1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga “Chaqiriqqacha harbiy taʼlim” yoʻnalishi boʻyicha qabul qilishda kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 14-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2995-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-oktabrdagi PQ-5263-son “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 5-dekabrdagi 34, 27-2017-son qarori (roʻyxat raqami 2995, 2018-yil 5-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 10/18/2995/1020-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga “Chaqiriqqacha harbiy taʼlim” yoʻnalishi boʻyicha qabul qilishda kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 24-dekabr,
46-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. TOShKULOV
Toshkent sh.,
2021-yil 21-dekabr,
48-2021-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2021-yil 24-dekabrdagi 46-son hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 21-dekabrdagi 48-2021-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga “Chaqiriqqacha harbiy taʼlim” yoʻnalishi boʻyicha qabul qilishda kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 19-band “apellatsiya komissiyasiga” degan soʻzlardan keyin “imtihon natijalari eʼlon qilingan paytdan boshlab 72 soat ichida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 21-banddagi “26-iyulga qadar boʻlgan muddatda” degan soʻzlar “48 soat ichida shikoyat qilgan shaxslar ishtirokida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.