Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi
Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-dekabrdagi 304-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166, 2010-yil 21-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 499-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandi
beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“malaka komissiyasi qarorini bekor qilish va hududiy adliya boshqarmasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasining hududiy boshqarmasi rahbarining taqdimnomasini qayta koʻrib chiqish uchun yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.