Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PF-6240-son “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2016-yil 4-yanvardagi 2-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754, 2016-yil 16-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 3-son, 29-modda) bilan tasdiqlangan Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
31-banddagi ““Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (bundan buyon matnda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
35 va
45-bandlardagi ““Oʻzstandart” agentligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
44-banddagi ““Oʻzstandart” agentligining”, ““Oʻzstandart” agentligi” va ““Oʻzstandart” agentligiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining”, “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi” va “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 52-bandning
ikkinchi xatboshisidagi va
53-banddagi ““Oʻzstandart” agentligiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.