Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining
“Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 10-sentabrdagi 20-2018-son “Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3076, 2018-yil 8-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 41-son, 816-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruqning
muqaddimasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlariga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a) muqaddimaning
ikkinchi xatboshisidagi “harbiy oliy” degan soʻzlar “oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b)
2-ilova 17-pozitsiyasining “Ish turlarining bajarilganligini aniqlash” ustunidagi “ilmiy-texnik” degan soʻzlar “ilmiy” degan soʻz bilan almashtirilsin.