Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/4-son qarori (roʻyxat raqami 2894, 2017-yil 23-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-yil 25-son, 569-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
1 va
13-bandlardagi “ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasi” degan soʻzlar “ilmiy yoki taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 21-bandning
uchinchi xatboshisidagi “Ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasi” degan soʻzlar “Ilmiy yoki taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 33-bandning
birinchi xatboshisidagi “Ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalarining” degan soʻzlar “Ilmiy va taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 37-bandning
birinchi xatboshisidagi “talabgorning oliy maʼlumot haqidagi diplomi nusxasi,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
6. 54-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “ilmiy va taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.