toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Poytaxt bank” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketini sotish va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda bank tizimiga strategik investorlar jalb etilishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Toshkent shahrida arzon uy-joylarni qurish koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 13-martdagi PQ-2824-son qaroriga muvofiq Toshkent shahar hokimligining 100 foiz muassisligida tashkil etilgan “Poytaxt bank” AJning ustav kapitalini shakllantirishga mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan 100 mlrd soʻm ajratilganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoniga muvofiq banklardagi davlat aksiyalari paketini sotish belgilanganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi tomonidan “Poytaxt bank” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini investorlarga sotish xalqaro konsultantlarni jalb etgan holda ommaviy savdolar orqali amalga oshirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, “Poytaxt bank” AJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiyalari paketini sotish boʻyicha oldi-sotdi bitimi qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdosidan tashqarida amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Poytaxt bank” AJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiyalari paketini sotishdan tushgan mablagʻlarni belgilangan tartibda yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-noyabr,
719-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2021-y., 09/21/719/1108-son; 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)