Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qarori ijrosini taʼminlash hamda Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida rahbar va pedagog xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, milliy va xalqaro baholash sohasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qarorining 11-bandiga muvofiq Prezident taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzurida yuridik shaxs maqomidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Agentlik tizimidagi rahbar va pedagog xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, ularning malakasini oshirish kurslarini xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etish;
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalaridagi oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini baholash va sertifikatlash;
Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish hamda milliy sertifikatlash tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari oʻquvchilarining taʼlimdagi yutuqlarini taʼlim dasturlariga asoslangan holda baholashni ilmiy-metodik jihatdan taʼminlash, takomillashtirib borish, taʼlim sifatini baholash natijalari boʻyicha ilmiy asoslangan xulosa va takliflarni Agentlik, Xalq taʼlimi vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlarga taqdim etib borish;
taʼlim va ilmiy-tadqiqot sohalariga doir innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
ilmiy faoliyat, pedagogik mahorat va baholash sohasida xalqaro aloqalarni oʻrnatish, hamkorlikdagi loyihalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Agentlik tizimidagi pedagog kadrlarning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablarini ishlab chiqish.
Markazning ustav fondi miqdori Agentlik tomonidan belgilanadi hamda Prezident taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan shakllantiriladi;
Markaz direktori Agentlik tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
5. Agentlik direktoriga zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
6. Agentlik ikki oy muddatda:
Markazning ustavi ishlab chiqilishini, tasdiqlanishini va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Markazni ilmiy salohiyatga ega boʻlgan yuqori malakali rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.
7. Markaz Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli koʻchasidagi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga qarashli IT-park binosida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari hamda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori X.Oʻ. Umarova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 7-dekabr,
741-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-dekabrdagi 741-son qaroriga ILOVA
Prezident taʼlim muassasalari huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazining
TUZILMASI
Direktor
Direktor oʻrinbosari — Pedagogik mahoratni baholash boʻlimi boshligʻi
1
Oʻquvchilar bilimini baholash boʻlimi
3
Nashriyot boʻlimi
3
Nazorat-sinov materiallarini ishlab chiqish boʻlimi
4
Nazorat-tahlil va fuqarolar murojaati boʻyicha mutaxassis
1
Pedagogik mahoratni baholash boʻlimi
3
Malaka oshirish boʻlimi
3
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻlimi
1
Yuriskonsult
1
Bosh buxgalter
1
Xoʻjalik ishlari boʻlimi
1
Kadrlar boʻyicha mutaxassis
1
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 24 nafar.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni davlat boshqaruvi organlari uchun oʻrnatilgan normativlar boʻyicha belgilanadi.