1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki maqomini oshirish, chet el kreditlari va investitsiyalariga xizmat koʻrsatish boʻyicha Hukumat va Markaziy bankning vakili sifatida milliy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalarning imkoni boricha toʻla-toʻkis bajarilishi uchun shart-sharoitlar yaratish, xorijiy sheriklar uchun ishonchli kafolatlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Ustavining yangi tahriri Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini kuchga kiritish tartibi haqidagi qaroriga muvofiq tasdiqlansin (ilova qilinadi).
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Milliy bank ustav jamgʻarmasi umumiy hajmining kamida 60 foizining asosiy egasi etib belgilansin va bu maqsadlar uchun respublika budjetidan 2 milliard soʻm va 200 million AQSH dollari ajratilsin.
Moliya vazirligi bir hafta muddat ichida Milliy bank ustav jamgʻarmasiga respublika Hukumati toʻlagan ulush sifatida koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarni ajratsin.
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Boshqaruvi bank ustav jamgʻarmasini shakllantirish uchun xorijiy muassislarni va Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarini jalb etish masalasini ishlab chiqsin va bu xususda takliflar kiritsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-iyuldagi 265-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
4. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Boshqaruviga beriladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkalarining miqdorini mustaqil belgilash huquqi berilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
5. Respublikaning Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlariga xizmat koʻrsatishni takomillashtirish, joylarda valyuta investitsiyalaridan foydalanishni nazorat qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tarmogʻini rivojlantirish maqsadida:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida Milliy bank filiallarini tashkil etishga koʻmaklashsin;
Andijon, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlari hokimliklari Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining filiallarini ochish uchun viloyatlarning markazlarida tegishli binolar ajratilishini taʼminlasinlar;
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda Moskva, Sankt-Peterburg, Odessa, Chop, Brest shaharlarida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki filiallarini ochish chora-tadbirlarini koʻrsin;
Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Moskva filialini ochish uchun Elchixona mehmonxonasi yangi binosining 1-qavatida joy ajratsin.
6. Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda 10 kun muddat ichida Milliy bankning soliq solish bazasini rivojlanish uchun sarflanadigan mablagʻlar miqdorida kamaytirishga doir taklifni koʻrib chiqsin va respublika Hukumatiga kiritsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Oʻ.T. Sultonov va B.S. Hamidov oʻrtoqlar zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 21-yanvar,
45-son
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 21-yanvardagi 45-son qaror bilan TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining
USTAVI
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (bundan keyin matnda “Bank” deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 7-sentabrdagi Farmoniga asosan tashkil etilgan.
2. Bank davlatning ixtisoslashtirilgan banki hisoblanadi, u Oʻzbekiston Respublikasi mulki boʻlib, Hukumat tasarrufida turadi va Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimiga kiradi.
3. Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi siyosatini roʻyobga chiqarish, boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga, respublikaning eksport imkoniyatini kengaytirishga, tovarlar hamda koʻrsatiladigan xizmatlar eksporti va importi tarkibini yaxshilashga koʻmaklashish, tashqi iqtisodiy faoliyatga xizmat koʻrsatish, valyuta mablagʻlari toʻplash hamda valyuta manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.
4. Bank Hukumat va Markaziy bankning topshirigʻiga binoan boshqa davlatlarning banklari, xalqaro moliya institutlari va boshqa moliya-kredit muassasalari bilan munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalaydi.
5. Bank oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Markaziy bankning normativ hujjatlariga, shuningdek ushbu Ustavga amal qiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-dekabrdagi 471-son qarori tahririda)
6. Bank yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining alohida mulki va mustaqil balansiga ega boʻladi, oʻz nomidan huquq va majburiyatlar olishi, sudda, xoʻjalik sudi va xolislik sudida daʼvogar hamda javobgar boʻlishi mumkin.
7. Bank uning filiallari (boʻlimlari) va vakolatxonalar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan doira shaklidagi muhrga, oʻz nomi oʻzbek, ingliz va rus tillari yozilgan shtamplar hamda ish qogʻozlariga ega boʻladi.
8. Bank oʻz faoliyatini tijorat asosida amalga oshiradi.
9. Bank Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Bank majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi oʻz zimmasiga bunday majburiyat olgan hollari bundan mustasno.
II. BANKNING ASOSIY VAZIFALARI VA XIZMATLARI
10. Bank oʻz faoliyati maqsadlariga erishishi uchun:
eksport, import aʼmollari va savdo-sotiqqa taalluqli boʻlmagan aʼmollar boʻyicha respublikaning xalqaro hisob-kitoblarini, shuningdek, boshqa xalqaro hisob-kitoblarni tashkil etadi va amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasining topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi nomidan qarz oluvchi, kafil va kreditor sifatida ish koʻrish huquqiga ega;
Oʻzbekiston Respublikasi chet el valyutasida beradigan va oladigan davlatlararo hamda hukumatlararo qarzlar va kreditlarga xizmat koʻrsatadi, shuningdek, ular boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi;
hukumatlararo bitimlarning toʻlov shartlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
xorijiy davlatlar bilan valyuta-moliya va kredit-hisob-kitob munosabatlarini takomillashtiradi, bu munosabatlarning samaradorligini oshiradi, hisob-kitob qilish va kreditlar berishning eng tejamli va ilgʻor shakllarini qoʻllaydi;
chet el banklari, konsernlari, firmalari va boshqa sheriklar tomonidan shartnomalarni bajarish chogʻida ularning aybi bilan toʻliq olinmaydi qolgan mablagʻlarni undirishga koʻmaklashadi;
eksport ishlab chiqarishlarni tashkil etish va ularni rivojlantirish uchun chet el valyutasida kreditlar berishni amalga oshiradi;
yangi ish joylarini ochishga, respublika mahsulotlarining jahon bozoriga chiqishiga koʻmaklashuvchi qishloq xoʻjalik xom ashyosini qayta ishlash, hozirgi zamon asbob-uskunalarini asosida sanoat korxonalarini takomillashtirib, ularda yangi texnikalar oʻrnatish, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish yuzasidan ish jarayoni takomiliga yetkazilgan ilgʻor texnologiyalarni respublikaga jalb etishga doir loyiha va dasturlarga kredit beradi;
MDH qatnashchisi boʻlgan davlatlar va xorijiy davlatlarning banklari bilan bevosita gumashtachilik munosabatlari oʻrnatadi;
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish davlat rejalarini, pul-kredit siyosati bosh yoʻnalishlarini, jamlanma valyuta rejasini, valyuta tushumi hajmlari va bank aʼmollari boʻyicha toʻlovlarga doir takliflarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida valyuta boshqaruvi va bank faoliyati boʻyicha qonunchilik hujjatlari va normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
tijorat muassasalari uchun amalda boʻlgan qonunchilik doirasida bankka doir boshqa faoliyatlarni amalga oshiradi.
12. Bankning mablagʻlari daromadlardan, shu jumladan, chet el valyutasida daromadlardan hosil boʻladigan ustav, zaxira jamgʻarmalari va boshqa jamgʻarmalardan tashkil topadi.
13. Bankning ustav sarmoyasi 4.000.000.000.00 (toʻrt milliard) soʻmni va 400.000.000.00 (toʻrt yuz million) AQSH dollarini tashkil etadi, bular Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan toʻlangan mablagʻlar hisobiga ustav sarmoyasini koʻpaytirish uchun mablagʻlarni hisoblab oʻtkazish va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining foydalarini sarmoyaga aylantirish kunidagi Markaziy bankning kursi boʻyicha soʻmlarga tengdir.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-dekabrdagi 471-son qarori tahririda)
14. Ustav sarmoyasi aniq maqsadga qaratilgan tushumlar respublika budjeti mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida man etilmagan boshqa manbalar hisobiga hosil boʻladi. Ustav sarmoyasining miqdori respublika Hukumatining qaroriga binoan oʻzgartirilishi mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-dekabrdagi 471-son qarori tahririda)
15. Zaxira jamgʻarmasi ehtimol tutilgan Bank aʼmollarida koʻriladigan zararni qoplashga moʻljallanib, ustav sarmoyani miqdorining 15 foiziga yetgunga qadar daromaddan (kamida 5 foiz miqdoridagi) har yilgi ajratmalar hisobiga hosil qilinadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-dekabrdagi 471-son qarori tahririda)
18. Bank kredit, moliya, hisob-kitob-kassa xizmatlarini va bankka taalluqli boshqa xizmatlarning butun majmuini bajaradi. Shu jumladan:
boshqa davlatlarning banklari, kredit va boshqa muassasalari (shu jumladan, xalqaro) bilan gumashtachilik munosabatlari oʻrnatish, eksport, import aʼmollari, savdo-sotiqqa taalluqli boʻlmagan va boshqa aʼmollar boʻyicha xalqaro hisob-kitoblarini amalga oshirish shartlari va tartibi toʻgʻrisida, kreditlar berish va olish haqida, ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa aʼmollarni bajarish xususida shartnomalar (bitimlar) tuzadi;
chet el banklari va xalqaro banklar hamda boshqa tashkilotlardan xalqaro bank amaliyotida qoʻllanadigan shakllarda kredit va qarzlar oladi, shuningdek veksellar, obligatsiyalar tarzida olingan kredit va qarzlarni hamda Bankning boshqa majburiyatlarini taʼminlaydi;
Bankning tashqi iqtisodiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan mijozlariga eksport qilinadigan mollar ishlab chiqarishni, barpo etish va ularni rivojlantirish uchun bunday mijozlarning kundalik faoliyatini taʼminlash uchun soʻmlarda, shuningdek, chet el valyutasida qarzlar beradi;
Bank aʼmollarini bajarish va pul mablagʻlarini saqlash uchun banklarda, shu jumladan, chet el banklarida gumashtachilik hisoblari ochadi;
banklardan, shu jumladan, chet el banklari, xalqaro banklar va boshqa tashkilotlardan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, xorijiy davlatlarning fuqarolaridan hisoblariga hamda omonatga qoʻyish uchun soʻm va chet el valyutalarida mablagʻlar qabul qiladi, chet el xalqaro banklaridagi va boshqa kredit muassasalaridagi hisoblar va omonatlarga mablagʻlar joylashtiradi;
shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi banklari, chet el banklari hamda xalqaro banklar, boshqa moliya muassasalarining gumashtachilik hisoblaridagi mablagʻlarni tasarruf etish tartibini, bunday hisoblarni ochish va yuritish tartibini hamda Bankdagi omonatga soʻm va chet el valyutasida mablagʻ joylashtirish shartlarini belgilaydi;
toʻlov hujjatlarini sotib oladi va sotadi, shuningdek, ana shu hujjatlar bilan bogʻliq bitimlar tuzadi va bank aʼmollarini bajaradi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida chet el valyutasi (banknot, kaznachey biletlari, tangalar), chet el valyutasida toʻlov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditivlar va shu kabilar) hamda boshqa valyuta boyliklari sotib oladi va sotadi, shuningdek, valyuta boyliklari bilan bogʻliq boʻlgan boshqa bitimlar tuzadi hamda aʼmollarni bajaradi;
Xalqaro bank amaliyotiga muvofiq ravishda xorijiy mamlakatlarda chet el valyutasi (diling) sotib olish va sotish hamda boshqa valyuta aʼmollarini bajaradi;
uchinchi shaxslar nomidan ijrosi pul shaklida amalga oshirilishi nazarda tutilgan kafillik kafolatlar va boshqa majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi;
tovarlar yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish shartlaridan kelib chiqadigan talablar qoʻyish huquqini oladi, bunday talablarni va ularga taalluqli inkassatsiyalar (faktoring) ijrosini tavakkal qilib oʻz zimmasiga oladi;
asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqa mol-mulk (lizing)ni ijara shartlarida sotib oladi va boshqalarga beradi;
davlat toʻlov hujjatlarini va boshqa qiymatli qogʻozlarni sotib oladi, sotadi, saqlaydi hamda ular bilan bogʻliq boshqa aʼmollarni bajaradi;
hozirgi zamon texnikasi va texnologiyalarini (kredit va elektron varaqalarni joriy etish, Bankni jahon banklararo telekommunikatsiya tarmogʻiga qoʻshish va h. q) orqali mijozlarga xizmat koʻrsatish shakllarini takomillashtiradi;
qimmatbaho metallarni hisoblar va omonatlarga jalb etadi hamda joylashtiradi, ham ichki bozorda, ham xalqaro bozorda qimmatbaho metallarni, tabiiy qimmatbaho metallarni sotib oladi, sotadi hamda ular bilan bogʻliq boshqa aʼmollarni bajaradi;
mijozlarning topshirigʻiga binoan mablagʻlarni jalb etish va joylashtirish, qiymatli qogʻozlarni boshqarish hamda boshqa aʼmollardan iborat ishonch aʼmollarini bajaradi;
mijozlar va gumashta-banklarning hisobini yuritadi;
mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida chet el valyutasini, qimmatbaho metallarni, valyuta va boshqa boyliklarni saqlashga, komissiyaga qabul qiladi;
bank faoliyati bilan bogʻliq maslahatlar beradi va marketing xizmatlari koʻrsatadi.
oʻz mablagʻlari bilan, shu jumladan, ulushbay asosda korxonalar, tashkilotlar va boshqa tijorat tuzilmalarini tashkil etishda va ularning xoʻjalik faoliyatida, shu jumladan, xolding asosida ishtirok etishi;
korxonalar va tashkilotlarning bergan ishonchnomasi boʻyicha moliya va xoʻjalik idoralarida ularning nomidan vakillik qilishi mumkin.
20. Bankning mijozlar va boshqa kontragentlar bilan munosabatlari shartnoma asosida quriladi.
21. Bank:
kredit berilgan korxonalar va tashkilotlardan ularning toʻlov qobiliyatini, shuningdek, berilgan kreditlar qaytarilishining taʼminlanganligini tasdiqlovchi hisobotlar, balanslar va hujjatlar olishga;
bankning oʻz mablagʻlari yoki kreditlar bilan ishtirokida amalga oshirilishi moʻljallanayotgan obyektlarning qurilishi, ularni texnika bilan qurollantirish va boshqa xoʻjalik faoliyati boʻyicha loyiha yechimlarini ekspertizadan oʻtkazishni talab qilishga;
kredit shartnomalarida nazarda tutilgan majburiyatlar buzilganda, hisobotlarning notoʻgʻriligi yoki buxgalteriya hisobining chalkashligi aniqlangan hollarda kredit berishini toʻxtatib qoʻyishga, berilgan kredit summasini muddatidan oldin undirishga;
qonunda belgilangan hollar qarzdorlarni toʻlov qobiliyatiga ega emas deb eʼlon qilishga;
shartnomalar asosida aktiv va passiv aʼmollar oʻtkazish uchun foiz stavkalari, shuningdek, koʻrsatilgan xizmatlar uchun komission tarzda taqdirlash miqdorlarini belgilashga haqlidir.
(23-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti boshligʻi;
(23-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qaroriga muvofiq beshinchi xatboshi bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari;
(23-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari.
(23-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari.
24. Bank Kengashi Majlisi har yili kamida ikki marta chaqiriladi. Zarurat boʻlganda Bank Kengashining Navbatdan tashqari majlislari:
Vazirlar Mahkamasi;
Markaziy bank;
Bank Kengashi Raisi;
Bank Kengashining ikki va undan ortiq aʼzolari;
Bank Boshqaruvi;
ichki audit xizmati rahbari;
Bankning tashqi auditori tashabbusi bilan chaqiriladi.
Bank Kengashi majlisida qarorlar qatnashchilarning 3/4 ovozi bilan qabul qilinadi. Kengash majlisida Kengashning har bir aʼzosi bitta ovozga ega boʻladi.
Bank Kengashi Majlisi unda Bank Kengashi aʼzolari roʻyxatdagi tarkibining kamida 75 foizi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Bunda majlislarda Kengash Raisining qatnashishi majburiy hisoblanadi.
Bank Kengashi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga va ushbu Ustavga amal qiladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-iyuldagi 265-son qarori tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Bank Ustavini, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tasdiqlash uchun taqdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Bank ustav sarmoyasini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarni tasdiqlash uchun taqdim etadi;
Bank faoliyati yillik natijalarini tasdiqlaydi;
Bank Boshqaruvi tavsiyasiga koʻra daromadni taqsimlash, shuningdek, zararlarni qoplash tartibini tasdiqlaydi;
Bankning yillik biznes-rejasini tasdiqlaydi;
Bank Boshqaruvi aʼzolari tarkibini tasdiqlaydi, Boshqaruv Raisi va Boshqaruv Raisining oʻrinbosarlari bundan mustasno;
Bankning kreditlar berish, aktivlar va passivlarni boshqarish, investitsiyalarni amalga oshirish va Bank mijozlariga xizmatlarning yangi turlarini koʻrsatish sohasidagi siyosati asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
Bank Boshqaruvi hisobotlarini eshitadi;
Bank bilan bogʻliq shaxslar bilan bitishuvlar tuzish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
bitishuvni tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadigan kunda qiymati bank aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ortiq boʻlgan bitishuvlar yoki bir nechta oʻzaro bogʻliq bitishuvlar tuzish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Bankning filiallari, vakolatxonalari, shuʼba va nomustaqil korxonalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi hamda ularning nizomlari va ustavlarini tasdiqlaydi;
bank Boshqaruvi faoliyati tartibini belgilovchi hujjatlarni tasdiqlaydi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-iyuldagi 265-son qarori tahririda)
Bank Boshqaruvi Raisi va uning oʻrinbosarlari lavozimga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadilar.
Bank Boshqaruvi Raisi Bankning yuqori mansabdor shaxsi hisoblanadi, u Bank Ustavi bilan oʻziga berilgan vakolatlarga muvofiq Bank faoliyatiga rahbarlik qiladi va Bankka yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Boshqaruv Raisi va uning oʻrinbosarlari bilan bir qatorda, Boshqaruv tarkibiga, Bank Kengashi qaroriga binoan, Bankning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari lavozimiga koʻra kiradilar.
Bank Boshqaruvi:
Bank faoliyatini tashkil qiladi va unga tezkor rahbarlikni amalga oshiradi, Ustavdagi vazifalarning, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining hamda Bank Kengashi qarorlarining bajarilishini taʼminlaydi;
ushbu Ustavga koʻra Bank Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan barcha masalalarni oldindan koʻrib chiqadi, ular boʻyicha tegishli materiallar, takliflarni va qarorlar loyihalarini tayyorlaydi;
Boshqaruv koʻrib chiqishi uchun kiritilgan boshqa masalalarni koʻrib chiqadi va hal qiladi.
Bank Boshqaruvi Hukumatning valyuta-moliya munosabatlari sohasidagi siyosatini, Bankni rivojlantirish va joriy faoliyatini Bank tomonidan amalga oshirish bilan bogʻliq barcha masalalarni bamaslahat va Boshqaruv aʼzolari fikr-mulohazalarini hisobga olgan holda koʻrib chiqadi.
Boshqaruv qarorlari ularni qabul qilish uchun Boshqaruv aʼzolari roʻyxatdagi tarkibining kamida toʻrtdan uch qismi fikr bildirishgan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-iyuldagi 265-son qarori tahririda)
Bank faoliyatiga doir barcha masalalarni hal etadi, ushbu Ustavda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va Bank Kengashining vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasnodir;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-iyuldagi 265-son qarori tahririda)
ishonchnomasiz Bank nomidan ish koʻradi, respublika organlari, korxonalari va tashkilotlarida, shuningdek boshqa davlatlarda Bank faoliyatiga doir barcha masalalar boʻyicha Bank nomidan vakillik qiladi;
shartnomalar, bitimlar, shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzadi;
ishonchnomalar beradi;
mablagʻlarni, shu jumladan, xayriya tadbirlari uchun tasarruf etish huquqidan foydalanadi, xizmat safariga, vakillik qilishga va boshqa maqsadlarga sarflanadigan xarajatlarning eng yuqori miqdorini belgilaydi;
Bank faoliyatiga doir boshqa masalalarni koʻrib chiqadi, hal etadi.
VI. BANKNING MEHNAT JAMOASI
28. Bankning mehnat jamoasi — mehnat shartnomasi (kontrakti, bitimi) asosida, shuningdek, Bank bilan xodim oʻrtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solishning boshqa shakllari asosida Bank faoliyatida oʻz mehnati bilan ishtirok etadigan barcha xodimlardan tashkil topadi.
29. Bankning barcha xodimlari Milliy bank xodimlari Kodeksiga rioya etishlari, Bankning aʼmollari, hisoblari va omonatlariga, mijozlari va gumashtalariga doir sirlarni oshkor etmasliklari shart.
30. Bank har bir xodimining mehnat daromadlari, Bank ishining pirovard natijalarini hisobga olgan holda, shaxsan qoʻshgan mehnat hissasiga qarab belgilanadi, soliqlar bilan tartibga solinadi va ularning miqdori cheklanmaydi.
Daromad taqsimlanganda daromadning bir qismi (10 foizgacha) Bank mehnat jamoasi aʼzolarining mulkiga aylantiriladi.
31. Daromadning amaldagi qonunlariga muvofiq budjetga soliq toʻlanib, fondlarga ajratmalar oʻtkazilganda keyin qolgan qismidan bankni rivojlantirish uchun yoki Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
32. Bankda buxgalteriya hisobi va hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning yagona qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bank Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilangan hajm va muddatlarda unga buxgalteriya balansi, hisobotlar va boshqa materiallarni taqdim etadi.
33. Taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini auditorlik tashkiloti tasdiqlab bergandan keyin Bank Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan shaklda va muddatlarda yillik balansni, foyda va zararga doir hisob-kitobni eʼlon qiladi.
34. Bankning aʼmollarini bajaradigan yili 1-yanvarda boshlanadi va 31-dekabrda tugaydi.
IX. BANK FAOLIYATINI TAFTISH QILISH VA TEKSHIRISH
35. Bank faoliyatini taftish qilish va tekshirish Bankning taftish komissiyasi (ichki audit), mustaqil auditorlik tashkilotlari va qonunchilikka muvofiq bunday tekshirishlarni oʻtkazish vakolati berilgan boshqa nazorat idoralari tomonidan amalga oshiriladi.