Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PF-6240-son “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 28-oktabrdagi 228-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3097, 2018-yil 11-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 10/18/3097/2314-son) bilan tasdiqlangan Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning
39-bandidagi “Oʻzstandart” agentligi qoshidagi Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash departamentiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamentiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.