Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 2-fevraldagi OʻRQ-749-son “Intellektual mulk obyektlari toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2009-yil 24-iyundagi 72-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1988, 2009-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 353-modda) bilan tasdiqlangan Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarining
35-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Qonunning 4-moddasi ikkinchi qismi va 8-moddasi birinchi qismiga muvofiq tovar belgisiga talabnoma topshirish huquqiga yuridik yoki jismoniy shaxs (bundan keyingi oʻrinlarda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) egadir.”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.