Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “AVTOMOBILDA XORIJIY YuK TAShUVChILARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA KIRIShLARI, BOʻLIShLARI, YuK OLIB OʻTIShLARI VA UNDAN ChIQIB KETIShLARI TARTIBI TOʻGʻRISIDA” 1995 YIL 11 YaNVARDAGI 11-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
Bojxona nazoratini kuchaytirish, avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, chiqib ketishlari va yuk olib oʻtishlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qaroriga
1-ilovadagi “Bekobod” soʻzi “Bekobod tumani” soʻzlari bilan almashtirilgan holda unga oʻzgartirish kiritilsin.