʼlim muassasalarining yetakchi pedagog kadrlarini, amaliyotchi restavrator-ustalarni, shuningdek, shartnoma asosida loyiha ilmiy-tadqiqot muassasalarining yuqori malakali kadrlarini va xorijiy mutaxassislarni jalb etishni taʼminlaydi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
malaka oshirish yoʻnalishlari boʻyicha zamonaviy innovatsion pedagogik, multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida mashgʻulotlar olib boradi.
27. Malaka oshirish kurslarini tashkil etish, talab darajasida oʻtkazish, taʼlim samaradorligini taʼminlash uchun sharoitlar yaratish vakolatli organga yuklanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.05.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish]
28. Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari sohasida faoliyat olib boradigan yuridik shaxslar:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
restavrator-ustalar tarkibidan tegishli yoʻnalishlar boʻyicha malaka oshirish kurslaridan oʻtishi kerak boʻlgan tinglovchilar kontingentini shakllantiradi;
malaka oshirish kurslarining tasdiqlangan jadvali asosida oʻz restavrator-ustalarining kurslarga belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida kelishini taʼminlaydi;
tashkilotlarning majlislarida malaka oshirish natijalarini muhokama qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etadi;
kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan restavrator-ustalarning ilgʻor tajribasi, yangi bilimlari va koʻnikmalarini ommalashtirish ishlarini tashkil etadi;
malaka oshirish kurslaridan oʻtgan restavrator-ustalarning kasbiy faoliyati boʻyicha doimiy monitoring yuritadi.
4-bob. Malaka oshirish kurslarida oʻquv jarayonini tashkil etish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
29. Malaka oshirish kurslarida oʻquv jarayonini tashkil etish tegishli yoʻnalishlar boʻyicha tasdiqlangan malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlari, mashgʻulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.
Oʻquv rejalari va dasturlari fan, texnika, texnologiyalar va ishlab chiqarishni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari asosida har yili takomillashtiriladi.
30. Malaka oshirish kurslarida oʻquv mashgʻulotlarining quyidagi asosiy turlari — maʼruza, interaktiv seminarlar, amaliy mashgʻulot, tajriba almashish, mustaqil oʻqish va malaka amaliyoti qoʻllaniladi.
31. Auditoriyada oʻtkaziladigan barcha mashgʻulotlar turlari 80 daqiqa davom etadi, oʻquv mashgʻulotlari oraligʻidagi tanaffus — kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
32. Tinglovchilarning malaka amaliyoti sohadagi yetakchi loyihalash tashkilotlari, restavratsiya-tiklash ustaxonalari hamda asrashga doir ishlar amalga oshirilayotgan obyektlarda tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]
33. Malaka oshirish kurslarida mehnatga soatbay haq toʻlash shartlari bilan tinglovchilarni oʻqitadigan pedagoglarning oʻquv yuklamasi hajmi oʻquv yili mobaynida belgilangan normativlar boʻyicha ular amalda bajaradigan oʻquv ishlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
5-bob. Malaka oshirish kurslari tinglovchilarini attestatsiyadan oʻtkazish va baholash
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
34. Tinglovchilar oʻquv kurslari taʼlim dasturlarini oʻzlashtirib boʻlgandan soʻng vakolatli organ tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Attestatsiyada yakuniy bitiruv ishi himoya qilinadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
Attestatsiyaning shaffofligi va xolisligini taʼminlash maqsadida attestatsiyani oʻtkazish jarayoni uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushiriladi, videotasvir vakolatli organda uch yil mobaynida saqlanadi.
Attestatsiyadan oʻtkazish jarayonini uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushirish uchun vakolatli organ attestatsiyani tashkil etgan holda, alohida xonalar ajratadi hamda ularni zamonaviy texnik asbob-uskunalar (kompyuter, ovozli video kamera, internet aloqa va boshqalar) bilan taʼminlab, talabgorlar uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
35. Attestatsiya uchun Attestatsiya komissiyasi tuziladi. Komissiya tomonidan tinglovchilarning malakasi baholanadi.
36. Attestatsiya komissiyasi aʼzolari besh nafardan iborat tarkibda vakolatli organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
37. Attestatsiya komissiyasi tarkibiga vakolatli organ, vakolatli organning Ilmiy-ekspert kengashi aʼzolari, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti vakillari jalb qilinishi mumkin.
38. Attestatsiya komissiyasi oʻz tarkibining uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi]
39. Attestatsiya komissiyasi aʼzolari mehnatiga soatbay haq toʻlanadi va uning miqdori vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
40. Malaka oshirish kurslarining 72 akademik soatli yoʻnalishi uchun yakuniy bitiruv ishi slayd taqdimoti shaklida topshiriladi.
Yakuniy bitiruv ishi uchun umumiy 100 ball deb belgilanadi va umumiy balldan kamida 56 ball (56 foiz) toʻplagan tinglovchilar imtihondan oʻtgan hisoblanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
41. Yakuniy bitiruv ishining umumiy ballidan 56 ball (56 foiz) toʻplamagan tinglovchilar bundan norozi boʻlgan taqdirda, natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab 24 soat ichida vakolatli organ rahbariga appelyatsiya arizasi bilan murojaat qilishi mumkin.
Appelyatsiya komissiyasi aʼzolari 3 nafardan iborat tarkibda vakolatli organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Appelyatsiya komissiyasi appelyatsiyaga tushgan arizani 24 soat ichida koʻrib chiqadi va natijasini ariza beruvchiga eʼlon qiladi.
42. Attestatsiyadan oʻtgan malaka oshirish kurslari tinglovchilariga attestatsiya tugagandan soʻng 3 ish kuni davomida ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan malaka sertifikati beriladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.03.00 Ilmiy muassasalarni va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish]
43. Restavrator-ustalarning malakasini oshirish quyidagilar hisobidan moliyalashtiriladi:
talabgorlarning mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining budjetdan tashqari Madaniy meros jamgʻarmasi mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
44. Malaka oshirish kurslarining xarajatlar smetasi vakolatli organ tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi.
45. Xarajatlar smetasida:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi]
kursning oʻquv dasturi va rejasida nazarda tutilgan barcha dars mashgʻulotlari uchun toʻlanadigan soatbay haq;
kursning moddiy-texnik taʼminoti;
kursni tashkil etish va oʻtkazishga jalb etilgan xodimlarga (rahbar, pedagog va texnik) toʻlanadigan ish haqi hamda ularni ragʻbatlantirish;
toʻlanadigan soliqlar va boshqa asoslangan xarajatlar uchun mablagʻlar nazarda tutiladi.
Bunda malaka oshirish kurslarida oʻqish uchun tinglovchilar tomonidan toʻlanadigan mablagʻ mazkur kurslarni oʻtkazish uchun sarflanadigan xarajatlar hajmidan kelib chiqqan holda (smetadagi jami xarajatlarni tinglovchilar soniga boʻlish orqali) hisoblab chiqiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish]
46. Restavrator-ustalar malakasini oshirish boʻyicha talabgorlar bilan vakolatli organ oʻrtasida ixtiyoriylik asosida shartnomalar murojaat qilingan vaqtdan boshlab bir oy mobaynida tuzilishi lozim.
7-bob. Yakunlovchi qoida
47. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari sohasida restavrator-ustalar malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari sohasida restavrator-ustalar malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Talabgor
1. Davlat xizmatidan foydalanish uchun har yili 20-noyabrga qadar Davlat xizmatlari markaziga bevosita yoki YIDXP orqali vakolatli organga murojaat qiladi.
1. Har yili 20-noyabrga qadar
2. Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlaydi.
2. Murojaat qilganda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
Soʻrovnoma toʻldiradi va vakolatli organga yuboradi.
1. 10 daqiqa davomida
2. YIDXP
2. Avtomatik ravishda
3-bosqich
Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi
(Vakolatli organ)
1. Soʻrovnomalar asosida keyingi kalendar yil uchun yillik rejani tasdiqlaydi.
2. Tinglovchilar guruhini shakllantiradi hamda mutaxassislarning bazaviy maʼlumoti, mutaxassisligi, ish staji, lavozimi (kasbi)ni hisobga olib, kursning oʻquv rejasi va dasturlarini tayyorlaydi.
Har yili 20-dekabrga qadar
4-bosqich
Vakolatli organ
Malaka oshirish kurslari boshlanishi toʻgʻrisida talabgorni xabardor qiladi.
Malaka oshirish kurslari boshlanishidan 5 kun oldin
5-bosqich
Vakolatli organ
1. Malaka oshirish kurslarini tashkil qiladi.
2. Malaka oshirish kurslarini oʻzlashtirgan tinglovchilarni attestatsiyadan oʻtkazadi.
Malaka oshirish kursi davrida
6-bosqich
Vakolatli organ
Attestatsiyadan oʻtgan malaka oshirish kurslari tinglovchilariga QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Attestatsiya tugaganidan soʻng 3 ish kuni davomida
Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari sohasida restavrator-ustalar malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari sohasida restavrator-ustalar malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
_____________________
(sana)
_______________________
(raqam)
I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F. I. O.:
2. Pasport maʼlumotlari (seriya va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, agar mavjud boʻlsa):
3. Yashash manzili:
4. Telefon raqami:
5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Yuridik shaxsning nomi:
2. Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli:
3. STIR:
4. Pochta manzili:
5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
6. Telefon raqami:
III. Restavrator — usta toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F. I. O.:
2. Pasport maʼlumotlari (seriya va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, agar mavjud boʻlsa):
3. Maʼlumoti
3.1. Tamomlagan yili, diplom raqami
3.2. Diplom boʻyicha mutaxassisligi
4. Malakasini oshirgan boʻlsa, amaldagi malaka sertifikati nusxasi (elektron shaklda ilova qilinadi)
5. 3,5x4,5 sm hajmdagi elektron fotosurat
6. Yashash manzili:
7. Telefon raqami:
8. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari sohasida restavrator-ustalar malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TURIZM VA MADANIY MEROS VAZIRLIGI NUZURIDAGI MADANIY MEROS AGENTLIGI
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-apreldagi 166-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy meros obyektlari va YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-martdagi 119-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
2. 7-ilovaning (Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari hamda ularga toʻlov turi va miqdorlari) 8-pozitsiyasi “Davlat xizmatlari koʻrsatilayotgan ariza beruvchilar toifalari” ustunidagi “Yuridik shaxslar” soʻzlari “Jismoniy va yuridik shaxslar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2022-y., 09/22/166/0284-son; 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)