Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini modernizatsiyalash loyihasini amalga oshirish uchun Koreya Respublikasi Hukumatining iqtisodiy rivojlanish boʻyicha hamkorlik jamgʻarmasi (YEDCF) tomonidan beriladigan imtiyozli kreditdan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, YEDCF, toʻlov muddatini 5 yilga kechiktirgan holda, 3 foizli yillik foyda bilan, 20 yil muddatga 12 mlrd. 486 mln. Koreya voni (qariyb 15 mln. AQSH dollari) miqdorida imtiyozli kredit ajratadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini modernizatsiyalash loyihasini amalga oshirish uchun imtiyozli kredit boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qarz oluvchi hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kreditga xizmat koʻrsatish boʻyicha moliya agenti hisoblanadi;
“Mahalliy telekom” aksiyadorlik kompaniyasi kreditni ijro etish boʻyicha agent hisoblanadi;
kreditga xizmat koʻrsatish va uni toʻlash hamda undan foydalanganlik uchun foizlar toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar “Mahalliy telekom” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari K.R. Rahimov imtiyozli kreditni olishga rozilik Notasini imzolashga vakil qilinsin.
4. Moliya vaziri Koreya Respublikasi Hukumati va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Iqtisodiy rivojlanish boʻyicha hamkorlik jamgʻarmasi qarzlarini ajratish toʻgʻrisidagi Shartnomani, Koreya Respublikasi Hukumati va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Iqtisodiy rivojlanish boʻyicha hamkorlik jamgʻarmasi kreditini ajratish toʻgʻrisidagi Bitimni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Eksport-import banki oʻrtasidagi Kredit bitimini imzolashga vakil qilinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Koreya Respublikasi Eksimbanki bilan kredit bitimi boʻyicha yuridik xulosani YEDCF tartibotlarida kelishilgan muddatlarda rasmiylashtirsin va taqdim etsin.
6. Ushbu loyiha boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga keltiriladigan asbob-uskunalar bojxona poshlinalaridan ozod etilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va K.R. Rahimov zimmasiga yuklansin.