1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.12.00 Davlatning moliyaviy nazorati]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish hamda budjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-son qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibidagi Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari negizida Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Inspeksiya yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi, uning hududiy boshqarmalari esa yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladi;
Inspeksiyaning markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining xodimlari Inspeksiya boshligʻining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Inspeksiyaning boshqaruv xodimlari maqomi, mehnatga haq toʻlash va tibbiy xizmat sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli xodimlariga tenglashtiriladi;
Inspeksiya faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
barcha nazorat qiluvchi organlar tomonidan budjet tashkilotlarida oʻtkaziladigan tekshiruvlar “Davlat auditi” dasturida roʻyxatga olinadi hamda tekshiruvlarning natijalariga doir barcha turdagi hujjatlarni (davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar bundan mustasno) ushbu dasturga joylashtirish majburiy hisoblanadi.
4. Budjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni amalga oshirishni avtomatlashtirish maqsadida quyidagilar belgilansin:
2022-yil 1-maydan boshlab budjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni xodimlarning bank plastik kartalariga oʻtkazish uchun xodimlar roʻyxati (davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar bundan mustasno) Moliya vazirligining axborot tizimidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining axborot tizimi orqali tegishli tijorat bankining axborot tizimiga faqat avtomatlashtirilgan tarzda elektron shaklda yuboriladi;
2022-yil 1-sentabrdan boshlab bosqichma-bosqich Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi tashkilotlarda ishlovchi xodimlarga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni avtomatlashtirilgan holda UzASBO dasturiy majmuasida hisoblash Xalq taʼlimi tizimidagi muassasalarni boshqarish boʻyicha yagona elektron dasturiy tizimda (ERP) shakllantirilgan maʼlumotlar asosida tajriba-sinov tariqasida amalga oshiriladi;
2023-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tashkilotlarning xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni avtomatlashtirilgan holda hisoblashda Xalq taʼlimi vazirligining tajribasi joriy etiladi;
tuman (shahar) xalq taʼlimi, maktabgacha taʼlim boʻlimlari va tibbiyot birlashmalarining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari buxgalterlariga (iqtisodchilariga) budjet tashkilotlarining shtat jadvallaridagi xodimlar, tarbiyalanuvchilar va davolanuvchilarning sonini amaldagi holat bilan solishtirish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring olib borish vazifasi yuklatiladi.
a) 2022-yil 1-apreldan boshlab Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida, 1-sentabrdan boshlab esa respublikaning qolgan barcha hududlarida:
(5-band “a” kichik bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — DXSH tashkilotlari) xodimlarining ishga kelib-ketishini hisobga olish (oʻz xodimlarini saqlash uchun davlat budjetidan subsidiya olmaydigan davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari bundan mustasno) hamda tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritish shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali hisobga olinadi hamda mobil ilova yordamida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi) va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — NMTTBAT) hisobi yuritiladi;
DXSH tashkilotlarining davlat xususiy-sheriklik boʻyicha bitimlari NMTTBATda elektron shaklda tuziladi va tomonlarning elektron raqamli imzolari bilan tasdiqlanadi;
DXSH tashkilotlariga, shu jumladan, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ajratiladigan subsidiyalar va kompensatsiyalar hajmi “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi, NMTTBAT, “Mehnat.uz”, “Soliq.uz”, “UzASBO” hamda elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminoti va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlaridagi maʼlumotlardan foydalangan holda avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi;
b) DXSH tashkilotlarida subsidiyalarni berish jarayonini raqamlashtirishda ushbu tashkilotlarda foydalaniladigan jihozlarni xarid qilish, aloqa xizmatlari va NMTTBATdan foydalanish bilan bogʻliq xarajatlar DXSH tashkilotlarining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
v) 2022-yil 1-sentabrdan boshlab DXSH tashkilotlariga subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdorlari faqat shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyalari orqali yigʻilgan elektron maʼlumotlar asosida NMTTBATda hisoblanadi va 2022-yil 1-oktabrdan boshlab shakllantirilgan elektron buyurtmanoma va hisobotlar asosida toʻlanadi.
Bunda, 2022-yil yakuniga qadar subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdorlari shakllantirilgan elektron buyurtmanoma va hisobotlar asosida toʻlanishi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgandan soʻng amalga oshiriladi.
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
g) mazkur bandning “a”, “b”, “v” kichik bandlarda belgilangan talablarni bajarmagan DXSH tashkilotlari va xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlariga subsidiyalar va kompensatsiyalar ajratilmaydi;
d) “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi va NMTTBATni davlat hamda DXSH tashkilotlarida joriy etish natijasida iqtisod qilinadigan mablagʻlar ushbu axborot tizimlarini takomillashtirish va hududlarda joriy etishga hamda Maktabgacha taʼlim vazirligining boshqa vazifalarini bajarishga yoʻnaltiriladi;
e) 2022-yil 1-apreldan boshlab:
maktabgacha taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha rasmiylashtiriladigan moliyaviy va buxgalteriya hujjatlariga birinchi imzo qoʻyish huquqi ushbu tashkilotlarning direktorlariga beriladi;
oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan 12 — 50 nafar bolaga tarbiya berilishi uchun subsidiyalar ajratiladi.
Bunda yollangan tarbiyachi va yordamchi xizmatchilarga tegishli toifa boʻyicha 9 soatlik davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga toʻlanadigan haqqa teng shartlarda va hajmlarda ish haqi toʻlanadi hamda birinchi guruh 25 nafar tarbiyalanuvchilardan iborat boʻlganda, qoʻshimcha kamida 12 nafar tarbiyalanuvchilar roʻyxati NMTTBATga kiritilgandan soʻng ikkinchi guruh avtomatik ravishda shakllantirilib, belgilangan shtat birliklari ajratilishiga ruxsat etiladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin) 2022-yil 1-mayga qadar mazkur qarorning 5-bandidagi tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” va mexanizmlarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) 2023-yil 1-yanvardan boshlab budjet tashkilotlarining budjet soʻrovlari, xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini qogʻoz shaklida rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi hamda ularni toʻliq elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi, bundan davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar mustasno;
b) 2022-yil 1-iyuldan boshlab ortiqcha rejalashtirilganligi aniqlangan mablagʻlar, shtat birliklari toʻldirilmaganligi, shuningdek, tarmoq, shtatlar va kontingentlar boʻyicha reja bajarilmaganligi natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlarni chegirish har bir chorak yakuni boʻyicha hisobot choragidan keyingi oyining 25 sanasiga qadar birinchi darajali va hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan amalga oshiriladi hamda ustuvor ravishda ish haqi va nafaqalar miqdorini, ayrim xizmat turlari boʻyicha tariflarni oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi;
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) 2022-yil 1-iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi jarayonida budjetdan ajratilgan mablagʻlarning shtat birliklari toʻldirilmaganligi, shuningdek, tarmoq, shtatlar va kontingentlar boʻyicha reja bajarilmaganligi natijasida foydalanilmay qolgan qismini aniqlash va undan foydalanishni nazarda tutuvchi tartibini tasdiqlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-mayga qadar “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi budjet tashkilotlaridagi shtatlar soni, yaratilgan ish oʻrinlari, tuzilgan va bekor qilingan mehnat shartnomalari, xodimlarning oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimi hamda ularning toifa va malakasi, boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakllantirilgan holda Moliya vazirligining axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, vazirliklar va idoralarning ichki audit xizmatlari tomonidan real vaqt rejimida maʼlumotlar bazasidan foydalanish ruxsat etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Mazkur qarorga 3-ilovada koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Elektron nazoratchi-taftishchi” dasturiy majmuasiga integratsiya qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Inspeksiyani zarur bino bilan va uning hududiy boshqarmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari binolarida joylashishini taʼminlasin;
Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari foydalanayotgan tovar-moddiy boyliklari xatlovdan oʻtkazilib, Inspeksiya balansiga olinishini taʼminlasin, shu jumladan hududiy boshqarmalarining xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish meʼyorlari saqlab qolinsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 24-mart,
129-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-martdagi 129-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi markaziy apparatining
TUZILMASI
Inspeksiya boshligʻi
Yordamchi
Inspeksiya boshligʻining birinchi oʻrinbosari — budjet qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish boshqarmasi boshligʻi
Inspeksiya boshligʻi oʻrinbosari — Davlat xaridlari, subsidiyalar va davlat qarzlari maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish boshqarmasi boshligʻi
Inspeksiya boshligʻi oʻrinbosari — Qurilish sohasida moliyaviy nazoratni amalga oshirish boshqarmasi boshligʻi
Komplayens nazorati boshqarmasi
10
Moliyaviy nazoratni tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻlimi
4
Budjet qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish boʻlimi
14
Davlat qarzlari hisobidan loyihalarga ajratilgan mablagʻlarning sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish boʻlimi
4
Qurilish sohasida masofaviy nazorat va xavf-xatarlar tahlili boʻlimi
3
Moliyaviy nazoratni uslubiy taʼminlash shuʼbasi
2
Budjet tashkilotlarining ish haqi toʻlovlari ustidan nazoratni amalga oshirish boʻlimi
7
Davlat xaridlari qonuniyligini nazorat qilish boʻlimi
4
Qurilishda monitoring va nazoratni amalga oshirish boʻlimi
6
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash shuʼbasi
2
Masofaviy nazoratni amalga oshirish va xavf-xatarlarni baholash boʻlimi
5
Subsidiyalarning maqsadli sarflanishini nazorat qilish boʻlimi
4
Nazorat oʻlchovi oʻtkazuvchi mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha tanlovlarni amalga oshirish shuʼbasi
2
Yuridik byuro
2
Kadrlar bilan ishlash shuʼbasi
2
Axborot texnologiyalari va maʼlumotlar bazasini shakllantirish shuʼbasi
2
Jamgʻarmalar mablagʻlaridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish boʻlimi
5
Hududiy boshqarmalar
438
Buxgalteriya xizmati
2
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining umumiy shtat soni 85 birlik.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-martdagi 129-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hududiy boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Boshqarma boshligʻi
Boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari — Budjet qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish boʻlimi boshligʻi
Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari — Davlat xaridlari, subsidiyalar va davlat qarzlari maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish boʻlimi boshligʻi
Moliyaviy nazoratni tashkil etish va muvofiqlashtirish shuʼbasi
2
Budjet qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish boʻlimi
3 — 15
Davlat qarzlari hisobidan loyihalarga ajratilgan mablagʻlarning sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish shuʼbasi
2
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻyicha inspektor
1
Budjet tashkilotlarining ish haqi toʻlovlari ustidan nazoratni amalga oshirish boʻlimi
2-3
Davlat xaridlari qonuniyligini nazorat qilish shuʼbasi
2
Axborot texnologiyalari va maʼlumotlar bazasini shakllantirish boʻyicha bosh mutaxassis
1
Masofaviy nazoratni amalga oshirish va xavf-xatarlarni baholash boʻlimi
2-3
Subsidiyalarning maqsadli sarflanishini nazorat qilish shuʼbasi
2
Jamgʻarmalar mablagʻlaridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish boʻlimi
2-3
Qurilish sohasida nazoratni amalga oshirish shuʼbasi
2
Boshqaruv xodimlarining umumiy shtatlar soni 24 — 39 birlik.
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hududiy boshqarmalarining umumiy soni 438 birlik.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-martdagi 129-son qaroriga 3-ILOVA
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, vazirliklar va idoralarning ichki audit xizmatlari tomonidan real vaqt rejimida maʼlumotlar bazalaridan foydalanish ruxsat etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining
ROʻYXATI
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi
4.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
5.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
6.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
7.
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi
8.
Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi
9.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi
10.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
11.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
12.
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
13.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi
14.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
15.
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi
16.
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
17.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
18.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
19.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi
20.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi
21.
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi
22.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
23.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
24.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
25.
“Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ
Izoh. Real vaqt rejimida maʼlumotlar bazasidan foydalanishga ruxsat dasturiy kompleks funksiyalarga va maʼlumotlar bazasi tarkibiga aralashish huquqisiz beriladi.