Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 28-oktabrdagi PQ-5269-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 28-oktabrdagi PQ-5269-son
qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 571-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning
9-bandiga quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti;
Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi”;
2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 788-son qarori bilan tasdiqlangan Agrar taʼlim tizimining 2030-yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasining
2-bobida:
birinchi xatboshidagi “Nukus, Termiz va Samarqand filiallari, shuningdek, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti” soʻzlari “Samarqand filiali, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, shuningdek, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “Nukus, Termiz va Samarqand filiallarida” soʻzlari “Samarqand filiali, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandining
beshinchi xatboshidagi “Nukus filiali” soʻzlari “QQXAI” soʻzi, “Termiz filiali” soʻzlari “TAIRI” soʻzi bilan almashtirilsin;
“g” kichik bandining
ikkinchi xatboshidagi “Nukus filiali” soʻzlari “QQXAI” soʻzi, “Termiz filiali” soʻzlari “TAIRI” soʻzi bilan almashtiril sin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son qarori bilan tasdiqlangan Hududlarda talabalar turar joylarini qurish uchun oliy taʼlim muassasalariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilayotgan yer maydonlari
roʻyxatining 46-pozitsiyasi “Oliy taʼlim muassasasi nomi” ustunidagi “Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali” soʻzlari “Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.