1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.06 Havo kemalarining parvozi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
FUQARO AVIATSIYASINING XALQARO PARVOZLARINI KENGAYTIRISH TOʻGʻRISIDA
Amalga oshirilayotgan yoʻlovchi va yuk tashishlar geografiyasini yanada kengaytirish, Oʻzbekiston Respublikasining tarixiy va madaniy markazlariga toʻgʻridan-toʻgʻri havo yoʻllarini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.04 Aeroportlar. Aerodromlar]
1. Buxoro va Urganch shaharlari aeroportlariga xalqaro aeroport maqomi berilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
5.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita, Davlat bojxona qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Buxoro va Urganch shaharlari aeroportlarida chegara, bojxona, sanitariya va veterinariya nazoratini amalga oshirish uchun faoliyat yoʻnalishi boʻyicha, tasdiqlangan xodimlar soni doirasida Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali oʻtkazish punktlari tashkil etsinlar.
3. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita, Davlat bojxona qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tegishli boʻlinmalarini zarur xizmat xonalari, maxsus asbob-uskunalar va texnika bilan taʼminlasin;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.04 Aeroportlar. Aerodromlar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik]
chegara, bojxona, veterinariya va sanitariya nazoratini, shuningdek aviatsiya xavfsizligi maqsadidagi nazoratni samarali amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratsin.
4. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasiga, zarur tartibotlarga rioya qilingan taqdirda va Milliy xavfsizlik xizmati hamda Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishgan holda Andijon, Qarshi, Namangan, Nukus va Fargʻona shaharlari aeroportlaridan charter xalqaro qatnovlarni amalga oshirishiga ruxsat etilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyundagi 359-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 30-son, 345-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.04 Aeroportlar. Aerodromlar]
5. Oʻzbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan birgalikda aviatsiya xavfsizligi talablarini hisobga olgan holda Buxoro va Urganch shaharlari aeroportlarini sertifikatsiyalashtirsin.
6. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda Buxoro va Urganch shaharlari aeroportlari maqomi boʻyicha maʼlumotlarni tayyorlashni va aeronavigatsiya axborotlari xalqaro toʻplamlarida eʼlon qilishni tashkil etsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L.A. Axmetov zimmasiga yuklansin.