1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Respublika hududlarida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hududlarda qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaxshilash, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita oʻrganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab olish boʻyicha 2021-yil 20-avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalarini (keyingi oʻrinlarda — jamgʻarmalar) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.02 Tadbirkorlarning boshqa birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar, jamgʻarmalar va b.)]
2. Quyidagilar jamgʻarmalarning daromadlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishdan hamda yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushadigan mablagʻlarning Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan xarajatlar chegirib qolinganidan soʻng qolgan qismining 70 foizi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
3. Belgilansinki, jamgʻarmalarning mablagʻlari quyidagi tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi:
“Yangi Oʻzbekiston” massivlari, davlat uy-joy dasturlarida koʻzda tutilgan massivlar, shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari (ichimlik va oqova suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz tarmoqlari va avtomobil yoʻli) bilan taʼminlash;
qiymati 200 milliard soʻmdan oshadigan, investorning oʻz mablagʻlari ulushi 25 foizdan kam boʻlmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar, shuningdek, xalqaro va respublika ahamiyatidagi avtomobil yoʻllari boʻyidagi yaxlit yer maydonlarida tashkil etiladigan yoʻl boʻyi infratuzilma obyektlarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash;
aholi punktlari bosh rejalari, hududlarning maʼmuriy-rejalashtiruv topshiriqlari va batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq tanlab olingan ogʻir toifadagi tumanlarni kompleks rivojlantirish dasturlariga hamda “ogʻir” mahallalarning “islohot dasturi”ga kiritilgan ijtimoiy va tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalarini amalga oshirish.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi PF-119-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 06/26/119/0624-son)
Bunda, mazkur bandda koʻzda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida Davlat budjeti va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham mablagʻlar ajratiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi]
4. Belgilansinki:
jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirish markazlashtirilgan manbalar hisobidan bajariladigan qurilish-taʼmirlash ishlarining manzilli dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi asosida amalga oshiriladi;
jamgʻarmalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar manzilli dasturi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari qarori bilan tasdiqlanadi;
jamgʻarmalar budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaklida tashkil etiladi hamda yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmaydi.
5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʻarmasi tugatilsin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʻarmasining gʻazna hisobvaragʻidagi qoldiq mablagʻlarni Sirdaryo viloyati hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
6. Jamgʻarmalar mablagʻlarining hisobini yuritish va hisobotlarini tashkil etish maqsadida, Moliya vazirligi tizimining umumiy shtat birliklari doirasida vazirlikning markaziy apparati tuzilmasida 2 ta shtat birligidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalarida 1 ta shtat birligidan iborat sektorlar tashkil etilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-oktabrdagi “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5552-son Farmoni 9-bandining ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
8. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
jamgʻarmalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini;
qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va S.Oʻ. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV