Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Bosh direktorining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻining 2019-yil 14-oktabrdagi 8-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3191, 2019-yil 31-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 10/19/3191/3985-son) bilan tasdiqlangan Karantin ostidagi mahsulotni olib qoʻyish, qaytarib yuborish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq ilovasining
1-bandi 2022-yil 12-apreldan eʼtiboran kuchga kiradi.
“oʻsimliklar karantini obyekti (karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizm) — Oʻzbekiston Respublikasi hududida mavjud boʻlmagan yoki cheklangan tarzda mavjud boʻlgan, tarqalishi katta iqtisodiy zarar keltirishi mumkin boʻlgan va karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlarga qarshi kurashish obyekti hisoblangan zararli organizm;”.
2.
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Karantin ostidagi mahsulotni yoʻq qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) boshliqlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy organlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya — epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hududiy boʻlinmalarining vakillarini jalb qilgan holda, tarkibida kamida 5 kishidan iborat komissiya tuziladi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya deb yuritiladi).”.
3.
16-banddagi “inspeksiyaga” degan soʻz “boshqarmaga” degan soʻz bilan almashtirilsin.
5.
24-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6.
1 va 2-ilovalar
matnidagi “davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “va himoyasi agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.