1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.06.00 Xalqaro yuk tashish]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, 1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasidan kelib chiqadigan Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasiga qoʻshilish haqida” 1995-yil 31-avgustdagi 131-I-son Qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi 1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasiga qoʻshilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
xalqaro yoʻllarda tashish tartib-taomillarini qoʻllash shartlarini, tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilganda bojxona rasmiylashtiruvi tartibini, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tashishlarni amalga oshirishda bojxona rasmiylashtiruvi tartibini, xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini toʻldirish, rasmiylashtirish va undan foydalanish qoidalarini, bu borada kafolat uyushmasi bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibini nazarda tutuvchi 1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasini qoʻllash haqidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma olish talablari va shartlarini, xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasidan foydalanishga ruxsatnoma olish, unga oʻzgartirish kiritish yoki uni bekor qilish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi tashuvchilariga Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Reglament) 2-ilovaga muvofiq;
xorijiy avtotashuvchilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida 1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasi qoidalaridan foydalanish huquqidan mahrum qilish va bunday huquqni tiklash tartibini nazarda tutuvchi Xalqaro tashuvchilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida 1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasi qoidalaridan foydalanish huquqidan mahrum qilish va bunday huquqni qayta tiklash tartibi haqidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatlarini joriy qilish boʻyicha texnik hujjatni bir oy muddatda ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda kelishish uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda avtomobilda xalqaro yuk tashish huquqini beruvchi litsenziya va 1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasini qoʻllash boʻyicha bilimlarga ega ekanligini tasdiqlovchi sertifikatlar (guvohnomalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimiga integratsiyalashtirsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Reglament boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishni YIDXP orqali joriy etish choralarini koʻrsin;
davlat xizmatlarini koʻrsatishda ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlarning YIDXPga ulanishini taʼminlasin;
davlat xizmatlari koʻrsatishning har bir bosqichida yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari koʻrib chiqilishini YIDXPda kuzatib borish tartibini joriy etsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ularning faoliyati boʻyicha, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan Reglament talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Transport vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A.Y. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 2-dekabr,
727-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-dekabrdagi 727-son qaroriga 1-ILOVA
1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasini qoʻllash haqida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom 1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasini (keyingi oʻrinlarda — Konvensiya) qoʻllash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
ahdlashuvchi tomon — Konvensiyaga aʼzo davlat;
joʻnatuvchi bojxona organi — yuklar yoki yuklarning qismi uchun xalqaro yoʻllarda tashish (keyingi oʻrinlarda — XYT) boshlanadigan ahdlashuvchi tomonning har qanday bojxona organi;
yoʻl transporti vositasi — mexanik yoʻl transport vositalari, shu jumladan, transport vositalarida shatakka olish uchun moʻljallangan istalgan tirkama va yarim tirkamalar;
yoʻl-transport hodisasi (keyingi oʻrinlarda — YTH) — transport vositalarining yuk boʻlinmalariga yoki bojxona plomba va muhrlariga zarar yetkazgan tasodifiy holat;
kafolat — XYT daftarchasi boʻyicha tashilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash;
Kafolat uyushmasi — Konvensiya va Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga koʻra XYT daftarchasidan foydalanuvchi shaxslarga kafilligi tan olingan uyushma (Oʻzbekistonda — Oʻzbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi (AIRCUZ);
konteyner — yuklarni joylashtirishga moʻljallangan yopiq yoki qisman yopiq idish, doimiy va yetarli darajada mustahkam, shuningdek, koʻp marotaba ishlatishga moʻljallangan, yuklarni oraliq masofada qayta yuklamasdan, bitta yoki bir nechta transport turlarida tashishga moʻljallangan, bir transport turidan ikkinchi transport turiga yuklashni yengillashtirish uchun jihozlangan, yuklarni yengil ortish va tushirish uchun tayyorlangan, kamida bir kub metr ichki hajmiga ega boʻlgan transport uskunasi (sisterna yoki boshqa shunga oʻxshash moslama);
manzildagi bojxona organi — yuklar yoki yuklarning qismi uchun XYT yakunlanadigan ahdlashuvchi tomonning har qanday bojxona organi;
ogʻir vaznli yoki katta hajmli yuklar — har qanday ogʻir va katta hajmli, ogʻirligi, oʻlchami va xususiyatidan kelib chiqib, yopiladigan yoʻl transport vositasi yoki konteynerda tashilmaydigan yuklar;
oraliq bojxona organi — XYT davomida yoʻl transport vositalari, transport vositalarining tarkibi yoki konteynerlar kirishi va chiqishidagi istalgan ahdlashuvchi tomonning bojxona organi;
tovarlar — XYT tartib-taomillari asosida tashiladigan yuklar;
transport vositalarining tarkibi — yoʻl harakatida bir butun boʻlib ishtirok etadigan tirkalgan yoʻl transport vositalari;
XYT daftarchasi — joʻnatish joyidan manzildagi joygacha yuklarni kuzatib boradigan, Konvensiyaga asosan davlat bojxona xizmati organlari va XYT daftarchasidan foydalanuvchilar tomonidan qoʻllaniladigan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi xalqaro bojxona hujjati;
XYT daftarchasidan foydalanuvchi — Konvensiyaga muvofiq XYT daftarchasi berilgan shaxs boʻlib, ushbu shaxs nomidan yuklarni XYT tartib-taomillari asosida joylashtirish niyati bilan joʻnatuvchi bojxona organiga bojxona deklaratsiyasi koʻrinishida XYT daftarchasini taqdim qiluvchi shaxs;
XYT operatsiyasi — XYTning bir qismi boʻlib, ahdlashuvchi tomonning joʻnatuvchi yoki oraliq (kirish) bojxona organidan manzildagi yoki oraliqdagi (chiqishdagi) bojxona organigacha yuklarni tashish;
XYT — tovarlarni joʻnatuvchi bojxona organidan manzildagi bojxona organigacha XYT daftarchasidan foydalangan holda tashish;
shaxs — jismoniy yoki yuridik shaxslar;
SafeTIR — Konvensiyaga 10-ilovaga asosan bojxona maʼmuriyatlari va kafolat uyushmalari uchun ochiq boʻlgan, manzildagi (oraliq) bojxona organlarida XYT operatsiyalari yakunlanishi boʻyicha maʼlumotlarni saqlash hamda XYT daftarchasidan foydalanishni nazorat qiladigan tizim.
3. XYT daftarchasidan foydalanuvchi yoʻl transport vositasi, transport vositasi tarkibi yoki konteynerni, yuklangan yuki va ularga rasmiylashtirilgan XYT daftarchasi bilan birgalikda joʻnatuvchi, oraliq va manzildagi bojxona postlariga taqdim etish hamda Konvensiyaning boshqa tegishli qoidalariga amal qilish uchun javobgar hisoblanadi.
XYT tartib-taomillari asosida tashiladigan tovarlar oraliq bojxona organlarida olib kirish yoki olib chiqish uchun boj va soliqlarni toʻlash yoxud depozitga qoʻyishdan ozod etiladi.
Bunday bojxona organlarida XYT daftarchasini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
4. XYT tartib-taomillariga asosan muhrlangan transport vositalarida, muhrlangan transport vositalarining tarkibida yoki muhrlangan konteynerlarda tashilgan tovarlar oraliq bojxona organlarida bojxona koʻrigidan ozod qilinadi.
Bojxona organlari tomonidan bojxona koʻrigi quyidagi hollarda, istisno tariqasida, oʻtkaziladi:
bojxona organlariga huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar yoki davlat boshqaruvi organlaridan tushgan materiallar, shuningdek, xorijiy davlatlar bojxona va boshqa davlat organlari hamda xalqaro tashkilotlardan olingan maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi alomatlari mavjud boʻlganda;
bojxona koʻrigini oʻtkazish xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan buyurilganda.
Konvensiya qoidalari jamoat tartibi, jamoat xavfsizligi, sogʻliqni saqlash va gigiyena, shuningdek, veterinariya yoki fitosanitariya nazoratini amalga oshirishda kelib chiqadigan cheklovlarga toʻsqinlik qilmaydi.
5. XYT tartib-taomillari asosida tashiladigan tovarlar uchun toʻlanadigan bojxona bojlari va soliqlarning miqdori kafolat summasidan oshganda yoxud Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga asosan XYT tartib-taomillari asosida yetkazib berilishi mumkin boʻlmasa, tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan bojxona nazorati ostida yetkazib berish tartibi qoʻllaniladi.
6. Konvensiyaning 45-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi hududida XYT daftarchasidan foydalangan holda tranzit ravishda harakatlanishga yoʻl qoʻyiladigan bojxona postlari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi va uning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Konvensiya va ushbu Nizomga muvofiq toʻldirilgan va rasmiylashtirilgan XYT daftarchasi bilan kuzatib borilsa;
kafolat uyushmasi kafolati bilan taʼminlansa;
bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruxsat berilgan transport vositalarida, transport vositalari tarkibida yoki konteynerlarda (ogʻir vaznli yoki katta hajmli yuklarni tashish bundan mustasno) tashilganda, XYT tartib-taomillari qoʻllaniladi.
8. Joʻnatish, oraliq va manzildagi bojxona organlariga tovarlarni, transport vositalarini, transport vositalarining tarkibini yoki konteynerni va ularga tegishli boʻlgan XYT daftarchasini yetkazib berishga, Konvensiyaning boshqa qoidalariga amal qilinishi uchun XYT daftarchasidan foydalanuvchi masʼul hisoblanadi.
9. Transport vositalariga “TIR” yozuvli toʻrtburchak lavha (mahkamlanadigan, aniq oʻlcham va yozuvga ega taxta yoki boshqa jismlardan yasalgan maxsus moslama) yopishtirilishi lozim. Bitta lavha transport vositasi yoki transport vositalari tarkibining old tomoniga, ikkinchisi esa orqa tomoniga aniq koʻrinadigan joyga joylashtiriladi. Ushbu lavhalar olinadigan boʻlishi shart.
10. Barcha joʻnatish bojxona organlari tomonidan XYT daftarchasini qabul qilganlik boʻyicha tegishli belgi qoʻyilgandan soʻng XYT daftarchasi manzildagi bojxona organiga taqdim etilishi mumkin.
11. XYT tartib-taomillari asosida tashishlarni faqat XYT daftarchasidan foydalanuvchi amalga oshirishi mumkin.
Xalqaro tashish bir davlatda roʻyxatdan oʻtgan avtomobil yuk tortgichi va boshqa davlatda roʻyxatdan oʻtgan tirkama va (yoki) yarim tirkamadan iborat transport vositalarining tarkibida amalga oshirilsa, XYT daftarchasi avtomobil yuk tortgich roʻyxatdan oʻtgan davlatning kafolat uyushmasidan olingan boʻlishi kerak.
Transport vositasi tovar sifatida harakatlangan taqdirda, XYT daftarchasi tovar qabul qiluvchi yoki joʻnatuvchi davlat kafolat uyushmasidan olinadi.
12. Har bir XYT daftarchasi uchun 100 000 (yuz ming) yevrogacha bojxona toʻlovlari va soliqlarni toʻlash kafolatlanadi. Koʻrsatilgan summa toʻlovni amalga oshirish kunidan oldingi kun uchun amal qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada toʻlanadi.
XYT operatsiyasi davomida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona qonunchilik hujjatlari talablari buzilganda, kafolat uyushmasi bojxona toʻlovlarini hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan kechikish uchun foizlarni kafolat uchun belgilangan maksimal summagacha toʻlaydi. Bunda kafolat uyushmasi toʻlovlar va ularga foizlarning toʻlanishini keltirib chiqargan shaxslar bilan birgalikda javobgarlik tartibida toʻlab berishga majburdir.
Har bir XYT daftarchasi uchun toʻlovning maksimal miqdoriga qoʻyilgan cheklovlar alkogol va tamaki mahsulotlariga amal qilmaydi. Ushbu tovarlar Konvensiyada koʻrsatilgan alohida “TABACCO/ALCONOL” (TABACHNIE IZDELIYA/ALKOGOLNIE NAPITKI) yozuvli XYT daftarchasi hamda kafolat uyushmasi va bojxona organlari oʻrtasida imzolangan kafolat bitimida koʻrsatilgan kamida 200 000 (ikki yuz ming) AQSH dollari miqdoridagi summa bilan taʼminlangan taqdirda, XYT tartib-taomillari asosida tashilishi mumkin.
Bunday XYT daftarchasi qoʻllanilganda, tashiladigan tovarlarning batafsil nomi va ularning Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (keyingi oʻrinlarda — TIF TN) kodlari koʻrsatilgan qoʻshimcha varaq ilova qilinishi lozim. Ushbu qoʻshimcha varaq (ilova) XYT daftarchasiga biriktiriladi va joʻnatish bojxona organi xodimining shaxsiy muhri bilan tasdiqlanadi.
3-bob. XYT daftarchasi
13. XYT daftarchasi toʻrt betli muqova, kesilmaydigan (sariq rangli) 1/2-varaq va 1/2-koreshok, kesiladigan 1-varaqlar va 1-koreshoklar (oq rangli), kesiladigan 2-varaqlar va 2-koreshoklar (yashil rangli), shuningdek, yoʻl-transport hodisalari toʻgʻrisidagi bayonnomadan iboratdir.
Oq va yashil rangli kesiladigan 1-2-varaqlar va 1-2-koreshoklar kombinatsiyasidan, qoida tariqasida, har bir davlatda (joʻnatish, tranzit va manzildagi) foydalanish uchun moʻljallangan. Kesiladigan oq rangli 1-varaq va XYT daftarchasida qoladigan oq rangli 1-koreshok joʻnatish va oraliq (kirish) bojxona organlarida, kesiladigan yashil rangli 2-varaq va XYT daftarchasida qoladigan yashil rangli 2-koreshok manzildagi va oraliq (chiqish) bojxona organlarida foydalanish uchun moʻljallangan.
14. XYT daftarchasiga multimodal tashishlarga moʻljallangan maxsus varaq ilova qilinishi mumkin (agar tashish bir nechta transport turidan foydalangan holda amalga oshirilgan boʻlsa). Ushbu varaq faqat tashuvchilar ehtiyojlari uchun moʻljallangan boʻlib, bojxona organlari tomonidan nazorat qilinmaydi va rasmiylashtirilmaydi, ammo qoʻshimcha maʼlumot olish uchun foydalanilishi mumkin.
15. XYT tartib-taomillari boʻyicha tashishlarni faqat ahdlashuvchi tomonlar Konvensiya talablari asosida ruxsat etgan XYT daftarchasidan foydalanuvchilar amalga oshirishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi tashuvchilariga XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma Reglamentda belgilangan tartibda beriladi.
16. Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan XYT daftarchalari bojxona toʻlovlari va soliqlardan ozod qilinadi xamda olib kirish yoki olib chiqishda hech qanday cheklovlar qoʻllanilmaydi.
17. XYT daftarchasi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha toʻldiriladi.
4-bob. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kirilganda bojxona rasmiylashtiruvi tartibi
18. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kirilganda, quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
joʻnatuvchi va tranzit mamlakatlarning bojxona organlari tomonidan toʻldirilgan va rasmiylashtirilgan XYT daftarchasi;
Konvensiya talablari asosida transport vositasiga tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi guvohnoma;
19. Tovarlarni olib kirishda, bojxona organi mansabdor shaxslari tomonidan XYT daftarchasi belgilangan qoidalarga asosan toʻldirilganligi tekshiriladi.
yuk manifesti toʻldirganligiga (yuk manifestiga kiritilgan maʼlumotlar tovar va transport kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga mos kelishi);
XYT daftarchasidagi oq va yashil rangli 1-2-koreshoklarda joʻnatuvchi va oraliq bojxona organlarining bojxona shtamp va muhrlari mavjudligiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Bojxona organi mansabdor shaxslari XYT daftarchasi oʻgʻirlangan sifatida nazoratda turmaganligini va XYT daftarchasi old sariq muqovasi 3-grafasida hamda kesilmaydigan sariq rangli 1/2-varagʻining 4-grafasida koʻrsatilgan XYT daftarchasidan foydalanuvchi tomonidan tashilganligini tekshirishlari lozim.
20. Bojxona organi mansabdor shaxslari:
transport vositalari yoki konteynerlar yuk boʻlinmalarining texnik holatini;
transport vositasiga tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi guvohnomani yoki konteynerlarda tashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi lavhaning mavjudligini nazoratdan oʻtkazadi;
mazkur Nizomning 4-bandida keltirilgan holatlarda yuk boʻlimlari yoki konteynerlarni bojxona koʻrigidan oʻtkazadi.
21. XYT tartib-taomillari buzilganligi holati aniqlanganda, joʻnatish bojxona organi tomonidan tovar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan bojxona nazorati ostida yetkazib berish tartibi qoʻllaniladi.
22. Tegishli bojxona nazorati shakllarini koʻllash natijasida XYT tartib-taomillari talablari buzilganligi aniqlanmasa, tovarlar va transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishi ushbu tartib-taomillariga muvofiq amalga oshiriladi.
23. Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tovarlar va transport vositalarini XYT tartib-taomillariga asosan tashish uchun:
bojxona identifikatsiyalash vositalari qoʻyiladi va XYT daftarchasining kesiladigan oq va yashil 1-varaqlarining “rasmiy foydalanish uchun” grafalarida tegishli belgilar qayd etiladi;
tovarlarning bojxona qiymati aniqlanadi. Tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash uchun schyot-fakturalar, tovar va transport kuzatuv hujjatlari, sugʻurta hujjatlari va joʻnatuvchi mamlakatlarning bojxona deklaratsiyalaridan foydalaniladi. Bojxona qiymati XYT daftarchasining kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlarining “rasmiy foydalanish uchun” grafasidagi shartnomada koʻrsatilgan valyutada qayd etiladi. Agar bojxona qiymatini aniqlashning imkoniyati boʻlmasa, ushbu grafaga “qiymat aniqlanmagan” belgisi kiritiladi;
XYT daftarchasining kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlarining 10-grafalarida tashiladigan tovarlarni yetkazib bermaslik, berib yuborish yoki yoʻqotish holatida aniqlash uchun yetarli boʻlgan batafsil maʼlumotlar koʻrsatiladi;
yetkazib berish muddati belgilanadi. Yetkazib berish muddati XYT daftarchasining kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlarining 20-grafalarida qayd etiladi;
XYT daftarchasining kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlari 16 — 23-grafalari va oq rangli 1-koreshogining 1 — 6-grafalari toʻldiriladi;
XYT daftarchasining kesiladigan oq rangli 1-varagʻi ajratiladi va bojxona organining alohida papkasida saqlanadi;
XYT daftarchasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — DBQ YAAAT) roʻyxatga olinadi va manzil bojxona organiga nazoratga qoʻyiladi;
transport vositasining bojxona nazorati zonasidan chiqib ketishi kesiladigan XYT daftarchasining oq va yashil rangli 1-2-varaqlarining 23-grafalariga hamda oq rangli 1-koreshogining 6-grafasiga joʻnatish bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan sana, shaxsiy muhr va imzo qoʻyilgandan soʻng amalga oshiriladi;
24. Transport vositasi yoki konteyner manzildagi bojxona organiga yetib borganda, quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
joʻnatuvchi va tranzit mamlakatlarning bojxona organlari tomonidan toʻldirilgan (agar boshqa davlatlarda tashuvni amalga oshirgan boʻlsa) va rasmiylashtirilgan XYT daftarchasi;
tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish uchun tovar va transport kuzatuv hujjatlari.
25. Manzildagi bojxona organi mansabdor shaxslari quyidagilarni tekshiradilar:
XYT daftarchasi toʻgʻri toʻldirilganligini hamda joʻnatish, oraliq va kirishdagi bojxona organlarining belgi va muhrlari mavjudligini;
transport vositalari yoki konteynerlarning yuk boʻlinmalarida qoʻyilgan bojxona plomba va muhrlarining holatini;
transport vositalari yoki konteynerlar yuk boʻlinmalarining butunligini va tashilayotgan tovarlarni bojxona plomba va muhrlari buzmasdan olish imkoniyati boʻlmaganligini;
transport vositalari yoki konteynerlardan yuklarning tushirilishini.
26. XYT daftarchasi qoʻllangan xolda tovarlarni tashish davomida ularni yoʻqotish, bojxona organi ruxsatisiz berib yuborish, almashtirib qoʻyish va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquqbuzarliklar yuzaga kelgan taqdirda, manzildagi bojxona organi XYT daftarchasining kesiladigan yashil rangli 2-varagʻining 27-grafasi va yashil rangli 2-koreshogining 5-grafasiga “R:” belgini qoʻyib, huquqbuzarlikning qisqachacha tafsilotini qayd etadi hamda DBQ YAAATga tegishli belgilar kiritiladi.
27. Bojxona nazorati shakllarini koʻllash natijasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari buzilish holatlari aniqlanmasa:
XYT daftarchasining kesiladigan yashil rangli 2-varagʻining 24 — 28-grafalari va yashil rangli 2-koreshogining 1 — 6-grafalari toʻldiriladi;
bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan XYT daftarchasining kesiladigan yashil rangli 2-varagʻining 28-grafasiga va yashil rangli 2-koreshogining 6-grafasiga sana, imzo va shaxsiy muhr qoʻyiladi (yashil rangli 2-koreshok XYT daftarchasida qoladi);
XYT daftarchasining kesiladigan yashil rangli 2-varagʻi ajratiladi (1 — 28 grafalar);
rasmiylashtirilgan XYT daftarchasi DBQ YAAATdan nazoratdan yechiladi va tashuvchiga qaytariladi.
5-bob. Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishda bojxona rasmiylashtiruvi tartibi
28. Joʻnatish bojxona organi olib chiqiladigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga asosan bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazadi.
29. XYT tartib-taomillari asosida tovarlarni tashishni rasmiylashtirish uchun joʻnatish bojxona organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
toʻldirilgan XYT daftarchasi;
Konvensiya talablari asosida transport vositasiga tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki konteynerlarda tegishli lavhalar.
30. Bojxona organi mansabdor shaxslari XYT daftarchasi oʻgʻirlangan sifatida nazoratda turmaganligini va XYT daftarchasi old sariq muqovasi 3-grafasida hamda kesilmaydigan sariq rangli 1/2-varagʻining 4-grafasida koʻrsatilgan XYT daftarchasidan foydalanuvchi tomonidan tashilganligini tekshirishlari lozim.
Joʻnatish bojxona organi mansabdor shaxslari quyidagilarni tekshiradi:
XYT daftarchasining amal qilish muddati (muqovaning old betidagi 1-grafada koʻrsatiladi);
XYT daftarchasi muqova old betida, kesilmaydigan va kesiladigan varaqlardagi XYT daftarchasidan foydalanuvchining imzosi oʻzaro mosligi;
XYT daftarchasi muqovasi old betida barcha muhr va imzolar mavjudligiga alohida eʼtibor qaratgan holda, XYT daftarchasi toʻgʻri toʻldirilganligini;
transport vositasiga tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki konteynerlarda tegishli lavhalar mavjudligini;
transport vositalari yoki konteynerlar yuk boʻlinmalarining butunligini va tashilayotgan tovarlarni bojxona plomba va muhrlarini buzmasdan olish imkoniyati yoʻqligini.
Tekshiruv ishlari amalga oshirilgandan soʻng transport vositalari yoki konteynerlarga tovarlarni yuklashni kuzatadi hamda transport vositalari yoki konteynerlarning yuk boʻlinmalariga bojxona plomba va muhrlari qoʻyiladi.
31. Rasmiylashtiruv jarayonida kamchiliklar aniqlanganda, XYT tartib-taomillari asosida tovarlarni tashish ushbu kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng amalga oshiriladi.
32. Bojxona nazorati shakllarini koʻllash natijasida XYT tartib-taomillari barcha talablari bajarilganligi aniqlangan taqdirda, kuyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
barcha kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlarning 16-grafalari toʻldiriladi;
XYT daftarchasining kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlarining “rasmiy foydalanish uchun” grafasida va oq rangli 1-koreshogining 5-grafasida, boshqa maʼlumotlar qatorida bojxona qiymati va tovarlar olib chiqib ketiladigan bojxona rejimi kodi qayd etiladi;
XYT daftarchasining kesiladigan oq rangli 1-koreshogi toʻldiriladi;
XYT daftarchasining kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlarining 10-grafalarida tashiladigan tovarlarni yetkazib bermaslik, berib yuborish yoki yoʻqotish holatida aniqlash uchun yetarli boʻlgan batafsil maʼlumotlar imkon qadar TIF TN kodlari bilan koʻrsatiladi. Agar 10-grafada barcha maʼlumotlarga joy yetarli boʻlmasa, XYT daftarchasiga qoʻshimcha varaqlarni biriktirishga ruxsat beriladi. Shunda qoʻshimcha varaqlarga bojxona organi mansabdor shaxslari tomonidan shaxsiy muhr quyiladi hamda XYT daftarchasining kesiladigan barcha oq va yashil rangli 1-2-varaqlarining 8-grafasiga ushbu ilova haqida tegishli belgilar qayd etiladi;
yetkazib berish muddati XYT daftarchasining kesiladigan oq va yashil rangli 1-2 varaqlarining 20-grafalarida qayd etiladi;
XYT daftarchasining kesiladigan barcha oq va yashil rangli 1-2-varaqlarining 17-grafasiga bojxona organi mansabdor shaxsining imzosi, sana va shaxsiy muhr qoʻyiladi;
XYT daftarchasining kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlarining 23-grafasiga va oq rangli 1-koreshogining 6-grafasiga bojxona organi mansabdor shaxsining imzosi, sana va shaxsiy muhri qoʻyiladi;
XYT daftarchasining kesiladigan oq rangli 1-varagʻi ajratiladi va bojxona organining alohida papkasida saqlanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tovarlar olib chiqib ketilishi joʻnatish bojxona organi tomonidan XYT daftarchasini DBQ YAAATda nazoratga qoʻyish orqali nazorat qilinadi.
33. Chiqishda bojxona organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
belgilangan tartibda toʻldirilgan va joʻnatish bojxona organlarida rasmiylashtirilgan XYT daftarchasi;
joʻnatish bojxona organlari belgilari mavjud boʻlgan tovar va transport kuzatuv hujjatlari.
34. Tovarlar XYT daftarchasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilayotganda, bojxona organlari mansabdor shaxslari tomonidan quyidagilar tekshiriladi:
XYT daftarchasi toʻgʻri toʻldirilganligi hamda barcha joʻnatuvchi bojxona organlarining belgi va muhrlari mavjudligi;
XYT daftarchasining oq rangli 1-koreshogida joʻnatuvchi bojxona organi muhri hamda tovarlar olib chiqilishi uchun rasmiylashtirilgan bojxona rejimi kodi koʻrsatilganligi;
transport vositalari yoki yuk konteynerlarining yuk boʻlinmalariga qoʻyilgan bojxona plombalari, muhr va boshqa identifikatsiya vositalari mavjudligi va ularning holati;
transport vositalari yoki yuk konteynerlarining yuk boʻlinmalari, ularning tentlari va boshqa qismlari butunligi, tashilayotgan tovarlarni bojxona plomba va muhrlarini buzmasdan olish imkoniyati cheklanganligi.
Yuqoridagi holatlarni istisno etganda, transport vositalari yoki konteynerlar yuk boʻlinmalari bojxona koʻrigidan oʻtkazadi.
35. XYT daftarchasini koʻllagan holda tashishlarni amalga oshirishda mazkur Nizom hamda XYT daftarchasini koʻllash boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishi yuzasidan qoidabuzarliklar aniqlanganda, ushbu Nizomning 26-bandida belgilangan tartibda XYT daftarchasi unga tegishli belgilar qoʻyilgan holda rasmiylashtiriladi.
36. Bojxona nazorati hamda rasmiylashtiruvini amalga oshirish davomida qonun buzilish holatlari aniqlanmaganda:
XYT daftarchasining kesiladigan yashil rangli 2-varagʻi 24 — 28-grafalari va 2-koreshogi toʻldiriladi hamda kesiladigan yashil rangli 2-varagʻi ajratiladi va bojxona organining alohida papkasida saqlanadi;
Transport vositasining bojxona nazorati zonasidan chiqib ketishiga XYT daftarchasining kesiladigan yashil rangli 2-varagʻi 28-grafasi hamda yashil rangli 2-koreshogining 6-grafasiga bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan rasmiylashtiruv kun sanasi yozilib, shaxsiy muhri qoʻyiladi va oʻz imzosi bilan tasdiqlangandan soʻng ruxsat beriladi.
6-bob. Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tashishlarni amalga oshirishda bojxona rasmiylashtiruvi tartibi
37. Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali XYT daftarchasi asosida tovarlar tranzit olib oʻtilganda:
kirish bojxona organida bojxona rasmiylashtiruvi ushbu Nizomning 18 — 23-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
chiqish bojxona organida bojxona rasmiylashtiruvi ushbu Nizomning 33 — 36-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7-bob. XYT daftarchasini rasmiylashtirishning ayrim qoidalari
38. XYT daftarchasidagi maʼlumotlarni oʻchirish, yoʻqotishga yoʻl qoʻyilmaydi, unga faqat tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Mazkur bandning uchinchi xatboshi talablari bundan mustasno.
Kiritiladigan oʻzgartirishlar, oʻzgartirilayotgan maʼlumot ustidan tekis gorizontal chiziq oʻtkazilib, uning ust qismida yangi maʼlumotlar qayd etiladi va XYT daftarchasidagi foydalanuvchi (bojxona rasmiylashtiruvidan oldin) va bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan (bojxona rasmiylashtiruvi paytida) shaxsiy muhri va oʻz imzosi bilan tasdiqlanadi.
XYT daftarchasi muqovasi old varagʻining 1 — 5-grafalariga, kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlarning 4-grafalariga va yoʻl-transport hodisalari toʻgʻrisidagi bayonnomaning 2, 3 va 5-grafalariga oʻzgartirishlar kiritish taqiqlanadi.
39. Kafolat uyushmasi XYT daftarchasining amal qilish muddatini belgilaydi va muqova old varagʻining 1-grafasida qayd etadi. Amal qilish muddati tugagan XYT daftarchasi bojxona organlari tomonidan qabul qilinmaydi.
Bojxona rasmiylashtiruvi XYT daftarchasi amal qilish muddatining oxirgi kunida amalga oshirilgan boʻlsa, XYT tartib-taomillari asosida tashish butun jarayonga amal qiladi.
40. XYT tartib-taomillari asosida tashish yakunlanganda, oxirgi manzildagi bojxona organi tomonidan XYT daftarchasida qolgan boʻsh varaqlarga “X” belgisi chiziladi.
41. XYT daftarchasi asosida tashishlarni amalga oshirishda joʻnatuvchi va manzildagi bojxona organlari bir nechtani tashkil etishi mumkin. Ammo, joʻnatuvchi va manzildagi bojxona organlarining umumiy soni toʻrttadan oshmasligi lozim.
Har bir joʻnatuvchi va manzildagi bojxona organi uchun alohida kesiladigan qoʻshimcha varaqlar jamlanmasi boʻlishi zarur.
Joʻnatuvchi va manzildagi bojxona organlari nazorati ostida quyidagilar amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishda — qoʻshimcha tovarlarni yuklash;
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda — tovarlarni qisman tushirish.
42. Qoʻshimcha tovarlarni yuklashda bojxona organi mansabdor shaxsi ushbu Nizomning 28 — 32-bandlarida nazrda tutilgan hamda ushbu bandning alohida qoidalari talablari asosida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradi.
Bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan:
birinchi joʻnatuvchining bojxona organida plombalar, qiyoslash vositalari yechiladi;
XYT daftarchasining kesiladigan barcha oq va yashil rangli 1-2-varaqlariga qoʻshimcha yuklangan tovarlar nomi, miqdori, oʻrinlar soni va boshqa maʼlumotlar kiritiladi;
toʻldirilgan oq va yashil rangli kesiladigan 1-2-varaqlarning 16-grafalariga va oq rangli 1-koreshogiga yangi qoʻyilgan bojxona muhri va shtamplari boʻyicha maʼlumotlar qayd etiladi;
XYT daftarchasidagi barcha kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlarning 16-grafalarida koʻrsatilgan maʼlumotlar, muhr va shtamplar ustidan gorizontal chiziq chiziladi.
43. Tovarlarni qisman tushirishda, bojxona organi mansabdor shaxsi ushbu Nizomning 24 — 27-bandlari hamda ushbu bandning alohida qoidalari talablariga asosan bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradi.
Manzildagi bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan:
joʻnatuvchi bojxona organining plombalari, qiyoslash vositalari yechiladi;
XYT daftarchasining kesiladigan barcha oq va yashil rangli 1-2-varaqlaridagi qisman tushirilgan tovarlar qismi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar belgilangan tartibda oʻchiriladi;
XYT daftarchasidagi barcha kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlarning 16-grafalarida koʻrsatilgan muhr va plombalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ustidan gorizontal chiziq chiziladi;
XYT daftarchasining toʻldirilgan oq va yashil rangli kesiladigan 1-2-varaqlarining 16-grafalariga va oq rangli 1-koreshigiga yangi qoʻyilgan bojxona muhr va plombalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd etiladi.
44. Ushbu Nizom 42-43-bandlarida koʻrsatilgan barcha oʻzgartirishlar bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan muhri va oʻz imzosi bilin tasdiqlanadi.
45. XYT daftarchasi quyidagi xollarda bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilinmasdan olib qoʻyilib, kafolat uyushmasiga qaytariladi:
XYT daftarchasi muqova bosh varagʻining 1-grafasida XYT daftarchasi amal qilish muddati koʻrsatilmaganda;
XYT daftarchasi muqova bosh varagʻi 2-grafasida XYT daftarchasini bergan kafolat uyushmasi haqida maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda;
XYT daftarchasi muqova bosh varagʻi 3-grafasida XYT daftarchasidan foydalanuvchi haqida maʼlumotlar (nomi, roʻyxatdan oʻtgan davlat, manzil, kafolat uyushmasi tomonidan berilgan identifikatsiya raqami) koʻrsatilmaganda;
XYT daftarchasi muqova bosh varagʻi 4-grafasida kafolat uyushmasi mansabdor shaxsi muhri hamda imzosi mavjud boʻlmaganda;
XYT daftarchasi muqova bosh varagʻi 5-grafasida Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi kotibining imzosi boʻlmaganda;
XYT daftarchasiga ushbu Nizom 38-bandi talablariga amal qilmasdan oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa;
kafolat uyushmasi yoki SafeTIR tizimida XYT daftarchasi haqiqiy emasligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
XYT daftarchasi oʻgʻirlanganligi yoki qalbakilashtirilganligi boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlganda.
XYT daftarchasi olib qoʻyilganda, bojxona organlari mansabdor shaxsi tomonidan XYT daftarchasi raqami va shtrix-kodi qayd etilgan muqovaning oxirgi kesiladigan varaqchasiga olib qoʻyilish sababi koʻrsatilib, olib qoʻygan xodim shaxsiy muhri va oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi. Ushbu varaq XYT daftarchasidan ajratiladi va XYT daftarchasidan foydalanuvchi yoki uning vakolatli shaxsiga qaytariladi.
XYT daftarchasini olib qoʻygan bojxona organi aniqlangan holat yuzasidan tegishli tekshiruvlar oʻtkazadi hamda XYT daftarchasi oʻgʻirlangan, haqiqiy emasligi yoki qalbakilashtirilganligi boʻyicha shubha boʻlganda DBQga xabar berib, holatni qayd qilishga harakat qiladi. Tekshiruvlar yakunlanganda, XYT daftarchasi olib qoʻyilishi sabablari va aniqlangan kamchiliklar roʻyxati bilan kafolat uyushmasiga qaytariladi.
46. XYT daftarchasi quyidagi hollarda rasmiylashtiruvga qabul qilinmaydi:
amal qilish muddati tugagan XYT daftarchasi;
transport vositasiga tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki konteynerlarda lavha mavjud boʻlmaganda yoki ularning muddati tugaganda;
XYT daftarchasi muqova bosh varagʻining 8-grafasida transport vositasi davlat raqami koʻrsatilmaganda;
XYT daftarchasi muqova bosh varagʻining 10-grafasida konteyner(lar) raqamlari koʻrsatilmaganda;
XYT daftarchasining kesilmaydigan sariq rangli 1/2-varagʻining 7-grafasida transport vositasi davlat raqami koʻrsatilmaganda;
XYT daftarchasining kesilmaydigan sariq rangli 1/2-varagʻining 9-grafasida yuk boʻlinmalar yoki konteynerlarning soni, alohida belgilari, tovar yoki yuk joylari raqamlari mavjud boʻlmaganda;
XYT daftarchasining kesilmaydigan sariq rangli 1/2-varagʻining 10-grafasida yuk joylari (tovarlar) soni va hususiyatlari hamda tovar haqida maʼlumot boʻlmaganda;
XYT daftarchasining kesilmaydigan sariq rangli 11-grafasida tovarlar brutto vazni koʻrsatilmaganda;
tashish jarayonida tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruxsat berish talablariga javob bermagan transport vositasidan foydalanilganda;
Konvensiyaning 38-moddasiga asosan XYT daftarchasidan foydalanuvchi vaqtincha yoki doimiy Oʻzbekiston Respublikasi hududida XYT daftarchasidan foydalanish huquqidan mahrum qilingan taqdirda.
47. Hususiyatlari va gabaritlari uchun plombalangan transport vositalari yuk boʻlimlarida va konteynerlarda tashish imkoniyati boʻlmaganda, tovarlar ochiq transport turlarida tashilishi mumkin.
Ogʻir vaznli va katta hajmli tovarlar tashilganda, XYT daftarchasi muqovasining old tomonida va barcha varaqlarida ingliz tilida “NEAVY OR BULKY GOODS” (ogʻir yoki katta hajmdagi tovarlar) yoki fransuz tilida “LOURD ET ENCOMBRANT CARGOISONS” yozuvi boʻlishi shart.
Tashiladigan tovarlarni identifikatsiya qilish maqsadida joʻnatuvchi bojxona organi XYT daftarchasiga qoʻshimcha fotosuratlar, chizmalar va tovarlarning xususiyatini aks ettiruvchi texnik hujjatlar ilova qilinishini soʻrashi mumkin.
Bunday hujjatlar joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan tasdiqlanadi va barcha varaqlarga biriktiriladi. Shu bilan birga, XYT daftarchasining barcha kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlarining 8-grafalariga ilova qilingan hujjatlar haqida belgi qayd etiladi.
XYT daftarchasining kesilmaydigan sariq rangli 1/2-varagʻidagi maʼlumotlar tovar kuzatuv hujjatlari maʼlumotlariga mos kelmasa, XYT daftarchasidan foydalanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
48. Ogʻir vaznli va katta hajmli tovarlar tashilganda bojxona organlari tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:
ushbu Nizomning 47-bandida koʻrsatilgan talablar va qoidalarga rioya qilinishini tekshiradi;
tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda, zarur hollarda qoʻshimcha bojxona identifikatsiya vositalarini qoʻllaydi;
XYT daftarchasi yuk manifestida koʻrsatilgan tovarlar tashilishini nazorat qiladi.
8-bob. Yoʻl-transport hodisalari
49. Yuk boʻlinmalariga yoki bojxona plomba va muhrlariga zarar yetkazgan YTH hamda tasodifiy holatlar boʻyicha tashuvchi qisqa muddatda eng yaqin bojxona organiga xabar berishi lozim.
50. Tashuvchi yuk boʻlinmalariga yoki bojxona plomba va muhrlariga zarar yetkazgan YTH hamda tasodifiy holatlar boʻyicha murojaat qilganda, bojxona organi mansabdor shaxsi:
tashuvchidan YTH boʻyicha tushuntirish xat oladi;
XYT tartib-taomillari asosida tashishni davom ettirish mumkinligini oʻrganadi;
YTH toʻgʻrisidagi bayonnomani toʻldiradi va tasdiqlaydi (agar bayonnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati xodimlari tomonidan toʻldirilgan boʻlsa, hamkorlikda tasdiqlaydi).
51. XYT tartib-taomillari asosida tashish jarayonida YTH boʻyicha tashuvchi tomonidan xar qanday turdagi tezkor aloqa vositalari yordamida bir kun ichida yozma ravishda ushbu XYT operatsiyasini joʻnatuvchi, oraliq yoki manzil bojxona organiga xabar beradi.
52. YTHdan soʻng tovarlar bilan bogʻliq barcha operatsiyalar bojxona nazorati ostida amalga oshiriladi.
Agar yuk boʻlinmalariga yoki bojxona plomba va muhrlariga zarar yetkazilishi YTH natijasida boʻlmaganligi holati aniqlansa, bojxona qonunchilik hujjatlari buzilishi toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtiriladi va ushbu Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan tartibda XYT daftarchasiga tegishli belgilar qoʻyiladi.
53. YTHdan soʻng tovarlar bojxona nazorati ostida boshqa transport vositasi yoki yuk konteyneriga yuklangach, XYT tartib-taomillari asosida manzil bojxona organiga tashishni davom ettirish uchun ruxsat beriladi.
Agar XYT tartib-taomillari asosida tashishni amalga oshirish imkoniyati boʻlmasa, tovarlar bojxona hamrohligida kuzatuv ostida manzil bojxona organiga yetkaziladi.
9-bob. XYT daftarchasi asosida tovarlarni tashishda sodir boʻlgan qoidabuzarliklar toʻgʻrisida xabarnoma tayyorlash va XYT daftarchasidan foydalanuvchi va kafolat uyushmasiga yuborish
54. DBQ YAAAT maʼlumotlariga asosan tovarlar manzildagi bojxona organiga belgilangan muddatlarda yetkazilmaganda, joʻnatuvchi bojxona organi belgilangan muddatdan keyingi kunda manzil bojxona organiga soʻrovnoma yuboradi.
Tashuvchi XYT operatsiyasining toʻgʻri yakunlangani boʻyicha manzil bojxona organi tomonidan maʼlumotlar olinsa, joʻnatuvchi bojxona organi takroran ushbu operatsiya yakunlanganligi boʻyicha DBQ YAAAT orqali tekshiradi. DQQ YAAATda XYT operatsiyasi yakunlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlganda, ushbu masala yakunlangan deb hisoblanadi.
55. Manzildagi bojxona organi tomonidan XYT operatsiyasi davomida tovarlarni tashishda qoidabuzarlik holatlari boʻyicha maʼlumot olinsa, joʻnatuvchi bojxona organi ushbu Nizomga 3-ilovada koʻrsatilgan namuna asosida XYT daftarchasidan foydalanuvchi va kafolat uyushmasiga (har biriga alohida) xabarnoma joʻnatadi.
Xabarnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
XYT daftarchasining joʻnatuvchi bojxona organida saqlanadigan kesiladigan oq rangli 1-varagʻining tasdiqlangan nusxasi;
XYT operatsiyasi davomida tovarlarni tashishda qoidabuzarlik holatlari boʻyicha maʼlumot (mavjud boʻlganda, bojxona qonunchilik hujjatlari buzilishi toʻgʻrisida bayonnoma nusxasi).
56. XYT operatsiyasi davomida tovarlarni tashishdagi qoidabuzarliklar boʻyicha XYT daftarchasidan foydalanuvchi va kafolat uyushmasiga xabarnoma tayyorlash va yuborish qoidabuzarlik aniqlagan har qanday bojxona organi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
57. XYT daftarchasidan foydalanuvchi va kafolat uyushmasi bojxona organlari tomonidan xabarnoma qabul qilingandan soʻng bir kun davomida xabarnoma qabul qilinganligi boʻyicha bojxona organlariga axborot beradilar.
10-bob. XYT daftarchasidan foydalanuvchi tomonidan XYT operatsiyasi toʻgʻri amalga oshirganligini tasdiqlash
58. Tovarlarni tegishli bojxona rejimida tashish davomida XYT operatsiyasi XYT daftarchasidan foydalanuvchi tomonidan toʻgʻri yakunlanganligi, manzildagi bojxona organi tomonidan muhr va shtamp bilan tasdiqlangan tovar kuzatuv hujjatlari, XYT daftarchasi va SafeTIR tizimidan maʼlumotnoma olish orqali tasdiqlanadi.
XYT operatsiyasi davomida qoidabuzarliklarni aniqlagan va xabarnoma joʻnatgan bojxona organi XYT daftarchasidan foydalanuvchi va (yoki) kafolat uyushmasi tomonidan yuqorida keltirilgan hujjatlar taqdim qilingandan soʻng quyidagilarni amalga oshiradi:
tovarlar va transport vositasi manzildagi bojxona organiga yetib borganligi xamda DBQ YAAAT va SafeTIR tizimiga maʼlumotlar haqqoniy kiritilganligi holati tekshiriladi;
taqdim etilgan hujjatlarga bojxona muhr va shtamplari aslligini tekshiradi;
zarur boʻlgan hollarda, yuk qabul qiluvchi davlatning vakolatli idoralariga soʻrovnomalar yuboradi.
59. Oʻrganish davomida XYT daftarchasidan foydalanuvchi va (yoki) kafolat uyushmasi tomonidan taqdim tilgan hujjatlar va (yoki) bojxona organlari muhr va shtamplari haqqoniy emasligi (qalbakilashtirilgan, almashtirilgan), shuningdek, DBQ YAAAT va SafeTIR tizimlariga kiritiladigan maʼlumotlar mavjud emasligi aniqlanganda, taqdim qilingan dalillar bojxona organlari tomonidan qabul qilinmaydi.
XYT tashuvlarda SafeTIRda tugatilganligi haqidagi maʼlumot mavjud boʻlsa va XYT daftarchasida bojxona organlarining asl muhri va shtamplar mavjud boʻlganda, xabarnoma bekor qilinadi.
11-bob. XYT operatsiyasi davomida tovarlarni tashishda qoidabuzarliklar boʻyicha XYT daftarchasidan foydalanuvchi va kafolat uyushmasiga talabnoma tayyorlash va yuborish
60. XYT daftarchasidan foydalanuvchi va (yoki) kafolat uyushmasi tomonidan xabarnoma joʻnatilgan kundan boshlab uch oy mobaynida XYT operatsiyasi XYT daftarchasidan foydalanuvchi tomonidan toʻgʻri amalga oshirganligi toʻgʻrisida yetarli dalillar keltirilmasa yoki ushbu dalillar bojxona organi oʻrganishlari davomida rad qilinsa, Konvensiya 11-moddasiga asosan bojxona organi XYT daftarchasidan foydalanuvchiga qonunchilikda belgilangan bojxona toʻlovlarini xamda belgilangan kechiktirish boʻyicha foizlarni toʻlash haqida ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklda talabnoma joʻnatadi.
Bojxona organi tomonidan tovarlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga asosan tovarlar erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga rasmiylashtirilganda, bojxona toʻlovlari va kechiktirish uchun foizlar summasi hisoblanadi.
Agar tovarlar haqida aniq maʼlumot, yaʼni tovar TIF TN kodi, xususiyati, nomi, kelib chiqish mamlakati, hajmi, bojxona qiymati taqdim qilinmaganligi uchun bojxona toʻlovlari summasini hisoblash imkoniyati boʻlmasa, ushbu summa aynan oʻxshash tovarga nisbatan eng yuqori stavkada hisoblanadi.
Talabnomada koʻrsatilgan summalarni toʻlash boʻyicha majburiyat XYT daftarchasidan foydalanuvchi talabnomani olgan kundan keyingi kundan boshlanadi.
61. Talabnoma bilan birgalikda quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
xabarnoma nusxasi;
XYT daftarchasining joʻnatish bojxona organida saqlanadigan kesiladigan oq rangli 1-varagʻining tasdiqlangan nusxasi;
xalqaro tovar-transport yuk xati, invoys, bojxona deklaratsiyasi va tashish jarayonida qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa yuk kuzatuv va tijorat hujjatlari nusxalari;
ishga aloqador boʻlgan boshqa materiallar, shuningdek, bojxona qonunchilik hujjatlari buzilishi toʻgʻrisida bayonnoma va qarorlar, ekspertiza xulosalari.
62. XYT daftarchasidan foydalanuvchi tomonidan talabnoma joʻnatilgan kundan boshlab bir hafta muddatda talabnomada koʻrsatilgan summalar toʻlanmagan taqdirda, bojxona organi ushbu Nizomga 5-ilovada koʻrsatilgan shaklda kafolat uyushmasiga tegishli summalarni toʻlash boʻyicha talabnoma tayyorlaydi va joʻnatadi.
Talabnomaga hisoblangan bojxona toʻlovlari va kechiktirish boʻyicha foizlar jadvali, ushbu Nizomning 61-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va XYT daftarchasidan foydalanuvchiga joʻnatilgan va tasdiqlangan talabnoma nusxalari ilova qilinadi.
Talabnomaning umumiy summasi XYT kafili tomonidan belgilangan eng yuqori summadan oshmagan boʻlishi lozim. Talabnoma umumiy summasi XYT kafilining belgilagan eng yuqori summasidan oshganda, oshgan qismi XYT daftarchasidan foydalanuvchidan undiriladi.
Konvensiya 11-moddasiga asosan kafolat uyushmasi tomonidan talabnoma qabul qilingan kundan boshlab uch oy davomida talabnomada koʻrsatilgan summalar toʻlanishi lozim.
64. Mazkur Nizom talablarini bajarishdan kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va hal etiladi.
65. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
66. TIF qatnashchilari XYT daftarchasidan foydalangan holda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish davomida bojxona organi qaroridan norozi boʻlganda, shuningdek, bojxona organining mansabdor shaxslari harakati (harakatsizligi) boʻyicha belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish huquqi ega.
1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasini qoʻllash haqidagi nizomga 1-ILOVA
1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasini qoʻllash haqidagi nizomga 2-ILOVA
Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini toʻldirish
QOIDALARI
1-bob. Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasining muqovasining birinchi beti
1 — 5-grafalar. Xalqaro yoʻllarda tashish (keyingi oʻrinlarda — XYT) daftarchasini bergan kafolat uyushmasi tomonidan toʻldiriladi.
6 — 12-grafalar. XYT daftarchadan (keyingi oʻrinlarda — daftarcha) foydalanuvchi tomonidan toʻldiriladi.
“№” grafada Daftarcha raqami uning topshirilish vaqtida nashr qilingan boʻlishi kerak.
1-grafa. “...gacha amal qiladi”.
Daftarcha joʻnatuvchi bojxona organiga taqdim etilguniga qadar boʻlgan sana koʻrsatiladi.
2-grafa. “Berildi”.
Daftarchani bergan kafolat uyushmasi nomi.
3-grafa. “Foydalanuvchi”.
Daftarchani qabul qilgan tashuvchining nomi va toʻliq pochta manzili koʻrsatiladi. XYT tartib-taomillari asosida tashuv faqat ushbu grafada koʻrsatilgan tashuvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
4-grafa. “Daftarchani beruvchi tashkilot mansabdor shaxsining imzosi”.
Daftarchani bergan kafolat uyushmasi mansabdor shaxsining imzosi va muhri qayd etiladi.
5-grafa. “Xalqaro tashkilot kotibi imzosi”.
Xalqaro avtomobil transport ittifoqi kotibi imzosi qoʻyiladi.
6-grafa. “Joʻnatuvchi mamlakat (lar)”.
XYT tartib-taomillari asosida yuklarni tashish boshlangan mamlakat (joʻnatuvchi davlati).
7-grafa. “Manzildagi mamlakat(lar)”.
XYT tartib-taomillari asosida yuklarni tashish yakunlanadigan mamlakat (manzildagi davlati).
8-grafa. “Transport vositasining roʻyxat raqami”.
Tovarlar tashiladigan transport vositasining roʻyxat raqami koʻrsatiladi.
9-grafa. “Transport vositasiga tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi guvohnoma”.
Transport vositasiga tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi guvohnomaning raqami va amal qilish muddati koʻrsatiladi.
Tovarlar konteynerda tashiladigan boʻlsa, konteynerning identifikatsiya raqami koʻrsatiladi.
11-grafa. “Izoh”.
Daftarchani bergan kafolat uyushmasi tomonidan kerak deb hisoblangan yoki bojxona organi talablari asosida kiritiladigan boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Eslatma: Muqovaning ikkinchi betida bosma usulda “Daftarchadan foydalanish qoidalari” Birlashgan Millatlar Tashkilotining istalgan rasmiy tilida, uchinchi betida esa ingliz yoki fransuz tillarida chop etiladi.
Muqova toʻrtinchi betining yuqoridagi oʻng burchagida Daftarcha raqami va shtrix kodi koʻrsatilgan kesiladigan varaqcha mavjud boʻlib, daftarcha bojxona organlari tomonidan olib qoʻyilganda, ushbu varaqcha bojxona organi nomi, daftarcha olib qoʻyilish sababi, mansabdor shaxsining shaxsiy muhri, sana va imzosi qayd etilgan holda tashuvchiga qaytarib beriladi.
2-bob. Kesilmaydigan sariq rangli 1/2-varaq (yuk manifesti)
Daftarchadan foydalanuvchi tomonidan toʻldiriladi.
1-grafa. “...raqamli daftarcha”.
Daftarcha muqovasining birinchi betidagi tartib raqam koʻrsatiladi.
2-grafa. “Joʻnatuvchi bojxona organ(lar)i”.
Joʻnatuvchi bojxona organ(lar)i nom(lar)i koʻrsatiladi.
3-grafa. “Xalqaro tashkilot nomi”.
Daftarchani bergan xalqaro tashkilotning nomi bosma usulda chop etilishi kerak “INTERNATIONAL ROAD TRANSPORT UNION” (Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi).
Raqamsiz grafa — joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan kerak deb hisoblangan maʼlumotlar kiritiladi.
4-grafa. “Daftarchadan foydalanuvchi”.
Daftarcha muqovasi 3-grafasida keltirilgan maʼlumotlar kiritiladi.
5-grafa. “Joʻnatuvchi mamlakat”.
Joʻnatuvchi bojxona organ(lar)i joylashgan mamlakat nomi koʻrsatiladi.
6-grafa. “Manzildagi mamlakat”.
Manzildagi bojxona organ(lar)i joylashgan mamlakat nomi koʻrsatiladi.
7-grafa. “Transport vositasining roʻyxat raqami”.
Daftarcha muqovasining 8-grafasida keltirilgan maʼlumotlar kiritiladi.
8-grafa. “Taqdim etiladigan hujjatlar”.
Daftarchaga biriktirilgan hujjatlar (fotosuratlar, yuk xatlari, spetsifikatsiyalar va boshqalar) koʻrsatildi. Bunda ushbu hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari Daftarchaning har bir varagʻiga biriktiriladi.
9-grafa. “Yuk boʻlimi yoki konteynerlar, tanituvchi belgilar hamda yuk oʻrinlari va buyumlarning raqamlari”.
Yuk boʻlinmalarining yoki konteynerlarning raqamlari, tanituvchi belgilar, tovar yoki yuk oʻrinlari raqamlari koʻrsatiladi.
10-grafa. “Yuk oʻrinlari turi va miqdori, tovarlar tavsifi”.
Yuk oʻrinlar soni, tovar haqida maʼlumot, qadoqlash va xususiyatlari. Ushbu grafaga tovarlarni identifikatsiya qilish uchun imkon qadar toʻliq maʼlumotlar kiritilishi lozim.
11-grafa. “Brutto vazni”.
Tovarlarning brutto ogʻirligi (kg) koʻrsatiladi.
Eslatma (9 — 11 grafalar uchun): Daftarcha transport vositalarining tarkibi yoki bittadan ortiq konteynerlarga berilgan boʻlsa, har bir transport vositasi yoki konteynerdagi tovarlar boʻyicha maʼlumotlar alohida koʻrsatiladi.
Agar tashish marshruti bir nechta joʻnatuvchi va (yoki) manzildagi bojxona organlari orqali amalga oshirilsa, har bir joʻnatuvchi va manzildagi bojxona organlarida yuklanadigan (tushiriladigan) tovarlar boʻyicha maʼlumot alohida koʻrsatilishi lozim.
12-grafa. “Manifestda bayon qilingan yuk oʻrinlarining umumiy miqdori”.
Yuk manifestida koʻrsatilgan barcha tovarlarning oʻrinlar soni koʻrsatiladi hamda 1, 2, 3-grafalarda har bir manzildagi bojxona organlarida tushiriladigan tovarlarning oʻrinlar soni koʻrsatiladi.
Daftarcha toʻldirilgan joy, sana hamda Daftarchadan foydalanuvchi mansabdor shaxs imzosi qoʻyiladi.
Kesilmaydigan sariq rangli 1/2-varaqning (yuk manifesti) boshqa grafalari toʻldirilmaydi.
3-bob. Kesiladigan oq rangli 1-varaq
1 — 15-grafalar. Daftarchadan foydalanuvchi tomonidan kesiladigan sariq rangli (yuk manifest) varaqdagi maʼlumotlar kiritiladi. Daftarchadan foydalanuvchi XYT tartib-taomillariga muvofiq tashish davomida ishlatiladigan kesiladigan barcha varaqlarning 1-15-grafalari toʻldiriladi.
16 — 23-grafalar. Oq rangli 1-koreshoq kesib olinadigan varagʻi tranzit va manzil davlatlari joʻnatish va kirish bojxona organlari tomonidan toʻldiriladi.
16-grafa. “Qoʻyilgan plombalar yoki farqlash belgilar (miqdori, tavsifi)”.
Har bir yuk boʻlinmalari va konteynerlarga qoʻyilgan bojxona identifikatsiya vositalari haqida maʼlumot kiritiladi.
17-grafa. “Joʻnatuvchi bojxona organi. Joʻnatuvchi bojxona organi mansabdor shaxsining shaxsiy muhri, imzosi va sana”.
Joʻnatish bojxona organi mansabdor shaxsning shaxsiy muhri, imzosi va Daftarcha rasmiylashtirilgan sana qoʻyiladi.
Eslatma: 16-17-grafalar Daftarchaning barcha kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlari joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan toʻldiriladi.
18-grafa. “Yukning bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot”.
Tranzit yoki manzildagi davlatdagi tovarlarni joʻnatuvchi yoki kirish bojxona posti nomi koʻrsatiladi.
19-grafa. “Shikastlanmagan deb topilgan plomba, bosilgan muhr va tanituvchi belgilar”.
Qoʻyilgan bojxona identifikatsiya vositalari buzilmagan boʻlsa, toʻrtburchakka “x” belgisi qoʻyiladi.
Grafa joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan kesiladigan oq rangli 1-varaqni rasmiylashtirish vaqtida toʻldirilmaydi.
20-grafa. “Tranzit tashish davomiyligi”.
Manzildagi bojxona organigacha tovarlarni yetkazib berish muddati qoʻyiladi.
21-grafa. “... raqam bilan bojxona organida roʻyxatga olindi”.
Joʻnatuvchi bojxona organi nomi va XYT operatsiyasiga qoʻyilgan tartib raqam koʻrsatiladi.
22-grafa. “Turli maʼlumotlar (tovar taqdim etiladigan bojxona organi, tovarlarni yetkazish joyi)”.
Manzildagi bojxona organi nomi, harakatlanish marshruti va boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
23-grafa. “Bojxona organi mansabdor shaxsining shaxsiy muhri, imzosi va sana”.
Bojxona organi mansabdor shaxsning shaxsiy muhri, imzosi va sana qoʻyiladi.
Daftarcha qoʻllangan holda tovarlarni tashish davomida ularni yoʻqotish, bojxona organi ruxsatisiz berib yuborish, almashtirib qoʻyish va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar yuzaga kelgan taqdirda, ushbu grafaga “R:” belgisini qoʻyib rus yoki ingliz tilida huquqbuzarlikning qisqacha tafsiloti qayd etiladi.
28-grafa. “Bojxona organi mansabdor shaxsining shaxsiy muhri, imzosi va sana”.
Bojxona organi mansabdor shaxsining imzosi, shaxsiy muhri va sana qoʻyiladi.
Chiqish yoki manzildagi bojxona organi nomi koʻrsatiladi.
2-grafa. “Bosilgan muhr va plombalar yoki farqlash belgilar buzilmagan deb tan olinganligi”.
Qoʻyilgan bojxona identifikatsiya vositalari buzilmagan boʻlsa, toʻrtburchakka “x” belgisi qoʻyiladi.
3-grafa. “Yuk oʻrinlari yoki buyumlari bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazildi”.
Agar yuk tushirilgan boʻlsa, tushirilgan yuk oʻrinlar soni koʻrsatiladi (yuklar tushirilmaganda toʻldirilmaydi).
4-grafa. “Yangi bosilgan muhr va plombalar”.
Qoʻyilgan bojxona plombalar haqida maʼlumotlar kiritiladi (bojxona plombalari qoʻyilganda toʻldiriladi).
5-grafa. “Rasmiylashtiruvdagi qoʻshimcha belgilar”.
Daftarcha qoʻllangan holda tovarlarni tashish davomida ularni yoʻqotish, bojxona organi ruxsatisiz berib yuborish, almashtirib qoʻyish va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar yuzaga kelgan taqdirda ushbu grafaga “R:” belgisi qoʻyilib rus yoki ingliz tilida huquqbuzarlikning qisqacha tafsiloti qayd etiladi.
6-grafa. “Bojxona organi mansabdor shaxsining shaxsiy muhri, imzosi va sana”
Bojxona organi mansabdor shaxsining imzosi, shaxsiy muhri va sana qoʻyiladi.
7-bob. Yoʻl-transport hodisasi bayonnomasi
1, 2, 3 va 5 grafalar — XYT daftarchasining kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlaridagi grafalar bilan bir xil tartibda toʻldiriladi.
4-grafa. “Transport vositasining roʻyxat raqami, konteynerning identifikatsiya raqami va farqlash belgisi”.
Yoʻl transport hodisasiga uchragan transport vositalarining roʻyxat raqamlari yoki konteynerlarning identifikatsiya va tanituvchi raqami koʻrsatiladi.
Tovarlar, transport vositalari, yuk boʻlimlari yoki konteynerlar holati boʻyicha umumiy maʼlumotlar kiritiladi.
9-grafa. “Yuk yoʻqolishi aniqlandi/aniqlanmadi”.
Tegishli toʻrtburchakka “x” belgisi qoʻyiladi.
10-grafa. “Yuk boʻlimi yoki konteyner, markirovka va yuk oʻrinlari raqami”.
Markirovkalar, zarur boʻlgan hollarda yoʻl transport hodisasiga uchragan transport vositalari yuk boʻlimlari yoki konteynerlar roʻyxat raqamlari tartibi koʻrsatiladi.
11-grafa. “Yuk oʻrinlari soni va turi, tovarlar tavsifi”.
Yoʻqolgan va (yoki) yoʻq qilish huquqbuzarligi hisoblangan tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
12-grafa. “O yoki U”.
Har bir yoʻqolgan yoki yoʻq qilingan turdagi tovarlarning toʻgʻrisiga “O” (yoʻqolgan) yoki “U” (yoʻq qilingan) harfi qoʻyiladi.
13-grafa. “Izohlar”.
Har bir yoʻqolgan yoki yoʻq qilingan tovarlarning miqdori qoʻyiladi.
14-grafa. “YTH sanasi va joyi...”.
Yoʻl — transport hodisasi sodir boʻlgan sana va joyi koʻrsatiladi.
15-grafa. “XYT operatsiyasini davom ettirish uchun koʻrilgan choralar...”.
Tovarlarni tashishni davom ettirish uchun qabul qilingan choralar toʻgʻrisidan darak beruvchi tegishli toʻrtburchakka “x” belgisi qoʻyiladi.
16-grafa. Yuklar boshqa transport vositasiga qayta yuklangan boʻlsa, tegishli bandlar:
a) transport vositasining roʻyxat raqami va tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi guvohnoma mavjudligi;
b) agar konteynerga qayta yuklansa, konteyner identifikatsiya raqami va tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi lavha mavjudligi.
17-grafa. “Bayonnoma tuzuvchi vakolatli organ”.
Yoʻl — transport hodisasi bayonnomasini tuzuvchi davlat organi (bojxonadan boshqa) nomi koʻrsatiladi.
18-grafa. “XYT daftarchasidan foydalangan holda yuklar tashilgan keyingi bojxona belgilari”.
Yoʻl-transport hodisa sodir etilgan holatni tasdiqlash uchun moʻljallangan.
Izoh:
Agar bayonnoma bevosita bojxona organi tomonidan tuzilgan boʻlsa, 17-grafani toʻldirish shart emas.
Yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan holatni tasdiqlovchi bayonnoma bojxona organi muhrisiz haqiqiy hisoblanmaydi.
Bayonnoma daftarchada qoladi.
1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasini qoʻllash haqidagi nizomga 3-ILOVA
_____________________________________ _____________________________________ (Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasidan foydalanuvchi yoki Kafolat uyushmasining nomi (Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasidan foydalanuvchiga Kafolat uyushmasi tomonidan berilgan identifikatsiya raqami) ______________________________________
____________________________________
(pochta indeksi, manzil, telefon raqami, faks, elektron pochta va boshqa maʼlumotlar)
-son
Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda tovarlarni tashishda qoidabuzarliklar boʻyicha XABARNOMA
1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasining 11-moddasiga asosan ___________-son Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda tovarlarni tashishda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlanganligi haqida ogohlantirilmoqda:
(qisqacha voqea tafsiloti)
Yuqorida koʻrsatilgan xalqaro yoʻllarda tashish operatsiyasi toʻgʻri amalga oshirganligini tasdiqlovchi yetarli dalillar ushbu xabarnoma qabul qilingan kundan boshlab uch oy davomida taqdim qilinmasa, 1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasining 11-moddasiga asosan tovarlar erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga rasmiylashtirilganda, bojxona toʻlovlari va kechiktirish uchun foizlarni (belgilangan boʻlsa) toʻlash boʻyicha talabnoma joʻnatiladi.
___________________________
(bojxona organi nomi)
____________________________________
__________
____________________________________
(bojxona organi mansabdor shaxsning lavozimi)
(imzo)
(F.I.O)
1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasini qoʻllash haqidagi nizomga 4-ILOVA
___________________________________
(Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasi foydalanuvchisining nomi va Kafolat uyushmasi tomonidan berilgan identifikatsiya raqami)
_________________________________
____________________________________
-son
(joylashgan joyi (pochta manzili), telefon raqami, faks va boshqa maʼlumotlar)
Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda tovarlarni tashishda qoidabuzarliklar boʻyicha TALABNOMA
1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasining 11-moddasi 2-bandiga muvofiq xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasidan foydalanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan bojxona toʻlovlari va kechiktirish uchun foizlarni (belgilangan boʻlsa) toʻlashga majburdir.
____________________________ tomonidan __________________________-son
(bojxona organi nomi)
(XYT daftarchasining seriyasi va raqami)
Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi ________________________ _________________________ bojxona postidan ____________________________bojxona postigacha Xalqaro
(joʻnatuvchi bojxona organi nomi)
(manzildagi bojxona organi nomi)
yoʻllarda tashish tartib-taomillari asosida ________________________________________________________
(transport vositasi markasi va roʻyxatdan oʻtgan raqami)
transport vositasida (konteynerda) ____________________ (kg) miqdorda umumiy qiymati (soʻmda) __________ ______ tovarlar ____________________________ haydovchi tomonidan tashilganda, quyidagi qoidabuzarliklar
Shu bilan birga, tovar va transport kuzatuv hujjatlari, kesiladigan (VOLET) 1-varaqning tasdiqlangan nusxasi avval joʻnatilgan xabarnoma nusxasi, (boshqa ushbu holatga aloqador boʻlgan materiallar, shuningdek, bojxona huquqbuzarligi toʻgʻrisidagi bayonnoma va qarorlar, ekspertiza xulosalari va boshqalar) ilovada joʻnatilmoqda.
_______________________ (sana) kun holatiga toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari ____________________ soʻmni tashkil qilmoqda. Toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari va kechiktirish uchun foizlar (belgilangan boʻlsa) summasi hisobi ilovada keltiriladi.
Talabnomada keltirilgan bojxona toʻlovlarini amalga oshirish uchun rekvizitlar va qisqacha yoʻriqnoma taqdim etiladi:
(bank xisobvaraqlar, bank MFOsi, bojxona toʻlovlarini amalga oshirish uchun qisqacha yoʻriqnoma va boshqa kerakli maʼlumotlar koʻrsatiladi)
_______________________________
(bojxona organi nomi)
___________________________________
_____________
_________________________________
(bojxona organi mansabdor shaxsning lavozimi)
(imzo)
(F.I.O)
Bojxona toʻlovlarini hisoblash namunasi
_______________________________________________________________________________________________________________________________________________ hujjatlari asosida bojxona toʻlovlar hisobi amalga
(bojxona toʻlovlari hisobi amalga oshirilgan tovar kuzatuv, tijorat va boshqa hujjatlar raqamlari)
oshirildi
T/r
Tovar nomi
TIF TN kodi
Miqdori
Vazni
(netto, kg)
Faktura qiymati (AQSh doll.)
AQSh doll. kursi
Bojxona toʻlovlari summasi
Shundan:
Import bojxona boji
%
Dona tovarga stavka (AQSh doll.)
Aksiz
soligʻi
%
Dona tovarga stavka (AQSh doll.)
QQS
%
Jami:
Izoh. Ushbu jadval bojxona toʻlovlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda oʻzgarishi mumkin (misol uchun kechiktirish uchun foizlar hisoblanganda). Ammo bojxona toʻlovlari summasining kelib chiqishi aniq koʻrsatilishi lozim.
1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasini qoʻllash haqidagi nizomga 5-ILOVA
___________________________________
(kafolat uyushmasining nomi)
_________________________________
____________________________________
-son
(joylashgan joyi (pochta manzili), telefon raqami, faks va boshqa maʼlumotlar)
Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini koʻllagan holda tovarlarni tashishda qoidabuzarliklar boʻyicha TALABNOMA
1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasining 8-moddasi 1.4-bandiga asosan Kafolat uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga nazarda tutilgan bojxona toʻlovlari va kechiktirish uchun foizlarni (belgilangan boʻlsa) toʻlashga majburdir.
____________________________ tomonidan __________________________-son xalqaro yoʻllarda tashish
(bojxona organi nomi)
(XYT daftarchasining seriyasi va raqami)
daftarchasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi _____________________________________________
(joʻnatuvchi bojxona organi nomi)
bojxona postidan _________________________ bojxona postigacha xalqaro yoʻllarda tashish tartib-taomillari
(manzildagi bojxona organi nomi)
asosida _____________________________________________________________________________________
(XYT daftarchasidan foydalanuvchining nomi va Kafolat uyushmasi tomonidan berilgan tartib raqami)
tegishli boʻlgan _______________________________________________________________________________
(transport vositasi markasi va roʻyxatdan oʻtgan raqami)
transport vositasida (konteynerda) ____________________ (kg) miqdorda umumiy qiymati (soʻmda) __________ ______ tovarlar ____________________________ haydovchi tomonidan tashilganda, quyidagi qoidabuzarliklar
Shu bilan birga, tovar va transport kuzatuv hujjatlari, kesiladigan (VOLET) 1-varaqning tasdiqlangan nusxasi, avval joʻnatilgan xabarnoma nusxasi (boshqa ushbu holatga aloqador boʻlgan materiallar, shuningdek bojxona huquqbuzarligi toʻgʻrisida bayonnoma va qarorlar, ekspertiza xulosalari va boshqalar) ilovada joʻnatilmoqda.
_______________________ (sana) kun holatiga toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari ____________________ soʻmni tashkil qilmoqda. Toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari va kechiktirish uchun foizlar (belgilangan boʻlsa) summasi hisobi ilovada keltiriladi.
Talabnomada keltirilgan toʻlovlarni amalga oshirish uchun rekvizitlar va qisqacha yoʻriqnoma taqdim etiladi:
(bank hisobvaraqlari, bank MFOsi, bojxona toʻlovlarni amalga oshirish uchun qisqacha yoʻriqnoma va boshqa kerakli maʼlumotlar koʻrsatiladi)
_______________________________
(bojxona organi nomi)
___________________________________
_____________
_________________________________
(bojxona organi mansabdor shaxsning lavozimi)
(imzo)
(F.I.O)
Bojxona toʻlovlarini hisoblash namunasi
_______________________________________________________________________________________________________________________________________________ hujjatlari asosida bojxona toʻlovlar hisobi amalga
(bojxona toʻlovlari hisobi amalga oshirilgan tovar kuzatuv, tijorat va boshqa hujjatlar raqamlari)
oshirildi
T/r
Tovar nomi
TIF TN kodi
Miqdori
Vazni
(netto, kg)
Faktura qiymati (AQSh doll.)
AQSh doll. kursi
Bojxona toʻlovlari summasi
Shundan:
Import bojxona boji
%
Dona tovarga stavka (AQSh doll.)
Aksiz
soligʻi
%
Dona tovarga stavka (AQSh doll.)
QQS
%
Jami:
Izoh. Ushbu jadval bojxona toʻlovlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda oʻzgarishi mumkin (misol uchun kechiktirish uchun foizlar hisoblanganda). Ammo bojxona toʻlovlari summasining kelib chiqishi aniq koʻrsatilishi lozim.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-dekabrdagi 727-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi tashuvchilariga xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament xalqaro yoʻllarda tashish (keyingi oʻrinlarda — XYT) daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishni tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
bojxona qonunchilik hujjatlarini buzish — Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida tovarlar va transport vositalarini manzildagi bojxona organiga yetkazib bermaslik, yoʻqotish va almashtirish bilan bogʻliq boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan bojxona qoidalarining buzilishi;
kafolat uyushmasi — 1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasini (keyingi oʻrinlarda — Konvensiya) va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga koʻra XYT daftarchasidan foydalanuvchi shaxslarga kafilligi tan olingan uyushma (Oʻzbekiston Respublikasida — Oʻzbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi (AIRCUZ);
Maʼmuriy qoʻmita — Konvensiyaning barcha ishtirokchi davlatlaridan tashkil topgan Konvensiyaning oliy organi;
ruxsatnoma egasi — XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma olgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
soliq qonunchilik hujjatlarini qoʻpol ravishda buzish — soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan qonunga xilof harakati yoki harakatsizligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan yuqori boʻlgan jarima va (yoki) soliq qarzdorligi;
XYT ijro etuvchi Kengashi — Konvensiyaga muvofiq Maʼmuriy qoʻmita tomonidan berilgan vazifalarni bajaradigan va Maʼmuriy qoʻmita tomonidan tashkil etilgan yordamchi organ.
3. XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Davlat bojxona qoʻmitasi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi (keyingi oʻrinlarda — Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalari) tomonidan ushbu Reglamentga 1 va 2-ilovalarga muvofiq sxema va ruxsatnoma boʻyicha beriladi.
2-bob. XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma olish talablari va shartlari
5. Ariza beruvchi ruxsatnoma olish uchun Konvensiyaga 9-ilovaning II qismi 1-bandida nazarda tutilgan quyidagi talablarga javob berishi lozim:
a) avtomobil transportida xalqaro yuk tashish tajribasi yoki imkoniyati (avtomobilda xalqaro yuk tashish huquqini beruvchi litsenziya) mavjudligi;
b) Konvensiyada nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlaydigan barqaror moliyaviy holatga ega boʻlishi;
v) Konvensiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi bilimlarga ega ekanligini tasdiqlovchi sertifikatlar (guvohnomalar) mavjudligi;
g) XYT daftarchasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisida ariza olingan kundan eʼtiboran bir yil ichida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona qonunchilik hujjatlari boʻyicha bartaraf etilmagan qonun buzilishi holatlarining mavjud emasligi;
d) XYT daftarchasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisida ariza olingan kundan eʼtiboran bir yil ichida bartaraf etilmagan soliq qonunchilik hujjatlarini qoʻpol ravishda buzish holatlari mavjud emasligi;
e) kafolat uyushmasi oldidagi majburiyatlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzolash, bunda ariza beruvchi:
joʻnatuvchi, oraliq va manzildagi bojxona organida Konvensiya talablari asosida barcha bojxona tartib-tamoyillariga rioya qilishi;
Konvensiya 11-moddasi 2-bandiga asosan bojxona organlari tomonidan talab qilinsa, Konvensiyaning 8-moddasi 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan summalarni toʻlashi;
kafolat uyushmasiga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida ruxsat berilgan doirada ushbu bandning shartlari va talablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirishga ruxsat berishi shart.
3-bob. XYT daftarchasidan foydalanishga ruxsatnoma olish uchun talab qilinadigan hujjatlar
6. Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq arizani toʻldirgan holda oʻzining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlab, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali yuboradi.
ariza beruvchi yoki uning vakolatli xodimlari, shuningdek, haydovchilar pasport maʼlumotlaridagi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, XYT daftarchasidan foydalangan holda xalqaro avtomobil transportida yuk tashishni tashkil etish kasbiy malakaga egaligi toʻgʻrisidagi sertifikatlar (guvohnomalar) raqamlari va ularning berilgan sanasi, ishga qabul qilganlik toʻgʻrisida buyruq raqamlari va sanasi;
transport vositalarining markalari, davlat raqami belgilari, identifikatsiya raqamlari (VIN), transport vositasining ariza beruvchi tasarrufida boʻlish muddati, xalqaro yuk tashish huquqini beruvchi litsenziya raqamlari va berilgan sanasi;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning toʻliq mablagʻlari — transport vositalari, binolar, inshootlar, avtotransport vositalari, asbob-uskunalar va boshqa mol-mulk mavjud boʻlgan buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq hisobga olingan boshqa mulkka ega ekanligi, amortizatsiyani hisobga olgan holda qoldiq yoki balans qiymati boʻyicha maʼlumot (umumiy qiymat bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan kam boʻlmasligi lozim).
8. Ushbu Reglamentning 7-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun ariza beruvchi javobgardir. Ariza beruvchi haydovchilar va transport vositalari toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlarni doimiy ravishda yangilab turishi lozim.
9. Ariza beruvchidan ushbu Reglamentning 7-bandida koʻrsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
10. Ariza beruvchi tomonidan XYT daftarchasidan foydalanishga ruxsatnoma olish uchun taqdim etilgan maʼlumotlar Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasining hududiy boshqarmalari va Kafolat uyushmasi buning aksini isbotlamaguncha ishonchli hisoblanadi.
4-bob. XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma olish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish, ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
11. Arizani koʻrib chiqish va XYT daftarchasidan foydalanishga ruxsatnoma berganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
12. Ariza YIDXP orqali Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — DBQ YAAAT) kelib tushadi. Ushbu ariza shu vaqtning oʻzida avtomatik tarzda Davlat soliq qoʻmitasiga va kafolat uyushmasiga yuboriladi.
Kafolat uyushmasi uch ish kunida ushbu tartibning 5-bandi “a” — “v”, “e” kichik bandlarida nazarda tutilgan shartlar va talablarga muvofiqlikni oʻrganadi va DBQ YAAATga elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi yoki rad etadi;
Davlat soliq qoʻmitasining hududiy boshqarmalari uch ish kuni mobaynida DBQ YAAATga ariza beruvchining ruxsat olish uchun elektron arizasini olgan kundan eʼtiboran bir yil ichida bartaraf etilmagan soliq qonunchilik hujjatlarini qoʻpol ravishda buzish holatlari mavjudligi yoki mavjud emasligini hamda ushbu tartibning 7-bandiga muvofiq ariza beruvchining toʻliq mablagʻlari yoki balans qiymati boʻyicha maʼlumotlarni tasdiqlaydi yoki rad etadi;
Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmalari uch ish kuni mobaynida DBQ YAAATga ariza beruvchining ruxsat olish uchun elektron arizasini olgan kundan eʼtiboran bir yil ichida bartaraf etilmagan bojxona qonunchilik hujjatlari buzilishi mavjudligi yoki mavjud emasligini tasdiqlaydi.
Mazkur jarayonlarni amalga oshirish maqsadida DBQ, Davlat soliq qoʻmitasi va Kafolat uyushmasi axborot tizimlari oʻrtasida maʼlumot almashinuvi tashkil etiladi.
14. Kafolat uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining hududiy boshqarmalari tomonidan ariza koʻrib chiqilgandan soʻng Davlat bojxona qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmalari ikki ish kuni ichida uni oʻrganib chiqib, ruxsatnoma berish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
15. Ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan qabul qilinadi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
QR-kod bilan himoyalangan va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan XYT daftarchasidan foydalanishga ruxsatnoma YIDXP orqali ushbu Reglamentga 4-ilovadagi shaklga muvofiq elektron shaklda ariza beruvchiga va Kafolat uyushmasiga yuboriladi.
16. Arizani rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma ariza beruvchiga va Kafolat uyushmasiga elektron tarzda YIDXP orqali rad etish sabablari va qonunchilik hujjatlari aniq normalari koʻrsatilgan holda yuboriladi.
17. Ruxsatnoma berilganligi toʻgʻrisida maʼlumot olingandan soʻng kafolat uyushmasi uch ish kuni ichida XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma asosida XYT daftarchasini olgan yuridik va jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat bojxona qoʻmitasiga ushbu Reglamentga 5-ilovaga muvofiq DBQ YAAAT orqali elektron shaklda yuboradi.
18. Kafolat uyushmasidan Reglamentga 5-ilovaga muvofiq kelib tushgan maʼlumotlar Davlat bojxona qoʻmitasi masʼul xodimi tomonidan uch ish kuni ichida XYT Xalqaro bank maʼlumotlari bazasiga kiritiladi.
Mazkur Reglamentning 13 — 18-bandlarida koʻrsatilgan jarayonlar avtomatlashtirilishi mumkin. Bunda ariza beruvchi arizani toʻldirish paytida tegishli maʼlumotlarni kiritish jarayonida ushbu Reglament bilan belgilangan talablarga mos kelmasa, tizim tomondan arizani joʻnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
19. Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalari tomonidan ruxsatnoma berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
ariza beruvchining XYT daftarchasidan foydalanishga ruxsatnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni toʻliq taqdim etmasligi;
ariza beruvchining ushbu Reglamentning 5-bandida nazarda tutilgan talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki toʻliq boʻlmagan maʼlumotlar mavjudligi.
Boshqa sabablarga koʻra, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sababli XYT daftarchasidan foydalanishga ruxsatnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
20. XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish sabablari va qonunchilik talablari xabarnomada koʻrsatilishi kerak.
21. XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma olishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran tekshirish yuqoridagi tartibga asosan amalga oshiriladi.
22. Arizani qayta koʻrib chiqishda XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
23. Ariza beruvchi XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma olishni rad etish, shuningdek, Davlat bojxona qoʻmitasi xodimining xatti-harakatlari (harakatsizligi) boʻyicha belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
5-bob. XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnomaga oʻzgartirishlar kiritish
24. XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnomaga oʻzgartirishlar kiritish uchun yigʻim undirilmaydi.
25. Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda, yangi yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanada ruxsatnomasi boʻlgan yuridik shaxslar bilan birlashganda, ariza beruvchi yuridik shaxs qayta roʻyxatdan oʻtkazilganda, yetti ish kuni ichida YIDXP orqali ushbu oʻzgartirishlar toʻgʻrisida tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, qayta roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat qilishi shart.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki ish joyi oʻzgargan taqdirda, ariza beruvchi yuridik shaxs sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin besh ish kuni ichida koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun YIDXP orqali murojaat qilishi lozim.
26. Qayta roʻyxatdan oʻtkazish va (yoki) oʻzgarishlar toʻgʻrisida murojaat (tegishli hujjatlar ilova qilingan holda) kelib tushganda, Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasi tomonidan tekshiriladi, murojaat YIDXPga kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida tasdiqlanadi yoki rad etiladi.
27. Oʻzgartirilgan maʼlumotlar tasdiqlangan taqdirda, Davlat bojxona qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmasi ruxsatnoma maʼlumotlarini DBQ YAAATda yangilaydi va Davlat bojxona qoʻmitasiga kiritilgan tuzatishlar boʻyicha axborot beradi. Davlat bojxona qoʻmitasi masʼul xodimi tegishli oʻzgartirishlarni XYT Xalqaro bank maʼlumotlari bazasiga kiritadi.
6-bob. XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnomani bekor qilish
29. XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma quyidagi hollarda YIDXP orqali ikki kun ichida Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalari tomonidan bekor qilinadi:
jismoniy shaxs tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligi boʻyicha guvohnomaning amal qilishi bekor qilinganda;
tadbirkorlik subyekti sifatida jismoniy shaxs vafot etganda yoki layoqatsiz deb topilganda;
ushbu Reglamentning 5-bandida nazarda tutilgan talablar va shartlar bajarilmaganda;
XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma noqonuniy berilganligi aniqlanganda.
30. XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnomani bekor qilish haqidagi qaror Davlat bojxona qoʻmitasi, ruxsatnoma egasi va Kafolat uyushmasiga yozma ravishda va YIDXP orqali yuboriladi.
31. XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnomani bekor qilish haqidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun ichida Davlat bojxona qoʻmitasining masʼul xodimi XYT Xalqaro bank maʼlumotlari bazasiga oʻzgartirishlar kiritadi.
32. Bekor qilingan ruxsatnoma qayta tiklanmaydi. XYT daftarchasidan foydalanishni davom ettirish uchun qaytadan ushbu Reglamentning 2 — 4-boblarida koʻrsatilgan tartibda ariza beriladi va koʻrib chiqiladi.
7-bob. XYT daftarchasidan foydalanish uchun berilgan ruxsatnomalar reyestri
33. XYT daftarchasidan foydalanish uchun berilgan ruxsatnomalar reyestri (keyingi oʻrinlarda — reyestr) ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq shaklda avtomatik ravishda DBQ YAAAT tomonidan yaratiladi. Reyestr maʼlumotlarining shakllanishi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan nazorat qilinadi.
Kafolat uyushmasi tomonidan berilgan identifikatsiya raqami;
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami);
ariza beruvchi toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar (yuridik shaxslarning nomi, shakli, pochta manzili, elektron pochta manzili, telefon raqami, jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport maʼlumotlari, pochta manzili, telefon raqami);
XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnomaning raqami va sanasi;
kompaniya yoki litsenziyani roʻyxatdan oʻtkazish raqami (mavjud boʻlsa);
XYT daftarchasidan foydalanish uchun berilgan ruxsatnomani tiklash va toʻxtatib turish asoslari va sanasi;
XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnomani bekor qilish asoslari va sanasi.
35. Reyestrdagi maʼlumotlar tijorat siri hisoblanadi va faqat qonunda belgilangan hollarda oshkor qilinishi mumkin.
8-bob. Yakunlovchi qoida
36. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi tashuvchilariga Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma olish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
XYT daftarchasidan foydalanishga ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali ushbu Reglamentga 2-ilovaga asosan XYT daftarchasidan foydalanishga ruxsatnoma olish uchun ariza toʻldiradi va uni oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
Xohishiga koʻra
2-bosqich
YAIDPX
Ariza YIDXP orqali Davlat bojxona qoʻmitasi Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — DBQ YAAAT)ga kelib tushadi.
Avtomatik ravishda
3-bosqich
DBQ YAAAT
DBQ YAAATga kelib tushgan ariza Davlat soliq qoʻmitasi va Kafolat uyushmasiga bir vaqtda yuboriladi.
Avtomatik ravishda
4-bosqich
Kafolat uyushmasi
Kafolat uyushmasi Reglamentning 5-bandi “a” — “v”, “e” kichik bandlarida nazarda tutilgan shartlar va talablarga muvofiqlikni oʻrganadi va DBQ YAAATga elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi yoki rad etadi.
Uch ish kuni
Davlat soliq qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmasi
DBQ YAAATga ariza beruvchining ruxsat olish uchun elektron arizasini olgan kundan eʼtiboran bir yil ichida bartaraf etilmagan soliq qonunchilik hujjatlarini qoʻpol ravishda buzish holatlari mavjudligi yoki mavjud emasligini tasdiqlaydi.
Davlat bojxona qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmasi
DBQ YAAATga ariza beruvchining ruxsat olish uchun elektron arizasini olgan kundan eʼtiboran bir yil ichida bartaraf etilmagan bojxona qonunchilik hujjatlari buzilishi mavjudligi yoki mavjud emasligini tasdiqlaydi.
5-bosqich
Davlat bojxona qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmasi
Kafolat uyushmasi va Davlat soliq qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan ariza koʻrib chiqilgandan soʻng ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va arizachiga YIDXP orqali yuboradi.
Ikki ish kuni
6-bosqich
DBQ YAAAT
Ruxsatnoma berilganligi yoki ariza rad etilganligi toʻgʻrisidagi qaror DBQ YAAATdan YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.
Avtomatik ravishda
7-bosqich
Kafolat uyushmasi
XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma olgandan soʻng ruxsatnoma olgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat bojxona qoʻmitasiga Reglamentga 4-ilovaga muvofiq DBQ YAAAT orqali elektron shaklda yuboradi.
Uch ish kuni ichida
8-bosqich
Davlat bojxona qoʻmitasi masʼul xodimi
Kafolat uyushmasidan kelib tushgan XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma olgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Konvensiyaga 9-ilovaning II qismi 4-bandiga muvofiq uch ish kuni ichida XYT Xalqaro bank maʼlumotlari bazasiga kiritadi.
Uch ish kuni ichida
9-bosqich
DBQ YAAAT
XYT daftarchasidan foydalanish uchun berilgan ruxsatnomalar reyestri Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shaklda DBQ YAAATda avtomatik tarzda yaratiladi.
Kafolat uyushmasi tomonidan Reglamentga 4-ilovaga muvofiq DBQ YAAAT orqali elektron shaklda maʼlumotlarni yuborgandan soʻng avtomatik ravishda
Izoh. Mazkur sxemada koʻrsatilgan 4 — 9-bosqichlar vakolatli organlar tomonidan avtomatlashtirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi tashuvchilariga Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish uchun ruxsatnoma
PASPORTI
1. Ruxsatnoma nomi
Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish uchun ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda Ruxsatnoma).
2. Ruxsat beriladigan faoliyat turi
Xalqaro yoʻllarda tashish (keyingi oʻrinlarda — XYT) daftarchasidan foydalangan holda xalqaro tashuvlarni amalga oshirish.
3. Amalga oshirish mexanizmini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat
1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi tashuvchilariga xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarida Reglament).
4. Ariza beruvchilar toifasi
Yuridik va jismoniy shaxslar.
5. Ruxsat beruvchi organ
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalari.
6. Hujjatlarni topshirish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.
7. Ruxsatnomani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar
Ruxsatnoma olish uchun daʼvogar Reglamentga 3-ilovaga muvofiq arizani toʻldirgan holda oʻzining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlab, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.
8. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori
Yoʻq.
9. Ruxsatnoma berilganligi uchun davlat boji miqdori
Yoʻq.
10. Arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish muddatlari
Ariza kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni.
11. Ruxsatnoma talablari va shartlari
5. Ariza beruvchi Ruxsatnoma olish uchun Konvensiyaga 9-ilovaning II qismi 1-bandida nazarda tutilgan quyidagi talablarga javob berishi lozim:
a) avtomobil transportida xalqaro yuk tashish tajribasi yoki imkoniyati (avtomobilda xalqaro yuk tashish huquqini beruvchi litsenziya) mavjudligi;
b) Konvensiyada nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlaydigan barqaror moliyaviy holatga ega boʻlishi;
v) Konvensiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi bilimlarga ega ekanligini tasdiqlovchi sertifikatlar (guvohnomalar) mavjudligi;
g) XYT daftarchasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisida ariza olingan kundan eʼtiboran bir yil ichida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona qonunchilik hujjatlari boʻyicha bartaraf etilmagan qonun buzilishi holatlarining mavjud emasligi;
d) XYT daftarchasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisida ariza olingan kundan eʼtiboran bir yil ichida bartaraf etilmagan soliq qonunchilik hujjatlarini qoʻpol ravishda buzish holatlari mavjud emasligi;
e) kafolat uyushmasi oldidagi majburiyatlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzolash, bunda ariza beruvchi:
joʻnatuvchi, oraliq va manzildagi bojxona organida Konvensiya talablari asosida barcha bojxona tartib-tamoyillariga rioya qilishi;
Konvensiya 11-moddasi 2-bandiga asosan bojxona organlari tomonidan talab qilinsa, Konvensiyaning 8-moddasi 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan summalarni toʻlashi;
kafolat uyushmasiga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida ruxsat berilgan doirada ushbu bandning shartlari va talablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirishga ruxsat berishi shart.
12. Nazorat tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi hamda Xalqaro yoʻllarda tashish xalqaro maʼlumotlar banki orqali elektron ravishda.
13. Ruxsatnoma berishda kelishiladigan organlar
Oʻzb?kiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va kafolat uyushmasi.
14. Ruxsatnomaning amal qilish muddati
Cheklanmagan.
15. Izoh
* Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish uchun ruxsatnoma pasporti amaldagi qonunchilikda belgilangan boshqa norma va qoidalarning daʼvogar va ruxsatnoma egasi tomonidan bajarilishini istisno etmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi tashuvchilariga Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
________________
________________
(sana)
(raqam)
XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ARIZA
I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot
1.1
Ariza beruvchi tashkilotning toʻliq nomi yoki jismoniy shaxsning toʻliq F.I.O.
1.2
Pochta indeksi
1.3
Pochta manzili
1.4
Tashkiliy huquqiy shakli
1.5
STIR yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — JSHSHIR) hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqami
1.6
Hisob raqami
1.7
MFO
1.8
Telefon raqami
1.9
Elektron pochta manzili
1.10
Transport vazirligi tomonidan berilgan xalqaro yuk tashish huquqini beruvchi litsenziyaning raqami va sanasi
II. Ariza beruvchining vakolatli xodimi toʻgʻrisida maʼlumot
2.1.1.
Ariza beruvchi vakolatli xodimining JSHSHIR hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqami
2.1.2.
Ariza beruvchi vakolatli xodimining Konvensiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi bilimlarga ega ekanligini tasdiqlovchi sertifikatlar (guvohnomalar) raqami, sanasi va amal qilish muddati
2.1.3
Ishga qabul qilganlik toʻgʻrisida buyruq raqami va sanasi
......
III. Haydovchilar toʻgʻrisida maʼlumot
3.1.1.
Haydovchining JSHSHIR hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqami
3.1.2.
Haydovchining Konvensiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi bilimlarga ega ekanligini tasdiqlovchi sertifikatlar (guvohnomalar) raqami va sanasi
3.1.3.
Ishga qabul qilganlik toʻgʻrisida buyruq raqami va sanasi
......
IV. Transport vositalari toʻgʻrisida maʼlumot
4.1.1.
Rusumi
4.1.2.
Davlat raqami belgisi
4.1.3.
Identifikatsiya raqami (VIN)
4.1.4.
Transport vositasining ariza beruvchi tashkilot tasarrufida boʻlish muddati
4.1.5
Xalqaro yuk tashish huquqini beruvchi litsenziya raqami va sanasi
......
V. Asosiy vositalar boʻyicha maʼlumot
T/r
Asosiy vositalarning nomi
Boshlangʻich qiymati (soʻmda)
Eskirish qiymati (amortizatsiya va eskirish soʻmda)
Qoldiq qiymati (soʻmda)
.....
XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma olingandan soʻng Kafolat uyushmasi oldidagi majburiyatlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzolash majburiyatini olaman
Oʻzbekiston Respublikasi tashuvchilariga Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI
RUXSATNOMA № _____________
Oʼzbekiston Respublikasi tashuvchilariga xalqaro yoʼllarda tashish daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma berish bo'yicha davlat xizmatlarini maʼmuriy Reglamentga asosan
1975 yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʼllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasiga asosan yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasidan foydalangan holda xalqaro tashishga ruxsat berildi
Ruxsatnoma beruvchi organ:
Ruxsatnoma berilgan sana:
QR-KOD
Oʻzbekiston Respublikasi tashuvchilariga Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 5-ILOVA
Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma asosida Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini olgan shaxslar toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
Davlat: Oʻzbekiston Respublikasi
Kafolat uyushmasi nomi: Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro avtomobil tashuvchilari assotsiatsiyasi (AIRCUZ)
Vakolatli idora: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Identifikatsiya raqami
Tashkilot nomi (shaxs familiyasi)
Tashkilot (shaxs) manzili
Telefon raqami, faks va elektron pochta manzili
Yuklarni xalqaro tashish litsenziyasi raqami
XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma oxirgi marotaba olib qoʻyilgan sana
(zarur hollarda)
XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma berish sana
XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma olib qoʻyilgan sana
Oʻzbekiston Respublikasi tashuvchilariga Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 6-ILOVA
XYT daftarchasidan foydalanish uchun berilgan ruxsatnomalar
REYESTRI
T/r
Kafolat uyushmasi tomonidan berilgan identifikatsiya raqami
STIR/
JSHSHIR
Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot
XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma raqami va berilgan sanasi
Yuklarni xalqaro tashish litsenziyasi raqami
Boshqa maʼlumotlar
Ariza beruvchi tashkilotning toʻliq nomi va mulkchilik shakli/yoki jismoniy shaxs F.I.O. va pasport seriyasi
Manzili, elektron pochta manzili
Telefon raqami
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-dekabrdagi 727-son qaroriga 3-ILOVA
Xalqaro tashuvchilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida 1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasi qoidalaridan foydalanish huquqidan mahrum qilish va bunday huquqni qayta tiklash tartibi haqida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Xalqaro tashuvchilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida 1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konvensiya) qoidalaridan foydalanish huquqidan mahrum qilish va bunday huquqni qayta tiklash tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat bojxona qoʻmitasi) Oʻzbekiston Respublikasi hududida Konvensiya qoidalaridan foydalanish huquqidan mahrum qilingan va bunday huquqi tiklangan tashuvchilarning ushbu Nizomga ilovada belgilangan shaklda reyestrini yuritadi.
2-bob. Xorijiy avtotashuvchini Oʻzbekiston Respublikasi hududida Konvensiya qoidalaridan foydalanish huquqidan mahrum qilish shartlari
3. Tashuvchi Davlat bojxona qoʻmitasi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagi hollarda Konvensiya qoidalaridan foydalanish huquqidan mahrum qilinishi mumkin:
a) Konvensiya talablarining buzilganligi munosabati bilan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha majburiyatini bajarmaslik;
b) quyidagilarda ifodalanadigan Konvensiya talablarining bir necha marta buzilishi va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilmaslik:
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarning noqonuniy olib oʻtish;
bojxona nazoratidagi tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan yetkazib berish joyiga yetkazib bermaslik, bojxona organlari ruxsatisiz bojxona nazoratidagi tovarlarni boshqa shaxslarga berib yuborishda yoki ularni yoʻqotish;
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan bojxona organlari tomonidan chiqarib yuborilishiga ruxsat berilgan tovarlarni ishlatilish va (yoki) ularga egalik qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan muddatlarda xalqaro tashuvdagi transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketmaslik.
4. Quyidagi hollarda hududiy bojxona boshqarmalari uch kun muddatda tashuvchini Oʻzbekiston Respublikasi hududida Konvensiya qoidalaridan foydalanish huquqidan mahrum qilish boʻyicha Davlat bojxona qoʻmitasiga taklif kiritadi:
bojxona organlari tomonidan xalqaro yoʻllarda tashish tartibi buzilganligi munosabati bilan bojxona toʻlovlari undirilishi boʻyicha qaror qabul qilingan sanadan oʻttiz kalendar kun oʻtgandan soʻng tashuvchi tomonidan bojxona toʻlovlarini toʻlash majburiyati bajarilmaganda;
tashuvchi va (yoki) uni vakolatli shaxsiga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllash boʻyicha qaror yoxud tashuvchining vakolatli shaxsiga nisbatan jinoiy ish boʻyicha qaror qonuniy kuchga kirgandan soʻng (keyingi oʻrinlarda — sud qarorlari), agar bunday sud qarorlari ijro etilmagan taqdirda.
5. Tashuvchini Oʻzbekiston Respublikasi hududida Konvensiya qoidalaridan foydalanish huquqidan mahrum qilish boʻyicha qaror (keyingi oʻrinlarda — huquqdan mahrum qilish boʻyicha qaror) ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan holatlarda hududiy bojxona boshqarmalari Davlat bojxona qoʻmitasiga kiritgan takliflar asosida Davlat bojxona qoʻmitasi xatlariga muvofiq rasmiylashtirilib, hududiy bojxona boshqarmalari, tashuvchi, Xalqaro yoʻllarda tashish Ijroiya kengashi, Kafolat uyushmasi va tashuvchi tashkil etilgan yoki doimiy manzilgohi joylashgan davlatning vakolatli organi manzillariga yuboriladi.
3-bob. Xorijiy avtotashuvchining Konvensiya qoidalaridan foydalanish huquqini tiklash shartlari
6. Tashuvchilarda Davlat bojxona qoʻmitasi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida Konvensiya qoidalaridan foydalanish huquqi tiklanishi mumkin:
a) ushbu huquqdan mahrum qilish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan quyidagi hollarda:
bojxona toʻlovlari toʻlanishi yoki ularni undirish majburiyatining bajarilishi;
tashuvchi yoki uning vakolatli shaxsini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligini buzganlikda aybdor deb topish toʻgʻrisidagi sud qarorining belgilangan tartibda bekor qilinishi;
tashuvchi yoki uning vakolatli shaxsini maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorning ijro etilishi;
b) mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida Konvensiya qoidalaridan foydalanish huquqidan mahrum qilinishi mumkin boʻlgan bojxona qonunchilik hujjatlarining boshqa buzilish holatlari mavjud emasligi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi hududida Konvensiya qoidalaridan foydalanish huquqini tiklash toʻgʻrisidagi qaror (keyingi oʻrinlarda — huquqni tiklash toʻgʻrisidagi qaror) ushbu Nizomning 6-bandida belgilangan shartlarga tashuvchi tomonidan rioya etilgan taqdirda qabul qilinishi mumkin.
Huquqni tiklash toʻgʻrisidagi qaror tashuvchining hududiy bojxona boshqarmasiga huquqdan mahrum qilinishiga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, ixtiyoriy shakldagi yozma ravishda bergan arizasiga (keyingi oʻrinlarda — tashuvchining arizasi) binoan qabul qilinadi.
Hududiy bojxona boshqarmalari tashuvchini huquqdan mahrum qilish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda, tashuvchining arizasi qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun muddat ichida Davlat bojxona qoʻmitasiga takliflar taqdim etadi.
Tashuvchining arizasi va Oʻzbekiston Respublikasi hududida Konvensiya qoidalaridan foydalanish huquqini tiklash toʻgʻrisida hududiy bojxona boshqarmasining takliflari Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Tashuvchining arizasi va hududiy bojxona boshqarmasining takliflarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida Konvensiya qoidalaridan foydalanish huquqini tiklash yoki bunday huquqning tiklanishini rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi.
Bunda huquqni tiklash yoki uning tiklanishini rad etish toʻgʻrisidagi qarorni koʻrib chiqish va qabul qilish muddati oʻn ish kunidan oshmasligi lozim.
8. Huquqni tiklash toʻgʻrisidagi qaror Davlat bojxona qoʻmitasi xatlariga muvofiq rasmiylashtirilib, hududiy bojxona boshqarmalari, tashuvchi, Xalqaro yoʻllarda tashish Ijroiya kengashi, Kafolat uyushmasi va tashuvchi tashkil etilgan yoki doimiy manzilgohi joylashgan mamlakatning vakolatli organi manzillariga yuboriladi.
Xalqaro tashuvchilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida 1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasi qoidalaridan foydalanish huquqidan mahrum qilish va bunday huquqni qayta tiklash tartibi haqidagi nizomga ILOVA
1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasi qoidalaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish huquqidan mahrum qilingan yoki bunday huquqi tiklangan tashuvchilar
REYESTRI
T/r
Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasi egasining identifikatsiya
raqami
Tashuvchining nomi
Tashuvchining turar joyi
(mamlakati, manzili)
Davlat bojxona qoʻmitasining tashuvchini Oʻzbekiston Respublikasi hududida 1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasi qoidalaridan foydalanish huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi xatining raqami va sanasi
Tashuvchini Oʻzbekiston Respublikasi 1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasi qoidalaridan foydalanish huquqidan mahrum qilish asosi
Qonun buzilishi sodir etilgan xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasining
raqami
Davlat bojxona qoʻmitasining tashuvchining Oʻzbekiston Respublikasi hududida 1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasi qoidalaridan foydalanish huquqini tiklash toʻgʻrisidagi xat raqami
va sanasi
Tashuvchining Oʻzbekiston Respublikasi hududida 1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasi qoidalaridan nizomlaridan foydalanish huquqini tiklash asoslari
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-dekabrdagi 727-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 12-iyuldagi 489-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 7-son, 142-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat bojxona xizmati organlari xodimlarini mehnatiga haq toʻlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-sentabrdagi 721-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 9-oktabrdagi 810-son qaroriga 1-ilovaning 38-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyati aktivlaridan samarali foydalanishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 24-sentabrdagi 757-son qarorining 5-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtotashuvchilarni Xalqaro yoʻllarda tashish kitobchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasi nizomlaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish huquqidan mahrum qilish va bunday huquqni tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 17-avgustdagi 673-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasidan foydalanishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 4-oktabrdagi 790-son qarori.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 29-oktabrdagi 884-son qaroriga ilovaning 51-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 10-avgustdagi 661-son qaroriga ilovaning 48-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 178-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2020-yil 8-maydagi 271-son qaroriga 1-ilovaning 47-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2021-y., 09/21/727/1123-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 27.11.2024-y., 09/24/787/0973-son)