Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-sentabrdagi 613-son “Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimi toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2015-yil 10-iyundagi 59-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2690, 2015-yil 26-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y, 25-son, 336-modda) bilan tasdiqlangan Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 1-bandi
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ionlashtiruvchi nurlanish manbai (INM) — oʻzidan ionlashtiruvchi nurlanish chiqaruvchi yoki chiqarishga qodir boʻlgan qurilma va (yoki) radioaktiv modda;”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.