toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA ATROF TABIIY MUHIT IFLOSLANTIRILGANLIGI VA CHIQINDILAR JOYLASHTIRILGANLIGI UCHUN KOMPENSATSIYA TOʻLOVLARINI QOʻLLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻSHIMCHA KIRITISH HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 820-sonli “Tabiatni muhofaza qilishni taʼminlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun toʻlovlar tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 1-maydagi 199-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 5-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi quyidagi mazmundagi “e” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
“e) foydali qazilmalar xom ashyo resurslari sifatida maxsus jihozlangan chiqindi saqlash omborlarida joylashtirilgan va keyinchalik qayta ishlanadigan kon qazish sanoati chiqindilari”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-may,
126-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 19-20-son, 142-modda)