Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 16-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3118, 2019-yil 11-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2019-y., 10/19/3118/2468-son) bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
3. 12-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi yoki hududiy boshqarmalariga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyat xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasiga (bundan buyon matnda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.