Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi
Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. “Yuridik shaxslarni hisobga olish va identifikatsiya qilishni avtomatlashtirilgan axborot tizimi “Reg-System”da ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi
qarorga (roʻyxat raqami 2594, 2014-yil 12-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 24-son, 299-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Qarorning
muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-sentabrdagi 274-son “Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi va 2017-yil 2-sentabrdagi 690-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:”.
2. Yoʻriqnomaning
muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-sentabrdagi 274-son qarori bilan tasdiqlangan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi (bundan buyon matnda Davlat statistika qoʻmitasi deb yuritiladi) va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar tomonidan yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, yuridik shaxslarni hisobga olish va identifikatsiya qilishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi “Reg-System” asosida Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registriga (bundan buyon matnda KTYADR deb yuritiladi) kiritish jarayonida oʻzaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.”.