toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5031-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Ichki bozorda yuqori likvidli va monopol tovarlar narxlarini sunʼiy oshirishga, ularga tanqislik va ajiotaj talabning vujudga kelishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5031-son qarori 1-bandining “b” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “2022-yil” soʻzlari “2023-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 14-dekabr,
PQ-51-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2021-y., 07/21/51/1159-son)