1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Moliya bozorini rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
“2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish, shuningdek, mamlakatimizda moliya bozori infratuzilmasini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2021-yil 7-oktabrda Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — OTB) Direktorlari kengashi tomonidan “Moliya bozorini rivojlantirish dasturi” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — loyiha) doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga 25 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davr bilan 100 million AQSh dollari miqdorida qarz ajratilishi maʼqullanganligi;
2021-yil 9-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan OTB bilan qarz bitimi imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
loyiha doirasida OTB mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring olib borish, shuningdek, OTB mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining valyuta xatarlarini qisman xedjirlash maqsadida xalqaro moliyaviy kontragentlar bilan hamkorlikda OTB mablagʻlarining 20 million AQSh dollari miqdoridagi qismi boʻyicha 3 yil muddatga ilk sinov svop operatsiyasini amalga oshirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga ilk sinov svop operatsiyasini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan xalqaro moliyaviy kontragentlar bilan Xalqaro svop va derivativlar assotsiatsiyasining bosh kelishuvini imzolashga vakolat berilsin.
5. OTB mablagʻlarini qaytarish va foiz boʻyicha toʻlovlar hamda ilk sinov svop operatsiyasi doirasida amalga oshiriladigan foiz toʻlovlari bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
Bunda, xedjirlash amaliyoti davomida xalqaro moliyaviy kontragentlar bilan tuziladigan Xalqaro svop va derivativlar assotsiatsiyasining bosh kelishuviga asosan tushadigan daromadlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining daromadlari sifatida aks ettiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga loyihani hamda Xalqaro svop va derivativlar assotsiatsiyasi bilan tranzaksiyalarni amalga oshirishda moliyaviy agent funksiyasini bajarish tavsiya etilsin.
7. Osiyo taraqqiyot banki tomonidan “Moliya bozorini rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida ajratiladigan qarzni qaytarish va foiz boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan OTB oʻrtasida imzolangan qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tegishli moliyaviy xatarlarni xedjirlash maqsadida hosilaviy moliya vositalari (derivativlar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha tartibni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-fevral,
63-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 63-son qaroriga
1-ILOVA
Osiyo taraqqiyot banki tomonidan “Moliya bozorini rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida ajratiladigan qarzni qaytarish va foiz boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning
PROGNOZ JADVALI
Qarz summasi
100 mln AQSh dollari
Qarz muddati
25 yil
Imtiyozli davr
5 yil
Foiz stavkasi
2 % yillik
mln AQSh dollari
Toʻlov davri
Qarz summasi
Toʻlov summasi
Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa
asosiy qarz
foizlar
20.10.2021
100,00
0,00
15.02.2022
100,00
0,64
0,64
15.08.2022
100,00
1,00
1,00
15.02.2023
100,00
1,00
1,00
15.08.2023
100,00
1,00
1,00
15.02.2024
100,00
1,00
1,00
15.08.2024
100,00
1,00
1,00
15.02.2025
100,00
1,00
1,00
15.08.2025
100,00
1,00
1,00
15.02.2026
100,00
1,00
1,00
15.08.2026
100,00
1,00
1,00
15.02.2027
97,50
2,50
1,00
3,50
15.08.2027
95,00
2,50
0,98
3,48
15.02.2028
92,50
2,50
0,95
3,45
15.08.2028
90,00
2,50
0,93
3,43
15.02.2029
87,50
2,50
0,90
3,40
15.08.2029
85,00
2,50
0,88
3,38
15.02.2030
82,50
2,50
0,85
3,35
15.08.2030
80,00
2,50
0,83
3,33
15.02.2031
77,50
2,50
0,80
3,30
15.08.2031
75,00
2,50
0,78
3,28
15.02.2032
72,50
2,50
0,75
3,25
15.08.2032
70,00
2,50
0,73
3,23
15.02.2033
67,50
2,50
0,70
3,20
15.08.2033
65,00
2,50
0,68
3,18
15.02.2034
62,50
2,50
0,65
3,15
15.08.2034
60,00
2,50
0,63
3,13
15.02.2035
57,50
2,50
0,60
3,10
15.08.2035
55,00
2,50
0,58
3,08
15.02.2036
52,50
2,50
0,55
3,05
15.08.2036
50,00
2,50
0,53
3,03
15.02.2037
47,50
2,50
0,50
3,00
15.08.2037
45,00
2,50
0,48
2,98
15.02.2038
42,50
2,50
0,45
2,95
15.08.2038
40,00
2,50
0,43
2,93
15.02.2039
37,50
2,50
0,40
2,90
15.08.2039
35,00
2,50
0,38
2,88
15.02.2040
32,50
2,50
0,35
2,85
15.08.2040
30,00
2,50
0,33
2,83
15.02.2041
27,50
2,50
0,30
2,80
15.08.2041
25,00
2,50
0,28
2,78
15.02.2042
22,50
2,50
0,25
2,75
15.08.2042
20,00
2,50
0,23
2,73
15.02.2043
17,50
2,50
0,20
2,70
15.08.2043
15,00
2,50
0,18
2,68
15.02.2044
12,50
2,50
0,15
2,65
15.08.2044
10,00
2,50
0,13
2,63
15.02.2045
7,50
2,50
0,10
2,60
15.08.2045
5,00
2,50
0,08
2,58
15.02.2046
2,50
2,50
0,05
2,55
15.08.2046
0,00
2,50
0,03
2,53
Jami
100,00
30,24
130,24
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 63-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-sentabrdagi 573-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzuridagi Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“6. Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati uchun toʻlovlar (keyingi oʻrinlarda — taqdirlash puli) kreditni qaytarish jadvaliga muvofiq foiz hisoblash davri mobaynida kredit boʻyicha qarzdorlikning kunlik qoldigʻidan kamida yillik 0,5 % miqdorida hisoblanib, yigʻib boriladi hamda foizlar va asosiy qarz toʻlanadigan tegishli sanalarda (toʻlov kunidan oldin amalga oshirilgan toʻlovlar ham) “Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasi” AJ savdo sessiyalarida belgilangan joriy kurs boʻyicha teng miqdorda soʻmda toʻlanadi.
Toʻlash manbai Davlat budjeti mablagʻlari boʻlgan kreditlar boʻyicha taqdirlash puli undirilmaydi.
Taqdirlash pulini toʻlash uch bank ish kunidan ortiq muddat mobaynida kechiktirilgan taqdirda, qarz oluvchilar tomonidan muddati oʻtkazib yuborilgan summaga qoʻshimcha ravishda har bir kechiktirilgan kun uchun muddati oʻtkazib yuborilgan qarz summasining 0,1 foizi miqdorida penya toʻlanadi, biroq bunda penyaning umumiy summasi kafolat uchun hisoblangan toʻlov miqdorining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.”;
b) 10-band quyidagi mazmundagi “d” va “e” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“d) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablagʻlarni depozitga joylashtirish, kredit liniyasi ochish va budjet ssudasini ajratishdan foiz tarzida olinadigan daromadlar va obligatsiyaning tashqi kupon foiz toʻlovi oʻrtasida yuzaga keladigan salbiy farqni qoplash;
e) qarzdor tashkilotlar tomonidan qayta kreditlash shartnomalariga muvofiq majburiyatlar toʻliq amalga oshirilgandan soʻng davlat qarzi toʻlovlarining yetishmagan qismini toʻlash. Shuningdek, davlat qarzi bilan bogʻliq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan boshqa turli toʻlovlar ham jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi mumkin”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Yevropa investitsiya banki ishtirokida “Oʻzbekistonda global koronavirus pandemiyasi davrida zarar koʻrgan tadbirkorlik subyektlarini favqulodda qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 31-avgustdagi 554-son qarorida:
a) 3-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Oʻzbekiston Respublikasi, ishtirok etuvchi tijorat banklari va Agentlik oʻrtasidagi YIBning kreditini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berilsin”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/63/0106-son)