toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OLIY OʻQUV YURTLARI PROFESSOR-OʻQITUVCHILARI TARKIBINING ISH HAQINI OSHIRISH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oliy taʼlim tizimini pedagogik kadrlar bilan mustahkamlash, oliy maktab pedagoglarining yoshlarni tarbiyalashdagi rolini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1997-yil 1-dekabrdan boshlab oliy oʻquv yurtlari rahbarlari va professor-oʻqituvchilari tarkibining lavozim maoshlari mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlarni oshirish hisobiga oʻrtacha 25 foizga oshirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda yuqorida koʻrsatilgan xodimlarning lavozim maoshlarini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar uchun zarur budjet mablagʻlarini ajratsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 2-dekabr,
531-son