Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2008-yil 4-martdagi 56-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778, 2008-yil 20-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 12-13-son, 78-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizom
muqaddimasidagi “va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari” degan soʻzlar “Qonuni” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.