Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 6-martdagi PQ-4629-son
qaroriga muvofiq hamda “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi” davlat muassasasi kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, ishchi xodimlari hamda yuqori malakali mutaxassislarining mehnat samaradorligi, kasbiy va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Navoiy KMK” davlat korxonasi xodimlari ish haqini tumanlar (hududlar) boʻyicha tartibga solishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 24-apreldagi 232-son
qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
1. Qarorning
nomlanishidagi “Navoiy KMK” davlat korxonasi” soʻzlari “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi” davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
a)
birinchi xatboshidagi “2017-yil 1-maydan boshlab “Navoiy KMK” davlat korxonasi” soʻzlari “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi” davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v)
uchinchi xatboshi “Zomin tumanlarida,” soʻzlaridan keyin “Navoiy viloyatining Navbahor tumanida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
g) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“1,15 — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxiatosh tumanida joylashgan boʻlinmalar xodimlari uchun”.
b)
ikkinchi xatboshidagi “Navoiy KMK” davlat korxonasi” soʻzlari “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi” davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Vazirlar Mahkamasining “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 6-sentabrdagi 743-son qarori 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari ogʻir va noqulay boʻlgan joylarda ishlovchi xodimlar mehnatiga haq toʻlashga tuman koeffitsiyentlarini, shuningdek, ularga har yili beriladigan qoʻshimcha taʼtilning eng kam muddatini belgilash va qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi” davlat muassasasining xodimlariga nisbatan qoʻllanmaydi”.
4.
3-banddagi “Navoiy KMK” davlat korxonasi” soʻzlari “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi” davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.