Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2016-yil 30-maydagi 6-mh-son “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining pedagogik kengashi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2799, 2016-yil 9-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 23-son, 280-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Buyruqning
muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:”.
2. Nizomning
muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, umumiy oʻrta taʼlim muassasasi (bundan buyon matnda umumtaʼlim muassasasi deb yuritiladi) pedagogik kengashining maqsadi, asosiy vazifalari va uning faoliyatini tashkil qilish tartibini belgilaydi hamda pedagogik kengash toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqishda qoʻllaniladi.”.