Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-oktabrdagi PQ-5263-son “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2011-yil 25-iyuldagi 227-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2259, 2011-yil 28-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34-35-son, 360-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida sud-tibbiyot ekspertizalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 13-bandi
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan va sud-tibbiy ekspertiza muassasasining xizmat koʻrsatish mintaqasidan tashqarida joylashgan organlar (shaxslar) uchun sud-tibbiyot ekspertizasi, mazkur organlar (shaxslar) joylashgan hududdagi sud-tibbiy ekspertiza muassasasida tegishli ekspertiza turini oʻtkazishning imkoni boʻlmagan hollarda (tekshirishlarni oʻtkazish uchun tegishli mutaxassislar yoki zarur moddiy-texnik baza yoxud maxsus sharoitlar boʻlmasa), ushbu muassasa tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻtkazilishi mumkin.”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.